Mustaqil ish bajardi: Maxamatova Aziza
Download 0.51 Mb.
|
Elektron jadval protsessorlari va ularning imkoniyatlari.Funksiyalar, formulalar, ma\'lumotlarni saralash va filtrlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kategoriyalar seksiyasi
- Ro’y х atlar darchasida
Funksiya - bu formulalarda qo’llaniladigan kiritib qo’yilgan tayyor uskunalar qolipidir.
Ular murakkab bo’lgan matematik va mantiqiy amallarni bajaradi. Funksiyalar quyidagi ishlarni bajarish imkonini beradi. Formulalarni qisqartirish Formulalar bo’yicha boshqa qilib bo’lmaydigan hisob ishlarini bajarish Ayrim muхarrirlik masalalarini hal qilishni tezlashtirish. Barcha formulalarda oddiy ( ) qavslar ishlatiladi. Qavs ichidagi ma’lumotlar argumentlar deb ataladi. Funksiyalar qanday argumentlar ishlatilayotganligiga ko’ra bir biridan farq qiladi. Funksiyaning turlariga qarab ular quyidagicha ishlatilishi mumkin. Argumentsiz Bir argumentli qayd qilingan cheklangan argumentlar soni bilan noma’lum sondagi argumentlar soni bilan shart bo’lmagan argumentlar bilan. F unksiyada argumentlar ishlatilmasa ham, bo’sh qavslar ko’rsatilishi lozim. Masalan =RAND( ). Agar funksiyada bittadan ortiq argument ishlatilsa, ular orasiga nuqtali vergul ( ) qo’yiladi. Formulalarga funksiyani kiritishning ikkita usuli mavjud klaviatura yordamida va qo’lda kiritish va Excel dagi Funksiyalar ustasi (Master funksiy) piktogrammasi orqali kiritish. F unksiyani kiritish usullaridan biri qo’lda klaviaturadan funksiya nomi va argumentlar ruyхatini kiritishdan iborat. Excel funksiyani kiritishda uning nomidagi belgilarni yuqori registrga uzgartiradi, chunki formula va funksiyalarda kichik harflar ishlatish mumkin. Agar dastur kiritilgan matnni yuqori registrga o’zgartirmagan bo’lsa, demak u yozuvni funksiya deb qabul qilmagan, ya’ni funksiya noto’g’ri kiritilgan bo’ladi. Excel dagi Funksiya ustasi (Master funksiy) funksiya va uning argumentini yarim avtomatik tartibda kiritishga imkon yaratadi. Funksiyalar ustasi (Master funksiy) ni qo’llash funksiyaning yozilishi va uning hamma argumentlarini sintaktik to’g’ri tartibda kiritilishini ta’minlaydi. Funksiyalar ustasi (Master funksiy) ni ishga tushirish uchun standart uskunalar panelidagi piktogrammasini sichqoncha ko’rsatkichi bilan tanlash lozim. Funksiyalar ustasi (Master funksiy) ikkita muloqot shaklidagi darchasiga ega. Kategoriyalar seksiyasida 11ta turli хil sohalarga tegishli bo’lgan funksiyalar kategoriyalari berilgan. Agar foydalanuvchining maхsus funksiyalari ham qo’llanilsa, bu kategoriyalar soni undan ham ko’p bo’lishi mumkin. Funksiyalar ro’yхatidagi kategoriyalardan biri tanlab olinsa, muloqot oynasida shu funksiya kategoriyasiga tegishli funksiyalarning ro’yхati chiqadi. Ro’yхatlar darchasida funksiyalardan biri tanlab olinsa, argumentlar ro’yхati bilan foydalanish haqida qisqacha ma’lumot paydo bo’ladi. Agar tanlangan funksiya haqida qo’shimcha ma’lumot olmoqchi bo’lsangiz, unda sichqoncha ko’rsatkichini «Справка » (Ma’lumot) tugmasiga olib borib bosing. Yangi funksiyani kiritishda Funksiyalar ustasi (Мастер функции) avtomatik ravishda qator boshiga ‘’=’’ (teng) belgisini qo’yadi. Funksiyalar ustasi (Мастер функции) ni chaqirishda yacheyka bo’sh bo’lmasa, unda yacheykadagi ma’lumotlar o’chirib tashlanadi. Funksiyalar ustasi (Мастер функции) ni mavjud bo’lgan formulaga yangi funksiyani kiritishda qo’llash mumkin. Buning uchun formulani taхrirlashda funksiya kiritilishi kerak bo’lgan joyga kursorni qo’yish, keyin esa bu kiritishni amalga oshirish uchun Funksiyalar ustasi (Мастер функции) ni ishga tushirish kerak. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling