Mustaqil ish bajardi: Serikov Ulug’bek


Tarmoq adapteri (kartasi)


Download 0.93 Mb.
bet5/8
Sana07.03.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1243994
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O’zbekistonda ijtimoiy tarmoqlarning rivojlanish tamoyillari S U

Tarmoq adapteri (kartasi)
Ma’lumotlarni kompyuter tarmog‘ida bitta kompyuterdan boshqasiga uzatish paytida kompyuter va aloqa kanali ishini muvofiqlashtiruvchi plata shaklida yaratilgan moslashtirgich. Tarmoq kartasi kompter shinasidan parallel ravishda keluvchi va axborot so‘zlarining ikkilik xonalariga mos signallarni aloqa liniyasi orqali ketma-ket uzatiluvchi yuqori chastotali impulslarga ugiradi.
K ONSENTRATOR (HUB)
ingliz tilida : concentrator (HUB)
Kompyuterlarni mahalliy tarmoqqa ulash uchun ishlatiladi. Odatda signal kuchaytiruvchisi bilan birlashtiriladi. Xab yordamida bog‘langan kompyuterlar muloqoti “bittasi uzatadi – barcha eshitadi” tamoili bo‘yicha amalga oshiriladi. Eng oddiy xablar ko‘p portli takrorlovchilardir (povtoritel). Xablar BNC, RJ-45, AUI ulash uyalari to‘plamiga ega bo‘lib, manbadan qabul qiluvchiga uzatish uchun kabel tanlashni ta’minlashi mumkin. Xab portiga alohida bog‘lama ham, boshqa xab ham ulanishi mumkin. Turli xil portlar to‘plamiga ega bo‘lgan xablar turli kabel tizimli tarmoq qismlarini birlashtirish imkonini beradi.
S WITCH - (UZIB-ULAGICh)
ingliz tilida: switch rus tilida: kommutator
Kompyuterlarni mahalliy tarmoqqa birlashtirish qurilmasi. Bunday tarmoqda kompyuterlarning juftlangan kommunikatsiyasi hamda bir necha ma’lumotlar oqimlarining bir paytning o‘zida mavjud bo‘lishi mumkin. Xab yordamida qurilgan tarmoqdan farq qiladi.
Ya’ni, bu yerda uzib-ulash ma’lumotlarga birorta ishlov bermasdan amalga oshiriladi. Uzib-ulagich buferga ega emas va ma’lumotlarni yig‘a olmaydi.
Lokal xisoblash tarmoqlari topologiyalari
Topologiya – lokal hisoblash tarmog‘idagi kompyuterlarning joylashishini ifodalovchi termin
Topologiya tarmoqning umumiy tarkibiy tuzilmasidir. Tarmoq topologiyasi kompyuter, kabel va tarmoqning boshqa tarkibiy qismlarini jismoniy joylashuvini ifodalaydi. Har bir topologiya aniq shartlarni qo‘yadi. Turli topologiyalar kompyuterlarni tarmoqda aniq o‘zaro ishlash usuliga ham talab qo‘yadi.
Asosiy topologiyalarga

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling