Mustaqil ish bajardi: Tekshirdi


Yurak qon-tomir sistemasi kasalliklari


Download 41.6 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi41.6 Kb.
#1589071
1   2   3
Bog'liq
Mustaqil ish

Yurak qon-tomir sistemasi kasalliklari — yurak, arteriyalar va venalar kasalliklari. Ular juda koʻp va xilma-xil. Bu kasalliklarning baʼzilari (revmatizm, miokardit va boshqalar) yurakni, ayrimlari arteriya (ateroskleroz) yoki venalarni (mas, tromboflebit), boshqalari butun yuraktomir sistemasini shikastlaydi (gipertoniya kasalligi).
[[Yurakning ishemik kasalligi yurak muskullarining qon bilan yetarli taʼminlanmasligidan vujudga keladi. Asosan, yurak toj arteriyalarining aterosklerotik oʻzgarishlarga uchrashi, spazmp, shuningdek, ular boʻshligʻida qonning (ivib) laxta boʻlib choʻkishi (tromboz) va boshqalar oqibatida kelib chiqadi (qarang [[Yurakning ishemik kasalligi).
Arterial gipertoniya Yu,t.s.k. orasida eng keng tarqalgani boʻlib, katta yoshli odamlar orasida koʻp uchraydi. U miokard infarkti, insult, yurak yetishmovchiligi kabi koʻpincha oʻlim yoki nogironlikka sabab boʻladigan asosiy patogenetik omil hisoblanadi.
Arterial gipotoniya (gipotoniya kasalligi) — nisbatan kam uchraydi. U arterial gipotoniya sindromi tarzida koʻpgina yuraktomir tizimi kasalliklarida (miokard infarkti, kardiomiopatiya, miokardit), nevrozlar, gipotireoz, insultdan keyin kuzatiladi.
Klinik amaliyotda yurak muskullarining yalligʻlanishi — miokardit va yalligʻlanmay zararlanishi — miokardiodistrofiya koʻproq kuzatiladi. Endokardit (yurak ichki qavatining yalligʻlanishi) revmatizm va boshqalar orttirilgan yurak poroklarita sabab boʻladi. Lerikardit kam uchraydi. [[Yurakning ishemik kasalligi, miokardit va miokardiodistrofiya, shuningdek, nevrotik holatlar natijasida yurak aritmiyalari vayurak blokadasi sodir boʻlishi mumkin. Yurak aritmiyalari yurak qisqarishlari (urishi)ning tezlashishi (taxikardiya) yoki sekinlashuvi (bradikardiya), yurakning navbatdan tashqari qoʻshimcha qisqarishi (ekstrasistoliya); yurak urishining toʻsatdan tezlashuvi (parok sizmal taxikardiya); yurakning har xil vaqt oraligʻida notoʻgʻri qisqarishi (tebranuvchi aritmiya) va boshqalarda namoyon boʻladi. Yurak blokadasi yurakning oʻtkazuvchi sistemasida nerv impulslari oʻtishining buzilishi (mas, boʻlmachalardan qorinchalarga yoki Gis tutami oyoqchalariga impuls oʻtishining uzilishi)dan iborat.
Nevrozlar tufayli yurak nerv apparati faoliyati buzilganda aritmiyalar bilan birga, yurakda sirqillaydigan, sanchadigan, jazillaydigan ogʻriq sezgilari ham paydo boʻladi. Ateroskleroz va gipertoniya kasalligi arteriya tomirlarining keng tarqalgan xastaliklaridan boʻlib, aksariyat ular birga kechadi. Ateroskleroz toj tomirlaridan tashqari, aorta va uning yirik shoxlari, jumladan, buyrak arteriyasi, miya tomirlari (qarang Insult), qoʻloyoqning periferik tomirlarini ham zararlaydi. Arterial tomirlarning yalligʻlanishi — arteriitlar koʻproq infeksion (masalan, zaxm, sepsis) va allergik (qarang Zardob kasalligi) hamda kollagen kasalliklar tufayli yuzaga keladi. Klinik shakli obliteratsiyalovchi endarteriit, aorta panarteriiti va h.k. Venalarning varikoz kengayishi va tromboflebit vena tomirlarining koʻp uchraydigan kasalliklaridan.
Yurak yetishmovchiligi yurakning oʻziga yuklangan toʻla hajmdagi funksional yuklamani bajara olmasligini koʻrsatuvchi patologik belgilar (terining koʻkarishi, nafas qisishi, oyoq shishib qolishi va boshqalar) bilan namoyon boʻladi; biror ish qilayotganda nafas qisib qolishi patologik alomat hisoblanadi.
Oʻtkir yurak yetishmovchiligi — juda xavfli, lekin kamdan-kam uchraydi. U kutilmaganda yoki toʻsatdan nafas qisib, boʻgʻilish (qarang Yurak astmasi) xuruji bilan kechadi.
Koʻpchilik Yurak-tomir sistemasi kasalliklarisk. oqibatida yurak muskulining qisqarish funksiyasi hamda tomirlar devori muskul qavatining qisqarish quvvati susayadi. Natijada organizmda qon aylanishi buziladi. Bu omillarning qay biri ustun boʻlishiga qarab yurak yoxud tomir yetishmovchiligi vujudga keladi.
YU.t.s.k. (gipertoniya kasalligi, revmatizm, yurakning ishemik kasalligi)ni muntazam va oʻz vaqtida davolash yurak kasalliklarini oldini olishning eng yaxshi vositalaridan hisoblanib, uni kardiologiya fani oʻrganadi.
YU.t.s.k.ni aniqlash, davolash, oldini olish va boshqalar kardiorevmatologik markazlarda hamda dispanserlarda amalga oshiriladi. davolash reabilitatsiya, yaʼni salomatlikni qayta tiklashdan iborat. Hozirda yurak-qon tomir xirurgiyasi sohasidagi ulkan yutuqlar tufayli yurak hamda yirik tomirlar tuzilishidagi tugʻma va turmushda orttirilgan turli nuqsonlar operatsiya yoʻli bilan davolanadi.
Agar sizda o‘ta semizlik, kamharakatlilik, tanovul vaqti ko‘p tuz iste’mol qilish holatlari kuzatilsa, bu yurak faoliyati bilan bog‘liq kasalliklarni kelib chiqarishi mumkin.
Agar sizda o‘ta semizlik, kamharakatlilik, tanovul vaqti ko‘p tuz iste’mol qilish holatlari kuzatilsa, bu yurak faoliyati bilan bog‘liq kasalliklarni kelib chiqarishi mumkin. Yurak-qon tomir kasalliklari yuzaga kelishiga asosan jismoniy va emosional zo‘riqish sabab bo‘ladi. Aynan mana shu ta’sir sabab yurak kasalliklari xuruj qiladi. Yurak xastaliklariga quydagilarni misol sifatida keltirish mumkin:
-Sanchiqli og‘riq
-Achishuvchan og‘riq
-Ezib og‘ruvchi
-Simillagan og‘riq
Bundan tashqari, og‘riqlar nafaqat yurak sohasi, balki tananing boshqa a’zolarida ham sezilishi mumkin. Jumladan, bo‘yin sohasidagi simillab, cho‘ziluvchan turga mansub og‘riq asta-sekin chap yelka va qo‘llarga tarqaladi. Yurak to‘qimasining zararlangan asab tolalari orqa miyadan yuqori va pastga tarqalgan “signallar”ni yuboradi. O‘z navbatida, bunday o‘zgarishlar yelka va bo‘yin sohasida aks etadi. Mazkur og‘riq bir yerda to‘planmay, tarqalib ketishi mumkin. Shuningdek, holsizlik, kamquvvatlilik va ba’zan bosh aylanishi bezovta qilishi, nafas qisishi kuzatilsa, shifokorga ko‘rinish uchun yetarli bo‘ladi.
Qon aylanishining buzilishi kislorod ta’minotiga to‘sqinlik qiladi
Agar o‘z-o‘zidan nafas olish qiyinlashib qolsa, bu stenokardiyaning ilk belgilari bo‘lishi mumkin. Yurak faoliyati bilan bog‘liq nafas qisishini ajratish uchun og‘ir yuk ko‘tarish, ruhiy zo‘riqish holatlarida xuruj qilishiga e’tibor qiling. Biz yurak og‘riqlari asosan chap ko‘krak sohasida bo‘lishidan xabarimiz bor. Lekin ayrim hollarda ko‘ngil aynishi, loxaslik va jig‘ildon qaynashi, tana bosimining ko‘tarilishi ham kasallikning erta belgilaridan bo‘lishi mumkin. Odatda bunday belgilar yurak xuruji, infarkt yoki miokarddan oldin kuzatiladi.
Tish og‘rig‘i ham kasallik alomatlaridan biri bo‘lishi mumkin
Kutilmaganda tish og‘rig‘ining paydo bo‘lishi nafaqat og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari, balki yurak-qon tomir faoliyati bilan bog‘liq bezovtaliklarning belgisi bo‘lishi mumkin. Bazan tish og‘rig‘ini qancha davolatmang, og‘riq yana qaytalashi mumkin. Bunday vaqtda shifokorga ko‘rinish va og‘riq yurak bilan bog‘liqligi ehtimolini tekshirish lozim.
Qon bosimining o‘zgarish holatlari yurak-qon tomir faoliyati bilan bog‘liq
Bir oyda tez-tez takrorlanuvchi bosh og‘rig‘ining asab qo‘zg‘alishlari bilan yuzaga kelishi hamda qon bosimining o‘zgarishi holatlari yurak-qon tomir faoliyati bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunda bosh og‘rig‘i tez-tez takrorlanib, ko‘z ostida yorug‘lik siniqlari aks etsa, albatta shifokorga uchrash zarur.
Yuqorida keltirib o‘tilgan kasallikni oldini olish uchun turmush tarzini yaxshi tarafga o‘zgartirish lozim. Buning uchun hazmi og‘ir yog‘lar va tuz miqdorini kamaytirib, parhez taomlarga o‘tish hamda o‘troq turmush tarzidan cheklanish foydadan holi bo‘lmaydi. Shuningdek, bir kunda 3 km.dan 5 km.gacha piyoda yurish ham yurak-qon tomirlari faoliyatiga ijobiy ta’sir etadi.
Yurak(lot. “cor”) mushak a’zo bo’lib, qonning kichik va katta qon aylanish tizimlarida qonning ritmik harakatini amalga oshiradi. U ko’krak qafasining oldingi ko’ks oralig’ida joylashgan. Ko’proq qismi chap tomonda joylashgan. O’rta hisobda erkaklarda 300 gr, ayollarda 250 grni tashkil qiladi. Yurakda 4 kamera(o’ng va chap qorincha, o’ng va chap bo’lmacha) mavjud. Chap qorincha va chap bo’lmacha orasida 3 tavaqali, o’ng bo’lmacha va o’ng qorincha o’rtasida 2 tavaqali klapan joylashgan. Chap qorincha bilan aorta o’rtasida hamda o’ng qorincha bilan o’pka arteriyalari o’rtasida yarimoysimon klapanlar joylashgan.
Y urak kameralari va klapanlari



Download 41.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling