Mustaqil ish Davriy jarayonli nochiziqli zanjirlarni effektiv qiymatlari bo’yicha hisoblash. Boshqariladigan nochiziqli elementli elektr zanjirlarini hisoblash. Nochiziqli zanjirlarda o’tkinchi jarayonlarni hisoblash. Elektrostatik maydon


Download 67.09 Kb.
Sana05.05.2023
Hajmi67.09 Kb.
#1432416
Bog'liq
6 .Amaliy mash




Mustaqil ish

Davriy jarayonli nochiziqli zanjirlarni effektiv qiymatlari bo’yicha hisoblash.
Boshqariladigan nochiziqli elementli elektr zanjirlarini hisoblash. Nochiziqli zanjirlarda o’tkinchi jarayonlarni hisoblash. Elektrostatik maydon.


Masala. 6.31 – rasm, a da keltirilgan feromagnit o‘zakli induktiv g‘altak uchun quyidagilar berilgan:
6.33 – rasm
Ferromagnit o‘zak yupqa po‘lat tunukalardan yig‘ilgan bo‘lib, qalinligi o‘zak ko‘ndalang kesimini po‘lat bilan to‘ldirish koeffitsiyenti Chulg‘amni o‘zgarmas tokka qarshiligi O‘zakdagi va qiymatlari hamda solishtirma quvvat isrofi topilsin. va larni hisoblashda chulg‘am qarshiligi hisobga olinmasin.
Yechish. Ferromagnit o‘zakdagi magnit oqimi:

Po‘lat o‘zakning aktiv yuzasi:

O‘zakdagi magnit induksiyasining amplituda qiymati:

Magnit maydoni kuchlanganligi chiziqlarining o‘rtacha uzunligi:

Ferromagnit o‘zakdagi magnit maydoni kuchlanganligining amplituda qiymati:

O‘zakdagi solishtirma quvvat isrofini topish uchun avval po‘lat o‘zakning massasini topamiz:

bu yerda - po‘latning zichligi.
O‘zakdagi solishtirma quvvat isrofi:

Nochiziq zanjirlar energetika, avtomatika, radiotexnika, elektronika, elektr aloqa va boshqa sohalarda keng qo'llaniladi. Bunday zanjirlardagi jarayonlarni tahlil qilish chiziqli zanjirlardagi jarayonlarni tahlilidan ancha murakkabdir. Chunki, nochiziq zanjirlar o'zgaruvchan koeffitsiyentli tenglamalar bilan ifodalanadi.


Qarshilik, induktivlik va sig'im tegishli elementdagi elektr va magnit maydonlarining element yasalgan material bilan o'zaro ta'sirini miqdor jihatdan tavsiflaydi. Masalan, lE uzunlikdagi va SE kesimli to'g'ri chiziqli o'tkazgichning qarshiligi , kesimli va uzunlikli toroidal magnit o'tkazgichga o'ralgan va o'ramlar soni w ga teng bo'lgan g'altakning induktivligi , yupqa plastinalarining yuzasi S, ular orasidagi masofa d bo'lgan kondensator sig'imi formulalar bilan aniqlanadi.
Ko'pchilik elektrotexnika materiallarida va bog'lanishlar nochiziq funksiya ko'rinishida bo'ladi va shuning uchun ham bu materiallar asosida yasalgan rezistorlar, induktiv g'altaklar va kondensatorlar nochiziqlik xossalariga ega bo'ladi.
Nochiziq elementlar nochiziq rezistor, nochiziq induktiv g'altak va nochiziq kondensatorlarga bo'linadi.
Odatda nochiziq elementlar ikkita katta guruhga ajratiladi: boshqarilmaydigan (nochiziq ikkiqutbliklar) va boshqariladigan (nochiziq ikki-, uch-, to'rt- yoki ko'pqutbliklar). Birinchi guruh nochiziq elementlarga rezistor, diod, cho'g'lanma lampa, termoqarshilik, elektr yoyi, ferromagnit o'zakli induktiv g'altak, baretter, gazotron, stabilitron va boshqalar kiradi. Ikkinchi guruh nochiziq elementlarga bir nechta kirish qismalari bo'lgan va ulardan kamida bittasi boshqarish maqsadida foydalaniladigan elementlar kiradi. Bularga tranzistor, tiristor, radiolampa va boshqalar misol bo'la oladi.
Nochiziq elementlar xossalarini ularning VAXlari yordamida tahlil etish qulay hisoblanadi. VAX bir qiymatli va ko'p qiymatli bo'lishi mumkin. Bir qiymatli VAXlarda argument (masalan, tok) ning har bir qiymatiga funksiya (masalan, kuchlanish) ning faqat bitta qiymati mos keladi. Ko'p qiymatli VAXlarda esa argumentning bir qiymatiga funksiyaning bir nechta qiymatlari mos keladi. Masalan, gisterezis sirtmog'i ko'p qiymatli VAX lar guruhiga kiradi.
Nochiziq elementlar VAXsining ko'rinishiga ko'ra simmetrik va nosimmetrik VAXli elementlarga bo'linadi. Simmetrik VAXli nochiziq elementlarda xarakteristika elementdagi tok va kuchlanishning ishorasiga bog'liq bo'lmaydi (6.1-rasmdagi 1-egri chiziq). Bunday elementlarga cho'g'lanma lampa, termorezistor, ferromagnit o'zakli g'altak va boshqalar kiradi. Nosimmetrik VAXli nochiziq elementlarda xarakteristikaning ko'rinishi undan o'tayotgan tokning yo'nalishiga va qismalardagi kuchlanish ishoralariga bog'liq bo'ladi (6.1-rasmdagi 2-egri chiziq). Bunday elementlarga diod, stabilitron, dinistor va boshqalar kiradi.
A gar nochiziq element VAXsining ma'lum qismida yoki bo'lsa, u holda bunday element nobarqaror VAXli element deb ataladi. Ularning VAXsi N yoki S harfini eslatadi. Masalan, tunnel diod VAXsining ning shakli N harfiga o'xshash bo'lganligi uchun u N turdagi nochiziq qarshilik deb ataladi.
Amaliyotda ko'p qo'llaniladigan
6.1-rasm nochiziq rezistorlar quyida keltirilgan:
Varikap - p-n o'tishga asoslangan sig'imli yarim o'tkazgich element.
Varikond - segnetoelektrik kondensator bo'lib, sig'im elementi sifatida foydalaniladi.
Varistor - tirit yoki vilit korborund qarshilik kukunsimon kvars zarrachalardan, koks va grafitdan disk yoki trubka shaklida yasaladi. Nochiziqlik xususiyati kristallarni yarim o'tkazgichli qobig' bilan qoplash natijasida paydo bo'ladi. Kuchlanish o'zgarishiga ta'sir etuvchi birlamchi o'zgartkich sifatida qo'llaniladi.
Download 67.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling