Mustaqil ish diqqatning boshqa psixik hodisa va jarayonlar bilan taqqoslash
Download 89.79 Kb.
|
Fayzullayev Asliddin mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diqqatning boshqa psixik hodisa va jarayonlar bilan taqqoslash REJA
- Diqqatning mohiyati
- Diqqat
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI FIZIKA FAKULTETI MUSTAQIL ISH Diqqatning boshqa psixik hodisa va jarayonlar bilan taqqoslash. BAJARDI: Fayzullayev Asliddin TEKSHIRDI: Haydarova Hilola Rahimberdiyevna TOSHKENT-2023 Diqqatning boshqa psixik hodisa va jarayonlar bilan taqqoslash REJA: 1. Diqqatning mohiyati. 2. Diqqatning fiziologik asoslari va psixologik nazariyalari. 3. Diqqatning vazifalari va turlari. 4. Diqqatning xossalari. 5. Diqqatning rivojlanishi. Diqqatning mohiyati Diqqat psixologik noyob hodisa bo‘lib, hozirgacha ruhshunoslar u haqda yagona fikrga ega emaslar. Ba’zi bir mualliflarning fikriga ko‘ra, diqqat istalgan psixik jarayonda u yoki bu darajada ishtirok etganligi sababli, mustaqil hodisa sifatida o‘rganilishi mumkin emas. Boshqalar esa diqqatning psixik jarayon sifatida mustaqilligini yoqlaydilar. Bundan tashqari, diqqatning psixik hodisalarning qaysi sinfiga tegishliligi haqida ham turli fikrlar mavjud. Ba’zilarning ta’kidlashiga ko‘ra, diqqat – bu psixik bilish jarayoni. Boshqalar diqqat har bir faoliyatning zarur sharti ekanligiga, diqqatning o‘zi esa ma’lum iroda kuchlarining ifodalanishini talab etishiga asoslangan holda, diqqatni iroda va insonning faoliyati bilan bog‘laydilar. Diqqat hodisasini tushuntirishning murakkabligi, uning «toza» ko‘rinishda uchramasligidan iborat. Diqqat o‘zining bilish mazmuniga ega emas, u faqat boshqa bilish jarayonlari faoliyatiga xizmat ko‘rsatadi. Shuning uchun diqqatni bilish jarayonlarining o‘sish xususiyatlarini xarakterlovchi holat, psixofiziologik jarayon sifatida o‘rganish zarur. Diqqat o‘zi nima? Diqqat – bu psixik faoliyatning biror-bir ma’lum narsaga yo‘nalganligi va jamlanganligi. Bu hayvonlar, shuningdek, inson diqqatlarining umumiy ta’rifi. Insonga nisbatan diqqatni ma’lum ob’ektlarga inson diqqatining, bir vaqtning o‘zida boshqa ob’ektlardan chalg‘igan holda, yo‘nalganligi va jamlanganligi sifatida o‘rganish mumkin. Bu ta’rifdan diqqatning ahamiyatga molik belgilari uning yo‘nalganligi va jamlanganligidan iborat ekanligi kelib chiqadi. Psixik faoliyatning yo‘nalganligi ostida uning tanlash xususiyati, ya’ni, sub’ekt uchun ahamiyatli bo‘lgan aniq jismlar, hodisalarni atrof-muhitdan ajratib olish yotadi. Yo‘nalganlik tushunchasiga, shuningdek, ma’lum vaqt oralig‘ida psixik faoliyatni saqlab qolish ham kiritiladi. Diqqatning boshqa xususiyati uning faoliyatga u yoki bu darajada chuqurlashganligini tushuntirib beruvchi jamlanganligidir. Vazifa qanchalik murakkab bo‘lsa, diqqatning jadalligi va zo‘riqishi shunchalik kuchli bo‘lishi kerak, ya’ni, bunda faoliyatga chuqur kirib borish talab etiladi. Ikkinchi tomondan, jamlanganlik boshqa yot narsalardan chalg‘ish bilan bog‘liq. Aks holda, yot narsalardan chalg‘iy olmay qolsangiz, vazifani bajarishingiz qiyinlashadi. Yo‘nalganlik va jamlanganlik bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘liq. Diqqatingizni biror-bir narsaga yo‘naltiradigan bo‘lsangiz, bir vaqtning o‘zida diqqatingizni unda jamlagan bo‘lasiz. Va aksincha, biror-bir narsada jamlansangiz, o‘z ruhiy faoliyatingizni unga yo‘naltirgan bo‘lasiz. Diqqatning yo‘nalganligi bir mashg‘ulotdan ikkinchisiga o‘tish bilan, jamlash esa – mashg‘ulotda chuqurlashish bilan bog‘liq. Diqqatning inson psixik faoliyatida tutgan o‘rnini tushunish uchun o‘zingizni biror-bir jismlar guruhiga qarayotgandek tasavvur qiling. Ko‘rish maydoningizning markazida joylashgan ba’zi bir jismlar aniqroq, ko‘rish maydoningizning chetida turganlari esa aksincha idrok etiladi. Shunga o‘xshash hodisani ongimizga nisbatan ham tuzish mumkin: faoliyatimiz mohiyati ongimizning markazini egallagan bo‘ladi; ahamiyatga molik bo‘lmaganlari esa ongimizdan chetga surilib qoladi. Lekin boshqacha ham bo‘lishi mumkin: siz qandaydir jismga qaragan holda, umuman, boshqa narsa haqida o‘y surasiz. Bunda ongingizning «markaziy maydoni» ko‘rayotganingiz bilan emas, o‘ylayotganingiz bilan band bo‘ladi. Ongimizni grafik tarzda tasvirlaydigan bo‘lsak, biri ikkinchisiga joylashgan ikki aylana ko‘rinishida chizish zarur. Katta aylana aniq bo‘lmagan ong, kichik aylana esa, – aniq ong yoki diqqat deb ataladi. Psixik bilish jarayonlarining yo‘nalganligi va tanlash xususiyati diqqat bilan bog‘liq. Diqqat bilan idrokning aniqligi va izchilligi, xotiraning mustahkamligi va tanlash xususiyati, aqliy faoliyatning yo‘nalganligi va samaradorligi, qisqasi, umuman bilish faolligining sifati va natijalari aniqlanadi. Perseptiv jarayonlar uchun diqqat tasvirlar chizgilarini farqlash imkonini beruvchi o‘ziga xos kuchaytirgich bo‘lib hisoblanadi, inson xotirasi uchun diqqat qisqa muddatli va operativ xotirada kerakli ma’lumotni saqlab turuvchi omil, yodda saqlangan ma’lumotni uzoq muddatli xotira zahirasiga o‘tkazishining zarur sharti, tafakkur uchun esa masalani tushungan holda echimini topishning shartli omili sifatida namoyon bo‘ladi. Insonlararo munosabatlar tizimida diqqat o‘zaro hamfikrlik, odamlarning bir-birlariga moslashishi, shaxslararo nizolilarning oldini olish va o‘z vaqtida hal etishga yordam beradi. Download 89.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling