Mustaqil ish “Электроника ва схемалар 2” фанидан 1- мустақил иш Мавзу: Oddiy invertorli tranzistor tronzistor mantiq (ttm) haqida tushuncha


Download 0.49 Mb.
bet2/3
Sana05.05.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1429756
1   2   3
Bog'liq
ELEKTRONIKA 1 TOPSHIRIQ

Umumiy ma’lumotlar
Mantiqiy integral sxema yoki mantiqiy element (ME) deb ikkilik
sanoq tizim ida berilgan axborotlarni mantiqiy o‘zgartirishga
mo'ljallangan elektron sxemalarga aytiladi.
MElar sanoatda murakkablik darajasiga ko‘ra turli seriyalar
ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Seriya deganda, turli funksiyalar bajara
oladigan, yagona konstruktiv-texnologik usulda bajarilgan va birgalikda
ishlashga mo‘ljallangan IMS majmuiga aytiladi. Shundayligiga
qaramasdan, har bir seriyada ushbu seriyadagi boshqa sxemalarga
asos hisoblanadigan negiz MElar (invertorlar, HAM-EMAS ME,
YOK1-EMAS ME, triggerlar, hisoblagichlar, registrlarva h.k.) mavjud.
Hozirgi vaqtda RISlarni loyihalashda quyidagi negiz MElar keng
qo'llaniladi: tranzistor — tranzistorli mantiq; emitterlari bog‘langan
mantiq; integral-injeksion mantiq; bir turdagi MDY — tranzistorli
mantiq; komplementar MDY — tranzistorli mantiq.
Negiz MElarning sxema variantlarini tranzistorli mantiqlar deb
atash qabul qilingan. Mantiq turi qo'llanilgan elektron kalit va
elementlar orasida o‘rnatilgan bog'liqlik bilan aniqlanadi. Sanab
o ‘tilgan MElarning hech biri tezkorlik, iste’mol quwati, joylanish
zichligi va texnologikligi bilan sxemotexnikaning barcha talabalariga
to ‘liq javob bera olmaydi. Shuning uchun IS ishlab chiqarishda u
yoki bu negiz sxemani tanlash buyurtmachining texnik talablari va
ishlatish sharoitlariga bog'liq.
. Tranzistor - tranzistorli mantiq elementlar
Tranzistor — tranzistorli mantiq (TTM) elementlar keng tarqalgan
va ko‘p ishlab chiqariladigan R1S hisoblanadi.
Sodda invertorli TTM sxemasi 12.1-rasmda keltirilgan.
Element ikkita mantiqiy kirishga ega b o ‘lib, u ko‘p emitterli
tranzistor (KET) asosida hosil qilingan tok qayta ulagichi va VT1
tranzistorli elektron kalit (invertor)dan tuzilgan. KET TTM turdagi
MElarning o ‘ziga xos komponentasi hisoblanadi. U umumiy baza va
umumiy kollektorga ega bo‘lgan tranzistorli tuzilmadir. Standart
sxemalarda kirishlar (emitterlar) soni KBIRL<8. TTM elementlar tarkibidagi КЕТ invers rejimda yoki to'yinish rejimda ishlashi mumkin.
KET tuzilmasi va yasalish texnologiyasi shundayki, tok b o ‘yicha
kuchaytirishning invers koeffitsienti a , juda kichik bo ‘lib, 0,01-^0,05
oralig'ida yotadi.
ВТ asosidagi TTM va boshqa turdagi MElar ishlash mexanizmini
k o ‘rib chiqishdan avval, tahlil uchun z a ru r b o ‘lgan elem en ta r
nisbatlarga to ‘xtalib o ‘tamiz.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling