Mustaqil ish Fan: Geofizika va geokimyo asoslari Mavzu: Yerning seysmikligi. Litosfera va Yerning mantiyasini seysmik usullar bilan oʻrganish. Elementlarning geokimyoviy tasniflari Samarqand -2023 Reja


Refraksion, difraksion va almashinuvchi toʻlqinlar; tarqalish vaqtiga koʻra, muntazam va nomuntazam toʻlqinlar


Download 1.13 Mb.
bet2/5
Sana23.04.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1392474
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yerning Seysmikligi

Refraksion, difraksion va almashinuvchi toʻlqinlar; tarqalish vaqtiga koʻra, muntazam va nomuntazam toʻlqinlar;
Seysmik razvedkada foydalanilishiga koʻra, foydali va xalaqit beruvchi toʻlqinlarga boʻlinadi. Eng koʻp tarqalgani boʻylama toʻlqinlar va koʻndalang toʻlqinlardir. Boʻylama seysmik toʻlqinlar harakati natijasida muhitning hajmi oʻzgaradi — siqiladi hamda choʻziladi. Muhit zarrachasining tebranishi toʻlqin tarqalish yoʻnalishi boʻylab sodir boʻladi. Koʻndalang seysmik toʻlqinlar muhitda hajmiy oʻzgarishlar hosil qilmaydi, muhit zarrachasining tebranishi toʻlqin tarqalishi yoʻnalishiga perpendikular boʻladi. Boʻylama toʻlqinlar yer qobigʻi, mantiyasi va yadrosini, koʻndalang toʻlqinlar esa faqat yer qobigʻi va mantiyasini kesib oʻtadi.
Yerning yadrosi suyuq holatda boʻlganligi uchun undan koʻndalang toʻlqinlar oʻta olmaydi. Toʻlqinlar har xil tezlik bilan tarqaladi. Eng tez tarqaluvchi toʻlqin boʻylama toʻlqin. Seysmik toʻlqinlarning umumiy quvvati magnituda bilan belgilanadi. Yer yuzasida seysmik toʻlqinlarning tarqalishini kuzatish yerning tuzilishini oʻrganishga imkon beradi. Neft va gaz konlari geologiyasini oʻrganish, turli strukturalarni topish va ularni chuqur parmalashda, muhandislik geologiyasining muhim masalalarini hal etishda seysmik toʻlqinlar hisobga olinadi.
Elastik toʻlqinlar — elastik muhit (gaz, suyuklik va qattiq jismlar)da tarqaladigan mexanik tebranishlar. [[Toʻlqinlar tarqalayotgan muhitning zarralari toʻlqinlar bilan birga koʻchmaydi, ular faqat oʻz muvozanat holatlari atrofida tebranib turadi. Elastik toʻlqinlarning boʻylama va koʻndalang xillari bor. Boʻylama Elastik toʻlqinlarda muhitning zarralari toʻlqinlar tarqalayotgan yoʻnalishi boʻylab, koʻndalang Elastik toʻlqinlarda esa tarqalayotgan yoʻnalishga perpendikulyar yoʻnalishda tebranadi. Mexanik koʻndalang toʻlqinlar faqat siljish qarshiligiga ega muhitda hosil boʻlishi mumkin. Suyuq va gaz holatdagi muhitlarda faqat boʻylama toʻlqinlar; qattiq muhitda ham boʻylama, ham koʻndalang toʻlqinlar vujudga keladi. Istalgan vaqtda tebranishlar yetib kelgan elastik muhit nuqtadarining geometrik oʻrni toʻlqin fronti deb, bir xil fazada tebranuvchi nuqtalarning geometrik oʻrni toʻlqin sirti deb ataladi.
Toʻlqin sirtlari istalgan shaklda boʻlishi mumkin. Eng sodda holda ular tekis (yassi) yoki sfera (sferik) shaklida boʻladi. Elastik toʻlqinlar elastik muhit zarralarining tebranish amplitudasi va chastotasi, toʻlqin uzunligi, faza hamda guruh tezliklari va boshqalar koʻrsatkichlar bilan ifodalanadi. Elastik toʻlqinlar chastotasi Gs ulushlaridan 1013Gi gacha. Elastik toʻlqinlardan seysmologiya va gidrolokatsiyada, okeanlarni oʻrganishda, qattiq, suyuq hamda gaz holatdagi moddalarning tuzilishini oʻrganishda, tibbiyot va boshqalar sohalarda keng foydalaniladi (yana qarang Toʻlqinlar).

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling