TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI URGANCH FILIALI
MUSTAQIL ISH
FAN NOMI: Kompyuter tarmoqlari
MAVZU: Transport tarmoqlari
Guruh: ____914-19_________
Bajardi: Tursunova Nargiza
Qabul qildi: Axmedov Jamol
Mavzu: TRANSPORT TARMOQLARI
Reja:
Klassik transport tarmoqlari
Transport tarmoqlarining topologiyasi
Optik transport tarmoqlari
OE va EO foydalanish fazalari
Xozirda ekspluatatsiya qilinayotgan transport tarmoqlarida axborotni uzatish uchun asosan optik tolali kabellar qo‘llaniladi.
Axborotni qayta ishlash, uni raqamli shakldagi elektr signaliga aylantirilgandan keyin amalga oshiriladi.
Shuning uchun OE (optik-elektrik) va EO (elektrik-optik) turidagi o‘zgartirgichlar zarur bo‘ladi. Lekin ularning qo‘llanish soxasi tobora qisqarib bormoqda.
Quyidagi rasmda kanallarni ajratish ikkita multipleksorlari (MVK) aloqasi uchun to‘rtta fazani qamrovchi bu tendensiya ko‘rsatilgan:
Transport tarmoqlarining topologiyasi
Klassik transport tarmoqlarining strukturasi turlicha bo‘lishi mumkin.
Amalda, “N” ta tarmoq uzellari (SU) to‘plamining bog‘lanishi uchun
topologiyalarning quyidagi tanlanmasi ishlatiladi:
“N” ta cho‘qqi (uchlar) va 0,5 x N x (N-1) ta qirralarga ega, to‘liq bog‘lanishli graf;
“N” ta cho‘qqilardan, lekin kam sonli qirralardan iborat graf;
xalqa;
xalqalar to‘plami.
To’liq bog’lanishli graf
To‘liq bog‘lanishli grafning cho‘qqilari “xar biri-xar biri bilan” prinsipida o‘zaro bog‘langan. Bu aloqa turi inglizcha Fully Connected Network nom bilan maʼlumdir.
Trafik ortishi bilan SU larni bevosita bog‘lovchi uzatish liniyalarning samaradorligi ortadi. Bunday to‘liq bog‘lanishli graf strukturasiga ega transport tarmog‘i samarali ishlaydi.
Avvalgi rasmda to‘liq bog‘lanishli grafga misol keltirilgan, u oltita SU dan iborat transport tarmog‘ining modelini aks ettiradi. - Grafning xar bir cho‘qqisi tarmoq uzeliga (SU) mos keladi.
- Graf cho‘qqilari H1, H2, …, H6 xarflar bilan belgilangan.
- Graf qirralari uzatish liniyalariga mos keladi.
- a26 qirra H2 va H6 cho‘qqilarni bog‘laydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |