Mustaqil ish. Guruh: 11A17kt bajardi: Usmanova. O’ Qabul qildi: Norimbetov. T. D mavzu: Nafosat tarbiyasi. Reja nafosat tarbiyasining maqsad va vazifalari; Maktabda nafosat tarbiyasining mazmuni, shakl va metodlari


Download 0.58 Mb.
Sana22.05.2020
Hajmi0.58 Mb.
#109143
Bog'liq
slayd-2

Islom Karimov nomidagi T.D.T.U Olmaliq filiali ‘Energetika va mashinasozlik’ fakulteti ‘Ijtimoiy-gumanitar fanlar’ kafedrasi ‘Pedagogika va psixologiya fanidan Mustaqil ish.

Guruh:11A17KT

Bajardi: Usmanova.O’

Qabul qildi:Norimbetov.T.D

Mavzu:Nafosat tarbiyasi. REJA 1. Nafosat tarbiyasining maqsad va vazifalari; 2. Maktabda nafosat tarbiyasining mazmuni, shakl va metodlari; 3. Nafosat tarbiyasida umuminsoniy, milliy va ma’naviy qadriyatlardan foydalanish; 4. Dars va sinfdan tashqari mashg’ulotlarda nafosat tarbiyasi

"Har kishining dunyoda oromi joni - tarbiya , Baxtu iqboli saodatining makoni -tarbiya . Ey otalar jonlaringizdan aziz farzandingiz , G'ayrat aylang , o'lmasun vaqtu zamoni - tarbiya“ Abdula Avloniy


Nafosat tarbiyasi

Voqelik munosabati

To’g’ri tushunish qobiliyatlarini tarbiyalash

Tabiatga munosabat

Ularning badiiy didini o’stirish

Ijtimoiy va mehnat munosabatlari

Ularda go’zallikka muhabbat uyg’otish

Turmush go’zalliklarini anglash va idrok etish qobiliyatlarini tarbiyalash

Ular tomonidan go’zallikni yaratish qobiliyatlarini tarbiyalash

Nafosat tarbiyasi (estetik tarbiya — lotincha «estezio» go’zallikni his qilaman) — o’quvchilarni voqelik, tabiat, ijtimoiy va mehnat munosabatlari va turmush go’zalliklarini anglash, idrok etish va to’g’ri tushunishga o’rgatish, ularning badiiy didini o’stirish, ularda go’zallikka muhabbat uyg’otish, ular tomonidan go’zallikni yaratish qobiliyatlarini tarbiyalashga yo’naltirilgan pedagogik jarayon. Tabiat, adabiyot, teatr, musiqa, she’riyat, tasviriy san’at va boshqalarga bo’lgan muhabbat shaxsning har tomonlama rivojlanishiga xizmat qiladi. Nafosat tarbiyasi axloqiy tarbiyani samarali tashkil etashda katta ahamiyatga ega. Nafosatdan rohatlanishda faqat san’at asarlarigina emas, balki ezgu ishlar, jamoaga hurmat, sadoqat, vijdonan mehnat qilish muhim o’rin tutadi. Nafosat tarbiyasining mohiyati shundan iboratki, u go’zallikka bo’lgan munosabatni qaror toptiradi. Go’zallikka bo’lgan tuyg’uni rivojlantirmay turib, yuqori mehnat madaniyatiga erishib bo’lmaydi. Mehnat jarayonida tayyorlangan har bir buyum (tovar)ning ahamiyati, funktsiyasi, zaruriligi insonning tabiiy ehtiyojlarini qondirishi jihatidangina emas, balki uning qanchalik go’zallygi bilan ham baholanadi Go’zallik bu hayotning o’zi, tabiat hamda inson mehnati natijalari, insoniy munosabatlarning mukam — malligidir. Nafosat bilimlari aniq tarbiyaviy ishlar — tanlov, viktorina, bayram, ko’rgazma va hokazolarni tashkil etish asosida hosil qilinadi. O’quvchilar o’z qobiliyatlarini turli xil badiiy — ijodiy faoliyatlarda namoyon etadilar. Kichik yoshda «barcha bolalar istes’nosiz rasm soluvchilardir» (K.D.Ushinskiy), «har bir bola — shoir» (V..Suxomlinskiy).


Nafosat ongi

Nafosat his-tuyg’usi

Nafosat idroki

Nafosat bilimi

Nafosat mulohazasi

Nafosat

bahsi

Nafosat ideali

Nafosat tarbiyasining vazifalari quyidagilardan iboratdir: o’quvchilarda nafosat his — tuyg’usi, fikr — mulohaza, didni tarbiyalash, ularning ijodiy kobiliyatlari. go’zallikni sevishga bo’lgan hayotiy ehtiyojini o’stirishdan iborat. Kishilar go’zallikni idrok qilish qobiliyatiga ega bo’lganliklari uchun hayajonlanish, qo’yg’urish, darg’azab bo’lish, quvonish, zavqlanish kabi his — tuyg’ularni boshdan kechiradilar. Bundan tashqari kishi yuksak badiiy mahorat bilan yaratilgan obrazni yoki tabiat, hayotdagi go’zal hodisani idrok qilganidan zavq — shavqqa to’ladi. O’quvchilarda kuzatish madaniyatini tarbiyalash ularning go’zallikka bo’lgan intilishlarini o’stirish uchun juda muhim. Ko’p hollarda bollar biror narsaga qarab turadilar—u, uning o’zini ko’rmaydilar, quloq soladilar—u, eshitmaydilar. SHuning uchun ularga tabiatda, o’rmonda tog’lar va cho’llarda turli tovushlarni farq qilishni o’rgatish lozim. Nafosat haqidagi tushunchalarni o’zlashtirib olish, ajaoyib san’at asarini sayoz, past saviyada yozilgan asardan farqlash, o’z fikr —mulohazalarini to’g’ri ekanligini qattiq turib, himoya qilishga yordam beradi.

Nafosat tarbiyasi — shaxsning estetik ongi, munosabatlari hamda nafosat faoliyatining vujudga kelishi va takomil — lashuvidan iborat uzoq davom etadigan jarayon bo’lib, bu jarayon yosh va ijtimoiy omillar bilan belgilanadigan turli bosqich hamda darajalarga ega. Nafosat tarbiyasi shaxsning nafosat madaniyatini egallashiga yo’naltirilgan bo’lib, turli shakl va metodlar yordamida amalga oshiriladi. Tarbiyachi, o’qituvchining birinchi navbatdagi vazifalaridan biri o’quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda, eng murakkab hodisalar hamda go’zallik shakllari, nafosat muammo — larini anglab etishi lozim. Nafosatni idrok etishning muhim unsuri — hissiyotlilik. San’at, borliqni yorqin aks ettiruvchi yuqori badiiy asar mazmunini idrok etishda o’quvchilar quvonch yoki g’azab, qo’rqinch yoki ishonchni his etadilar. Bu tuyg’u go’zallik qonuniyatlari g’oyasi bilan yashashga undaydi.


Nafosat tarbiyasining vazifalari

fikr-mulohazalarini rivojlantirish

didni tarbiyalash

ularning ijodiy qobiliyatlarini o’stirish

go’zallikni sevishga bo’lgan hayotiy ehtiyojini o’stirish

Nafosat didi o’z tabiatiga ko’ra shaxsga xos bo’lgan psixologik hodisadir. Ammo shaxs ijtimoiy munosabatlarning faol ishtirokchisi bo’lganligi uchun u go’zallikni baholash mezonlarini puxta o’zlashtira oladi. Nafosat didi shaxsning buyum yoki hodisaga nisbatan munosabat bildirish turi, ob’ektiv nafosat o’lchovi bo’lib, go’zallik, xunuklik va tubanlikka baho berishda sub’ektiv yondashuvni ifodalaydi. Did sanaladi. Xullas, maktab o’quvchilari o’rtasida nafosat tarbiyasini tashkil etishda samarali shakl, metod va vositalardan oqilona foydalanish ijobiy natijalar beradi.

Bundan tashqari nafosat vositalari xilma xildir. Tabiat mehnat, insoniy munosabatlar, san’at nafosat tarbiyasi vositasidir. Tabiat nafosat tarbiyasining muhim manbaidir. K.D.Ushinskiy tabiatni yosh avlod nafosat tuyg’ularining rivojlanishiga chuqur ta’sir ko’rsatadigan ajoyib tarbiyachidir, degan edi. Sayohat, sayr, yurish, tabiatga bag’ishlangan san’at asarlarini o’rganish mazkur yo’nalishdagi an’anaviy ishdir. Biroq tabiat ichida bo’lishning o’zi etarli emas. Tabiatdagi go’zallikni ko’ra bilish, his etish lozim. Bunday qobiliyat asta—sekin rivojlanib boradi. Sayr, ekskursiya hamda maktab uchastkasida ishlash naytida tarbiyachilar e’tiborini tabiat boyliklariga, uping shaklidagi mukammalliklarga qaratishi, bolalarga nafosat, gabiatni sevish ehtiyojigina bo’lmay, shuningdek, uni ehtiyotlashdan ham iboratligini tushuntirib borishi lozim.

Badiiy adabiyot nafosat tarbiyasida cheksiz imkoniyatlarga ega. U o’quvchilarga hayotni chuqurroq anglashni o’rgatadi. O’quvchilarga o’zbek va chet el adabiyoti haqida ko’proq ma’lumot beriladi. O’quvchilar she’rlar, hikoyalar, xalq og’zaki ijodi namunalari -maqol, matal, ertak, doston, qo’shiq, qissa va romanlarni qanchalik ko’p o’qisa ularda go’zallikka bo’lgan intilish shunchalik kuchli bo’ladi. SHoir va yozuvchilarning hayoti va ijodiy faoliyati, asarlari bilan tanishish tahlil qilish o’quvchilarning bilim doirasini kengaytiradi, his — tuyg’ulari va til boyligin takomillashtiradi. SHuningdek, adabiyot darslari o’quvchilarda go’zallikni "idrok etishni ta’minlaydi. O’quvchilar nasriy asarlar, she’rlardan parchalar yod oladilar, buning natijasida o’quvchilarning badii nutq madaniyati ham shakllanadi. O’quvchilarning mumtoz adabiyotimiz vakillari — Alisher Navoiy, Lutfiy, Sakkokiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Boborahim Mashrab, Muqimiy, Zokirjon Xolmuhammad o’g’li Furqat, Muso Toshmuhammad o’g’li Oybek, Abdulla Qahhor, G’ofur G’ulom, Zulfiya, Maqsud SHayxzoda, zamondosh adiblar — Primqul Qodirov, Odil YOqubov, Xudoyberdi To’xtaboev, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Muhammad YUsuf, SHavkat Rahmon, Mahmud Toir asarlari, shuningdek, jahon adabiyotining noyob namunalari bilan tanishishlari ularning har tomonlama etuk bo’lib o’sishlariga yordam beradi.

Olam va inson go’zalligi, mardlik, jasorat, yuksak insoniy g’oyalarni o’zida aks ettirgan san’at asarlari insonlarni go’zallikni his qilish, ularga intilib yashashga undab kelgan. Aksincha, g’oyaviy jihatdan saviyasi past asarlar o’quvchilar ongini sayozlashtiradi, ularni chinakam go’zallikdan chalg’itadi, go’zallikni sevishga bo’lgan intilishlarini susaytiradi, didini pastaytiradi. O’quvchilarning go’zallik bilan bevosita muloqotda bo’lishlari ularga ko’proq hissiy ta’sir ko’rsatadi. SHuning uchun ham o’qituvchi, tarbiyachilar tarbiyaviy ishlarni tashkil etish jarayonida o’quvchilarni badiiy jihatdan yuksak bo’lgan asarlar va tabiat manzaralari bilan tanishtirishga alohida e’tibor qaratishlari zarur. Tasviriy san’at, haykaltaraoshlik va me’moriy asarlar namunalari bilan o’quvchilarni tanishtirish ularda simmetriya, mutanosiblik, chiziqlar, rang va kolorit uyg’unligini idrok etish tuyg’ulariga ega bo’lishlarini ta’minlashga xizmat qiladi. O’quvchilar e’tiboriga ezgu g’oyalarni tarannum etuvchi musiqiy asarlarning havola etilishi, ulardan olinayotgan taassurotlar bilan o’rtoqlashish ularda musiqiy ohang, ritya, tovushlarning ifodaviyligi va sur’atini his etish ko’nikma va malakalariga ega bo’lishlarini ta’minlaydi. Adabiy asarlar esa o’quvchilarning nutq boyligi oshirish, fikrlash qobiliyatini o’stirish, shaxsiy qarashlarini erkin bayon etishga imkon beradi.

Bundan tashqari o’quvchilar bastakor — Yunus Rajabiy, Muhammadjon Mirzaev, Doni Zokirov, Dilorom Omonullaeva, rassomlar — Kamoliddin Behzod, O’rol Tansiqboev, Rahim Ahmedov, Chingiz Axmarov, Malik Nabiev, Ortiqali Qozoqovlar tomonidan san’at assarlari bilan tanishib borsalar ularning nafosat ongi yanada boyiydi.

O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng, san’at sohasida ijodkorlikni kamol topishiga va xalq amaliy san’atini yanada rivojlanishiga imkoniyatlar yaratildi. «Har bir san’atkor -deb ta’kidlagan edi I.A.Karimov o’zini san’atkor deb bilgan har qanday kishi o’z idealiga muvofiq erkin ravishda bemalol ijod qilish huquqiga ega» («Xalq so’zi» 1997 yil 28 may).

Keyingi yillarda ayniqsa (1960 - 1980) san’atda abstraktizm, konstruktizm, futurizm, kubizm, ekspressionizm va shuning singari reaktsion oqimlar paydo bo’ldi. Bular san’atni voqelikdan chalg’itadigan oqimlardir... Shunday qilib, estetik vazifalar o’quvchilarda estetik his-tuyg’u, fikr mulohaza, tushuncha, estetik did tarbiyalashdan, ularning ijodiy qobiliyatlarini, estetik ehtiyojlarini, turmushni go’zal qilishga intilish fazilatlarini tarbiyalashdan iboratdir. Ma’lumki, yoshlarni estetik ruhda tarbiyalash asosan ikki yo’l bilan amalga oshiriladi: Turli xil fan (adabiyot, biologiya, mehnat, chiroyli yozuv, chizmachilik, ashula, muzika) darslari jarayonida ... O’quvchi-yoshlar bilan maktabdan va sinfdan tashqi ta’lim-tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. Snnfdan tashqari turli xil badiiy va fan to’garaklariga ishtirok etish, muzika tinglash, badiiy kechalar o’tkazish, sanalarga atab badiiy kechalar tashkil etish, mushoira, bahs, munozaralar o’tkazish, she’rxonlik kechasi, davra suhbatlari tashkil etish.

Maktabdan tashqari vaqtlarda esa, muzika- maktablariga. musiqa to’garaklariga qatnashish, duradgorlik, o’ymakorlik, ganj, kulolchilik va shu singari xalq tasviriy va amaliy san’atida ishtirok etish, kashtachilik, badiiy bezaklar yasash va xokazo. -Estetik tarbiyada - estetik tarbiya tizimi katta rol o’ynaydi: -Oila, tasviriy san’at, ashula va muzika, badiiy adabiyot. -Radio-televidenie eshittirishlari, teatr san’ati va boshqalar. -Tabiat qo’yniga, muzeylarga, shaharlarga ekskursiya uyushtirish.

Estetikada-turmush, odob estetikasi katta rol o’ynaydi. Kiyinish estetikasi, nutq estetikasi, mehnat, ishlab chiqarish estetikasi, texnik estetika, maishiy estetika va boshqalar katta rol o’ynaydi. (G’.G’ulom -1923 yilda "Go’zallik nimada") Maktabda estetik madaniyatni yanada oshirish maqsadida quyidagilarga e’tibor berish talab etiladi: -Maktabda o’qituvchilar va tarbiyachilar, sinf rahbarlarining estetik madaniyat darajasini oshirish uchun estetik tarbiyaning dolzarb masalalari bo’yicha seminarlar tashkil etish. -Maktablarda san’at, adabiyot to’garaklarini tashkil etish va yirik mutaxassislarni jalb etish. -Tuman, shahar, viloyat o’qituvchilar malakasini oshirish institutlari huzurida estetika bo’yicha kurslar tashkil etish. -Tuman, shahar, viloyat xalq ta’limi bo’limlari qoshida badiiy kengashlar tashkil etish. -Universitet, institutlarda tasviriy san’at va muzika tarixi kursini o’qitish, talabalarni to’garaklarga jalb qilish.

Adabiyotlar: 1. Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi - xalq e’tiqodi va bu yuk kelajakka ishonchdir. — Toshkent, Uzbekiston, 2000. 2. Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yohud axloq. — Toshkent, O’qituvchi, 1992. 3. Pedagogika. Munavvarov A.Q. tahriri ostida. — Toshkent, O’qituvchi, 1996. 4. Podlasыy I.P. Pedagogika. Novыy kurs. Kn. 2. Protsess vospitani ya. — Moskva, Vlados, 1999. 5. Rahim Ashurov. “Pedagogika”, Toshkent 2007 6. Podlasыy I.P. Pedagogika. Novыy kurs. Kn. 2. Protsess vospitani ya. — Moskva, Vlados, 1999.


Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling