I bob bolalarga nafosat tarbiyasiri singdirishning axamiyati


Download 0.67 Mb.
bet1/17
Sana23.04.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1388954
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
bola shaxsining rivojlanishi kamoloti va tarbiyasi



BOLA SHAXSINING RIVOJLANISHI KAMOLOTI VA TARBIYASI.

MUNDARIJA
KIRISH


I. BOB BOLALARGA NAFOSAT TARBIYASIRI SINGDIRISHNING AXAMIYATI

    1. Bolalarda nafosat tarbiyasini shakllantirish muammolari

1.2. Nafosat tarbiyasini bolalarga singdirishning nazariy jixatlari


II. BOB ATROFIMIZDAGI OLAM MASHG’ULOTLARIDA NAFOSAT TARBIYASINI SINGDIRISH TEXNOLOGIYALARI
2.1. Nafosat tarbiyasini shakllantirishda sinf raxbari faoliyati va nafosat tarbiya vositalari
2.2. Atrofimizdagi olam mashg’ulotlarida bolalarda nafosat tarbiyasini takomillashtirishda zamonaviy pedagogic texnologiyani shakllantirish


UMUMIY XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Uzbekiston respublikasida ta’lim sohasiga juda katta e’tibor berilmokda. Yurt ravnaqi, xalq farovonligi, usib ulg’iyib kelayetgan yesh avlodga bog’liq. Shuning uchun ham bugungi kundagi barkamol avlod tarbiyasing jiddiy yendoshuv talab qilinmoqda. O’zbekiston Respublikasi o’zini mustaqil davlat deb e’lon qilgan ilk kundan boshlab, milliy kadriyatlarga e’tibor qaratilib, yeshlarni aynan milliy qadriyatlar og’ushida tarbiyalash zaruriyati yuzaga kelganligini yurtboshimiz I.A. Karimov uzining bir qator asarlarida ta’kidlab utgan.


Bugungi kunda yurtimizda olib borilayetgan tub islohatlar inson omiliga qaratilganligi bois ham qilinayotgan jamiki ishlar xalqimizning kelajagiga qaratilgan.Olib borilayetgan har bir islohat zamirida yoshlar kelajagi , barkamol avlod tarbiyasi, yurt ravnaqi, xalq farovonligi o’z aksini topgan.
O’zbekiston Respublikasida 1997 yilda «Ta’lim to’g’risida» gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» qabul qilindi. Unda uzluksiz ta’lim tizimi ishlab chiqildi. Ushbu qonun va milliy dasturda ko’rsatib o’tilgandek, o’sib, ulg’ayib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama yetuk barkamol shaxs qilib tarbiyalash tizimi yo’lga qo’yildi.
Yurtimizda amalga oshirilayetgan ta’lim sohasidagi islohatlar albatta yesh avlodning intelektual salohiyatini ,ma’naviyatini yuksaltirishga karatilgan tizimdir
Bolalar umumiy o’rta ta’lim olish uchun zarur bo’lgan savodxonlik, bilim va ko’nikma asoslarini shakllantiririshga qaratilgandir. Maktabning birinchi sinifiga bolalar olti – yetti yoshdan qabul qilinadi.
Umumiy o’rta ta’lim bilimlarni zarur xajmini beradi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko’nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yo’naltirishga va ta’limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi.
Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’navit – yengilmas kuch” asarida yoshlarni har tomonlama yetuk shaxs qilib tarbiyalash yo’llari ko’rsatib o’tilgan. Yoshlarni iqtisodiy bilimlar bilan qurollantirishda milliy qadriyatlardan keng foydalanish yaxshi natija beradi. Shuning uchun ham I.A. Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XIV sessiyasida «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» deb nomlangan ma’ruzasida xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish davlat siyosatining eng muhim ustivor yo’nalishlaridan biri deb ko’rsatib o’tgan. Yurtboshimiz «Hozirgi eng muhim, eng dolzarb vazifamiz – jamiyatimiz – jamiyatimiz a’zolarini, avvalombor, voyaga yetib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirish, ularning qalbida milliy g’oya, milliy mafkura, o’z vataniga mehr sadoqat tuyg’usini uyg’otish, o’zligini anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iboratdir» - deb alohida ta’kidlab o’tganlar.
I.A.Karimov “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, o’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” deb nomlangan asarida jahonda ro’y berayotgan iqtisodiy inqirozlarning asl sababini taxlil qila turib unda isrofgarchilikga yo’l qo’yilganlik, bozor munosabatlarini yaxshi o’rganmaganlik, ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarning talab doirasi taxlil qilinmaganligi, ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarning sifat darajasiga e’tibor qaratilmaganligini ko’rsatib bergan. Biz bitruv malakaviy ishini bajarish jarayonida ushbu asarga murojat qildik, negaki yoshlardagi nafosat tarbiyasi ertangi kundagi bozor munosabatida o’z aksini topadi.
Bolalarni har tomonlama yetuk shaxs qilib tarbiyalashda nafosat (estetik) tarbiyasining ham urnini alohida kayd qilish kerak.
Bolalarlardagi mavjud o’quv fanlarini o’qitish jarayonlarida bolalar tarbiyaning xar bir turi buyicha tushunchalarni uzlashtirib boradilar. Shu qatori nafosat tarbiyasiga taaluqli bulgan tushunchalar ham asta sekinlik bilan
takomillashtirilib yeshlarni tarbiyaning bu yunalishi buyicha ham shakllantiriladi.Shuni hisobga olgan holda biz ushbu kurs ishini bajarishda uning dolzarbligini urganib chiqib, uning mavzusini”Bolalarda nafosat tarbiyasini shakllantirish” deb nomladik.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling