I bob bolalarga nafosat tarbiyasiri singdirishning axamiyati
Download 0.67 Mb.
|
bola shaxsining rivojlanishi kamoloti va tarbiyasi
Ma’naviyat (arabcha «ma’naviyat» - ma’nolar majmui) – kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlari va tushunchalari majmui. Ma’naviyat mafkura, tafakkur tushunchalariga yaqin va ular bir – birlari bilan bog’liq tushunchalardir. Ma’naviyat – insonning ongi, aqliy qobiliyatini, ruhiy kechinmalarini yaxshiliklarga, ezgu niyatlarga to’la qalbini ifodalovchi ko’p qirrali tushuncha.
Shuni e’tiborga oladigan bulsak, har bir inson uz ruhiy kechinmalarini Sharq mutafakkirlarining ilmiy merosida oila va oilada farzand tarbiyasi masalalariga katta e’tibor berganlar. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Nosir al-Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Muhammad Qashg’ariy, Yusuf Xos Xojib, Kaykovus, Alisher Navoiy, Xusayn Voiz Koshifiy kabi mutafakkirlarning qator asarlarida bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash masalalari o’rtaga qo’yilgan va ularni hal etish yo’llari ko’rsatib berilgan. Oilada bola tarbiyasi masalasi Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy qarashlarida ham mavjuddir. Uning aytishicha, “Ota-onalar ikki xil: tug’ilish otasi va ta’lim berish onasi: birinchisi jismoniy hayot sababli, ikkinchisi ruhiy hayot sababli”. Shunga ko’ra ularni uzviy birlikda olib qarashtarbiya ishida muhim ahamiyatga molikdir. Uning quyidagi so’zlari anchayin ibratlidir: “Zamondan yaxshiroq ta’lim beruvchi muallimni, insondan yaxshiroq ta’lim oladigan o’quvchini ko’rmadim”. Uning bu so’zlaridan bir tomondan ijtimoiy muhitni bola tarbiyasi uchun hal qiluvchi ta’sirini anglasak, ikkinchi tomondan inson shaxsi ta’lim natijasida kamolatga erishib borishi mumkinligini sezamiz. XI asrda yashab ijod etgan mutafakkir Yusuf Xos Hojib o’zining “Qutadg’u bilig” da bola tarbiyasi haqida to’xtalib, shunday yozadi: “Farzand qanchalik bilimli, aqlli – xushli bo’lsa ota-onaning yuzi shunchalik yorug’ bo’ladi”. U bola tarbiyasida otaning mas’uliyatiga alohida e’tibor beradi. “Kimning o’g’il-qizi erka bo’lsa, deb yozadi u unga shu kishining o’zi mungli bo’lib yig’laydi. Ota bolani kichkinaligida bebosh qilib qo’ysa bolada gunoh yo’q, barcha jafo otaning o’zida; o’g’il qizning xulq atvori yaramas bo’lsa, bu yaramas ishni ota qilgan bo’ladi. Ota bolalarini nazorat qilib, turli hunarlarni o’rgatsa, ular ulg’aygach, o’g’il – qizim bor deb sevinadi; o’g’il-qizga hunar va bilim o’rgatish kerak, toki bu hunar bilan ularning fe’l – atvorlari go’zal bo’lsin”. Yusuf Xos Hojib o’z asarida shunday fikrlarni o’rtaga tashlaydiki, ular bola tarbiyasi uchun madhiyadek yangraydi. Sharqda keng tarqalgan pandnoma tarzida yozilgan mashhur asarlardan biri Unsurul maoliy Kaykavusning “Qobusnoma” sidir. Bu asar Sharq pedagogik fikr taraqqiyotida muhim o’rinni egallaydi va qanchadan-qancha avlodlarni ma’naviyaxloqiy tarbiyalashda o’z hissasini qo’shib kelmoqda. “Qobusnoma” falsafiy didaktik asar bo’lib, shaxs shakllanishining barcha tomonlarini o’z ichiga oladi. Uning “Farzand parvarish qilmoq zikrida” degan bobi bevosita oiladagi bola tarbiyasiga bag’ishlanadi. “Qobusnoma”da ota-onaning qator vazifalari sanab o’tiladi. Ular quyidagilardan iborat: bolaga yaxshi ism qo’yish; oqil va mehribon enagaga topshirish; to’y-tomosha qilib, sunnat to’y o’tkazish; o’qish va yozishni o’rgatib, kasb – hunar va ilmli qilish; 5. harbiylar ahlidan bo’lsa, sipoxiylikni o’rgatish. Kaykavus bola tarbiyasida talabchanlik bilan mehribonlikni birga olib borish lozimligini ta’kidlaydi. “Yosh bola ilm bilan odobni tayoq bilan o’rganur, o’z ixtiyori bilan o’rganmas. Ammo farzand beadab bo’lsa va sening ul sababdan qahring kelsa, o’z qo’ling bilan urmagil, muallimning tayog’i bilan qo’rqitgil. Bolalarga muallimlar adab bersinlar, toki sendan o’g’lingni ko’nglidagina qolmasin . Kaykovusning “Qobusnoma” asari bugungi kunda ham axloqiy qadriyat sifatida yosh avlodni ma’naviy axloqiy guhda tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Oilada bola tarbiyasi buyuk mutafakkir shoir A.Navvoiyota-onaning yaxshi sifatlarini ulug’laydi. Bunday sifatlarning ularda jamuljam bo’lishi bola tarbiyasida muhim rol o’ynashini ko’rsatib o’tadi. Masalan, uning xotinlar haqidagi fikrlar diqqatga sazovordir: “Yaxshi xotin, deydi Navoiy – oilaning davlati va baxti uy egasining xotirjam va osoyishtaligi undan husunli bo’lsa – ko’ngil ozig’i, xushmuomila bo’lsa jon ozig’idir. Oqila bo’lsa, ro’zg’orda tartib-intizom bo’ladi. U beandisha bo’lsa, ko’ngil undan ozor chekadi, yomonlik axtaruvchi bo’lsa, undan ruh azoblanadi. Agar mayxo’r bo’lsa, uy obodligi yo’qoladi, aqilsiz bo’lsa, oila rasvo bo’ladi”. A.Navoiy oiladagi ayrim illatlarni va o’zaro kelishmovchiliklarni bola tarbiyasiga salbiy ta’siri va uning buzulishiga sabab bo’luvchi asosiy omillar haqida ham yozadi. Yaxshi va yomon xulqlar va ularning kelib chiqishi sabablarini ko’rsatib beradi. Bolada paydo bo’ladigan yomon xulqlarni oldi olinmasa, borabora illatga aylanadi – deb uqtiradi. Yuqoridagi fikrlardan ma’lum bo’ldiki, sharq mutafakkirlari o’zlarining pedagogik qarashlari bilan o’z davrlaridan ancha ilgarilab ketganlar. Ularning bu qarashlari bir necha asrlardan beri ajdodlarimiz tafakkurini boyitib kelmoqda va hozirgi kunda ham ular o’z qiymatini yo’qotgani yo’q, ular bizning ma’naviy qadriyatlarimizdir. Shunga ko’ra mutafakkirlarning o’lmas merosi oilada bolalarning ma’naviy axloqiy tarbiyalashning muhim omil bo’lib qoladi. Prezident I.A Karimov uz nutklarida yoshlar kata ishonch bildirib O’zbekston kelajagi yoshlar kuliga ekanligi takidlar ekan avvalo yoshlarni shunday ishonchga javob bera oladigan insonlar qilib yetishtirish o’qituvchi va tarbiyachilarning fidokor mehnati bilan bog’liqligini nazarda tutadi. Yurtboshimiz uzining kator nutklarida barkamol avlod tarbiyasini e’tibordan chetda koldirmaydi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 9 – sessiyasida so’zlagan nutkida jamiyatimizda ta’lim berish tizimi yangilanish jarayoni talabalari bilan yakindan boglanmaganligi sabablaridan biri o’qituvchiga borib takalishini aytib utadi. Mening fikrimcha ta’lim-tarbiya tizimini o’zgartirishdagi asosiy muammo ham manna shu yerda o’qituvchi bolalarimizga zamonaviy bilim berish deb talab kilamiz ammo zamonaviy bilim berishi uchun avvalo murabbiyning uzi anna shunday bilmga ega bulishi kerak. Bundan ko’rinib turubdiki, o’qituvchining uzi avvalambor zamonaviy bilim bilan kurollangan bulishi lozim. Qadriyat – tevarak-atrofdagi narsalarning, kishining jamiyat uchun ijobiy yoki salbiy ahamiyatini ko’rsatuvchi tushuncha bo’lib, axloqiy tamoyillar, g’oyalar, yo’l-yo’riqlar va maqsadlarda ifodalangan ana shu tushunchaga baho berish mezoni va usullari hisoblanadi. Qadriyatga umuminsoniy qadriyatlar – ma’lum bir axloq me’yorlari, ilg’or, taraqqiyparvar madaniy meroslar kiradi. Qadriyatlar moddiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’navi qadriyatlarga hamda ijobiy va salbiy qadriyatlarga bo’linadi. Qadriyat – qadr-qimmat ma’nosini anglatib, inson uchun qadrli bo’lgan barcha narsa va hodisalar (predmet va jarayonlar) majmuidir. Qadriyat – voqyelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy axloqiy, ma’daniy –ma’naviy ahamiyatini ko’rsatish uchun qo’llaniladigan tushuncha. Qadriyat kategoriyasi faqat buyum va narsalarning iqtisodiy qiymatini emas, jamiyat va inson uchun biror ahamiyatga ega bo’lgan voqyelikning shakllarini, narsalar, voqyea hodisalar, talab va tartiblarning qadrini ifodalash uchun ishlatiladi. I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” asarida, tarbiya tizimida ma’naviyat eng yuqorida turishini ta’kidlab unga quyidagicha ta’rif berib o’tadi. “Ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban uyg’onishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mazmunidir” degan fikrlarni davom ettirib, “Xalqimizning asl tabiatida mavjud bo’lgan anashunday milliy-ma’naviy salohiyat va fazilatlar haqida gapirar ekanmiz “Oqqan daryo oqaveradi”, degan naql beixtiyor yodimga tushunadi. Chindan ham, tariximizning qaysi davrini olmaylik, yurtimizda ilmu ma’rifat va yuksak ma’naviyatga intilish hyech qachon to’xtamasligi, xalqimiz dahosining o’lmas timsoli sifatida eng og’ir va murakkab davrlarda ham yaqqol namayon bo’lib kelganini ko’rishimiz mumkin” – deydi. Shu bilan bir qatorda I.A.Karimov o’sib ulg’ayib kelayotgan yosh avlod tarbiyasiga har birimiz ma’sul ekanligimizni ta’kidlab ta’lim-tarbiya tizimida har bir inson yaxshi niyatlar bilan milliy qadriyatlarga hurmat ko’rsatib undan oqilona foydalanish kerak degan fikrlarni bildiradi. Ma’lumki, kishilik jamiyatida yoshlarni har tomonlama yetuk shaxs qilib tarbiyalash uning har xil taraqqiy bosqich davrlarida o’ziga xos ko’rinishga ega bo’lgan. shu davrning eng ilg’or g’oyalaridan foydalanib yoshlarni ma’nan yuksak qilib tarbiyalashga harakat qilingan. Bugungi kunda fan va texnikaning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi shaxs taraqqiyotiga, uning tarbiyasiga ijobiy va salbiy ta’sir etib kelmoqda. Shuning uchun ham bugungi kunda yoshlarning yovuz oqimlardan yot g’oyalardan asrab qolishning birdan – bir yo’li g’oyaga qarshi g’oya bilan chiqishdir. Milliy istiqlol g’oyalariga tayangan holda yoshlarni barkamol shaxs qilib tarbiyalashda buyuk siymolar faoliyatidan foydalanish o’ziga xos axamiyat kasb etadi. Bunda ibrat namuna tizimi asosida barkamol avlod tarbiyasini ma’lum bir tizimlar asosida takomillashtirish va yuksaltirish mumkin. Kishilarning milliy jihatdan birligini ta’minlovchi qadriyatlar tizimida, avvalambor til, qon-qardoshlik, madaniy-ma’naviy yaqinlik, o’tmish urf-odatlari va an’analarini yagona asosga ega ekanligi, ona yurt tuyog’usi va boshqalar nisbatan barqaror bo’lib hisoblanadi. Shunindek, milliy qadriyatlar umumiy qadriyatlar tizimida o’z o’rnini va ahamiyatini uzoqroq saqlab qolish xususiyatiga ham egadir. U umumiy qadriyatlar tizimida millatga xos bo’lgan qadriyatlarning eng umumiy jihatlarini aks ettiradi. Shuning uchun ham har qanday milliy qadriyatlarning obyekti va ular tayanadigan ijtimoiy asos bu – millatdir. Millatning tanazzuli milliy qadriyatlarning tanazzuliga olib keladi. Bu oqibat natijada milliy qadriyatlarning egasiz qolish xavfini tug’diradi. Millat har qanday milliy qadriyatlarning obyekti bo’lishi bilan bir qatorda ularning subyekti hamdir. Milliy qadriyatlarni avloddan-avlodga olib o’tadigan hamda turli ijtimoiy va siyosiy jarayonlar orasidan o’tmishdan kelajakka tomon olib o’tadigan ham millatdir. Har bir millatda va uning men mana shu millatning a’zosiman degan milliy g’ururga ega bo’lgan kishisida millatga bo’lgan qadr-qimmatni saqlash, hurmat qilish, e’zozlash, boyitish va rivojlantirish tuyg’usi bo’ladi. Bu tuyg’u insonning alohida qadr-qimmati tuyg’usiga o’xshaydi. Millatning to’z-o’zini anglash jarayoni takomillashgan sari milliy manfaatlar ham, milliy qadriyatlar ham kuchayib, mustahkamlanib boraveradi. Milliy qadriyatlarning kuchayib borishi milliy mahdudlikka, milliy xudbinlikka, o’z millati manfaatlarini birinchi o’ringa qo’yish, boshqa millatlar va xalqlar manfaatlarini hisobga olmaslikka olib kelmasligini otabobolarimiz uqtirib o’tganlar. Tarbiya tizimida umuminsoniy qadriyatlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Biz umuminsoniy deganda nimani ko’z oldimizga keltiramiz. Bu tushuncha jamiyatning asosiy jihatlari, turli xil ijtimoiy sifatlari, xususiyatlari va boshqalarning umuminsoniy xarakterda ekanligini, boshqacha qilib aytadigan bo’lsak, butun Yer kurrasidagi insonlarga tegishli ekanligini anglatadi. Umuminsoniylik kishilik jamiyatidagi ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy, siyosiy va madaniy munosabatlarning umumiy tomonlarini ham o’zida aks ettiradi. Bu o’z navbatida umuminsoniy qadriyatlar tizimini tashkil qiladi. “Umuminsoniy qadriyatlar o’zining mazmuni, mohiyati, keng miqyosda amal qilishi, dunyodagi ko’plab xalqlar, millatlar, elatlarning o’tmishdagi, hozirgi davrdagi va istiqboldagi taraqqiyoti bilan uzviy aloqadorlikda ekanligi, o’zida jahon sivilizasiyasining yaxlit va bir butunligini ifodalaganligi bilan milliy qadriyatlardan farq qiladi. Umuminsoniy qadriyatlar nihoyatda keng ko’lamli va serqirra bo’lib, unga atrofmuhitni muhofaza qilish, ekalogik tarbiya va madaniyatni rivojlantirish, insoniyatning sihat-salomatligini saqlab qolish, xavfli kasalliklarni o’zaro hamkorlikda oldini olish, oziq-ovqatga, energiya va yoqilg’iga bo’lgan tanqislikni tugatish, madaniy boyliklarni, sivilizasiyani eson-omon saqlab qolish, urushlarning oldini olish, tinchlikni saqlab qolish va boshqa insoniyat taqdiriga dahldor bo’lgan qadriyatlar kiradi. Buning obyektiv asosini ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar, insoniyatning uzluksiz hayotini va turmush tarzini umumlashtiradigan jamiyat tashkil qiladi. Insoniyatning eng umumiy jamoasi bo’lgan jamiyatgina umuminsoniy qadriyatlarning yaratuvchisi bo’la oladi”. Demak umuminsoniy qadriyatlar, barcha xalqlarga taaluqli bo’lganligi bois ham, uning barcha sarchashmalaridan, hamsha birdek foydalanish huquqiga ega. Bizga ma’lumki, umumxalq, umuminsoniy qadriyatlar asrab-avaylash, hurmat qilish va barcha milliy qadriyatlar bilan doimo boyitilib to’ldirilib sayqallashtirilib boriladi. “Umuminsoniy qadriyatlar milliy qadriyatlardan mazmun jihatdan chuqur va keng bo’lib, uni o’z ichiga oladi. Umuminsoniy qadriyatlar barcha millatlar, elatlar, xalqlarning maqsad va intilishlarining yaxlitligi va umumiyligini ifodalaydi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, dunyodagi bironta xalq va millat o’zidan boshqa xalq va millatlardan, umumiy jahon sivilizasiyasidan ajralgan holdagi o’zining alohida tarixiga ega emas. Milltalar boshqa xalqlarning yutuqlaridan foydalanmay turib rivojlana olmaydilar. Barcha xalqlarning ijtimoiyiqtisodiy, madaniy-ma’rifiy rivojlanish tarixi bir-biri bilan chirmashib, taraqqiy etib kelgan. Umuminsoniy va milliy qadriyatlarning o’zaro bog’liqligi shu qadar qat’iyki, ular bir-biri bilan shunchalik mustahkam bog’lanib ketganki, ularning loaqal birontasini tushib qolishi butun zanjirning uzilishiga olib keladi”. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar zamirida o’sib ulg’ayib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama yetuk, barkamol shaxs qilib tarbiyalash doimo o’z natijalarini berganligi bois ham xalqimiz undan juda unimli foydalanganlar.Farzandlarining kamolati uchun bu buyuk, qudratli manbani doimo avaylab asrab kelganlar. Milliy qadriyatlarni umuminsoniy qadriyatlarga yo’naltirish hukumatlar, siyosiy partiyalar, harakatlar, ijtimoiy guruh va tashkilotlardan o’z manfaatlari va faoliyatlarini xalqaro munosabatlarga insonparvarlik ruhini singdirish yo’li bilan fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilishini taqozo etadi. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarning bir-biri bilan chambarchas bog’lanib ketganini iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy sohalarda sodir bo’layotgan jarayonlarda yaqqol ko’rshimiz mumkin. Misol uchun 1.05 dan 5.05 gacha O’zbekiston Respublikasi Toshkent shaxrida Osiyo taraqqiyot bankining navbatdagi yig’ilishi o’tkazildi. Undan ko’zlangan asosiy maqsad inson omilidir. Mustaqil O’zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy – axloqiy nigizlari xisoblangan umuminsoniy qadiriyatlariga sadoqatlilik, ma’naviy merosni mustaxkamlash va rivojlantirish o’z imkoniyatlarini erkin ro’yobga chiqarishi vatanparvarlik fikrlar pedagoglar ma’naviyatining asosini tashkil etadi. Chunki bolalar, talabalarning ijtimoiy axloqiy qiyofasi, ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligi bolalarning madaniyati, ma’naviyati va uning bilimiga bog’liq. Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, insonlarni o’ziga, oilasiga, do’st birodarlarga jamoa a’zolariga va tabiatga bo’lgan munosabatini tartibga soluvchi xulq, odob. qonun qoidalar majmuidir. Ana shu xulq odob qonun qoidalarni bolalarning ongi hayoti turmish tarziga singdirish uchun ko’rsatilayotgan tasir axloqiy tarbiya deyiladi. “Axloq tarbiyasi insonni axloqiy barkamollikka yetkazish va uning bajariyat jamiyatga foydali inson qilib tarbiyalashdan iboratdir... bolalar suvga o’xshaydilar. Suv qaysi rangdagi idishda bo’lsa o’sha rangda tovlangani kabi, bolalar ham qanday muxtda bo’lsalar o’sha muxdning shunday odat va axloqni qabul qiladilar. Axloqiy tarbiyaning eng buyuk sifati shunday iboratki bolalar ko’proq yaxshi va yomon axloqni o’z uylaridan ko’chadan o’rtoqlaridan maktabdagi bolalardan qabul qiladilar” – deb yozadi buyuk mutafakkirlarimizdan biri Abdurauf Fitrat. Nafosat tarbiyaning vositalari ta’limtarbiya jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Bular: tevarak – atirof; turmush; tabiat; san’at; xalq amaliy san’ati; badiiy asarlar; tasviriy san’at; musiqa; qalb go’zalligi; oila a’zolarining o’zaro munosabatlari; uyning jihozlari; jixozlarning uyg’unligi; saranjom-sarishtalik; maktabning sinfning bezatilishi; kiyinish madaniyati; yaxshi xulq, yurish san’ati; saronjom sayi-harakatlar: bizga ma’lumki, tabiat eng muhim yestetik tarbiya vositasi hisoblanadi. Tabiat bilan oshno bo’lishga o’rgatish, diqqatini tabiat go’zalligiga qaratish, tabiat go’zalligini his qilish; uni ko’rish, atrofni ko’klamzorlashtirish, gul, ko’chatlari ekish; tabiatni asrashga o’rgatish – ularda tabiatga nafis munosabatda bo’lishni tarbiyalaydi. Talabalarda nafosat tarbiyasini amalga oshirishda san’atga e’tibor berish kerak: musiqa; rasm; naqsh; o’ymakorlik; haykaltarosh; sahna madaniyati; ashulla; qo’shiq; notiqlik; Odatda insoniyat tarixining burilish nuqtalarida, jamyat va inson hayoti tubdan o’zgarayotgan pallada beixtiyor o’quvchi o’z tarixiga, qadimiy ma’naviy va madaniy yodgorliklarni o’rganishga yehtiyoj sezadi. Unga tayanadi, undan madad izlaydi. Zotan, inson mavjudot sifatida keskin yangilanishlar, tub o’zgarishlar jarayonida o’zligini anglashga, o’zligini tushunishga, inson sifatidagi nuqsonu fazilatlarini, yaxlit qiyofasini ko’z oldiga keltirishga majbur bo’ladi. Shundan kelib chiqqan holda, nafosat tarbiyasi bilan bog’liq bo’lgan say’i-harakatlar amalga oshiriladi. U ehtiyojlardan kelib chiqadi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling