1.2. Nafosat tarbiyasini singdirishning nazariy asoslari
Bolalarda nafosat tarbiyasini singdirishda sinf jamoasi maktab jamoasining ajralmas bir kichik bo’lagi sifatida ishtirok etadi. Bolalar jamoasi katta kuch. Sinf bolalarining xilma-xil faoliyati xuddu anashu jamoada to’planadi va tarbiya tizimi amalga oshiriladi.
Bolalar jamolarni tuzish sinflarda turli farqlar bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun ham barcha sinflar uchun bir xildagi yo’l-yo’riqlarni belgilab bo’lmaydi. Ayniqsa, bolalarlarda bolalar jamoasini tashkil etish va jipslashtirish katta qiyinchiliklar tug’diradi. Bu sinflarda ko’pincha bolalar tarkibi mutloq yangi bo’ladi. Shuning uchun bolalar jamoasini yangidan tuzishga to’g’ri keladi. Bu sinf rahbarlari dastlabki tanishuvdan keyin ularga jamoat ishlarini berishlari, bularni sekin-asta murakkablashtirib barcha bolalarni jamoa ish faoliyatiga jalb etishga xarakat qilishadi kerak.
Barcha sinflarda bolarga mustaqillik berish, sinfda jamoat ishni yuzaga keltirish haqida g’amxo’rlik qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Sog’lom fikrli bolalar xulq atvoriga baho berish mezoni bo’lib, sinf rahbarlari jamoatda ko’pchilik fikriga tayanib, bolalar orasida kelib chiqadigan kelishmovchiliklarni bartaraf etadi.
Bir qator pedagogik olimlar (S. Rajabov, A. Munavvarov, Qo’ziyevlar) jamoatni tarkib toptirish va jipslashtirish yo’llarini ko’rsatadi.
Aynan shu jamoa tarkibi faoliyati zamirida, nafosat tarbiyasini tarkib toptirish bir qator qulayliklarni yaratadi. Shuning uchun jamoa tizimiga alohida to’xtalib o’tishni maqsadga muvofiq deb bildik.
1.2.1 - chizma
Jamoatchilik topshirig’i. Jamoa bo’lib ishlash, amaliy faoliyatni sinf jamoasini jipslashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Sinfdagi barcha bolalarga jamoat topshirig’i berish kerak. Shu topshiriqlar orqali go’zallik, nafosat tarbiyasi takomillashtiriladi. Ta’lim intizom bo’sh bolalarni jamoat topshirig’isiz qoldirib. Jamoat topshirig’i bolalarni mehnatsevarlik, tejamkorlik intizomiga o’rgatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |