Mustaqil ish Guruh: 13V-22 tja bajardi: Saitmurodov Nodirbek Qabul qildi: Sayidova M. 2022-2023 Mavzu: O’zbekiston mustaqilligi huquqiy asoslarining yaratilishi
Download 0.52 Mb.
|
1 2
Bog'liqmustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Mustaqillik — davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir. U BMT Ustavi va xalqaro shartnomalar va deklaratsiyalart mustahkamlab qoʻyilgan.
Unga rioya qilish hozirgi zamon xalqaro huquqining asosiy vazifasidir. Davlatning suvereniteti uning boshqa davlatlar bilan munosabatlaridagi mustakilligini ham bildiradi. M. davlatning faqat siyosiy emas, balki iqtisodiy mustaqilligini ham anglatadi. Insoniyatning azaldan orzu-umidi boʻlib kelgan. Ana shu gʻoya asosida AQSH, Fransiya, Lotin Amerikasi mamlakatlarida inqiloblar yuz berdi. 20-asrning 90-yillariga kelib sotsialistik mamlakatlarda inson huquqlarini himoya qilish va ozodlikka intilishning yangi bosqichi boshlandi. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida qariyb yarim asr hukm surgan totalitar davlat tuzumi inqirozga yuz tutib, demokratik tartibotlar qaror topa boshladi. Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasi parchalanib, uning oʻrnida bir necha mu-staqil respublika, Chexoslavakiya Sotsialistik Respublikasi ikkiga boʻlinib, Chexiya va Slovakiya suveren davlatlari vujudga keldi. Germaniya Federativ Respublikasi va Germaniya Demokratik Respublikasi birlashib, nemislar yashaydigan hududda sotsialistik tuzum barham topdi. Ayni chogʻda, sobiq SSSR parchalanib uning oʻrnida mustaqil taraqqiyot yoʻlini tanlagan 15 mamlakat tashkil topdi. Boshqacha qilib aytganda, bu davrga kelib M.ka erishish masalasi dunyoni keng qamrab olgan jarayonga aylandi. Oʻzbekistonning M.ka erishishi ana shu olamshumul jarayon tarkibida yuz berdi. M. imkoniyatlarini oldindan payqagan, mamlakat ijtimoiysiyosiy jarayonlarining borishini toʻgʻri kuzatib, toʻgʻri baholay bilgan Oʻzbekiston ittifokdoshlari orasida birinchilardan boʻlib, oʻz mustaqilligini eʼlon qildi: 1991 yil 31 avg . kuni kabul kilingan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi toʻgʻrisidagi Bayonot Oʻzbekiston hukumatining siyosiy yoʻlini toʻla qonunlashtirib berdi. 1991 yilning avg .ida "Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida"gi qonun qabul qilindi va ana shu qonun doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining bundan keyin Oʻzbekiston SSRni Oʻzbekiston Respublikasi deb atash, 1-sentyabrni Mustakillik kuni deb eʼlon qilish, Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ittifoqning va uning tarkibiga kiradigan barcha mustaqil davlatlarning oliy qonun chiqaruvchi idoralariga, barcha xorijiy davlatlarga va jahon hamjamiyatiga murojaat qilib, ularni res-publikaning davlat mustaqilligi eʼlon qilingan hujjatni tan olishga daʼvat etish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu Oʻzbekiston mustaqilligining dastlabki huquqiy poydevori edi. "Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida"gi qonun 17 moddadan iborat boʻlib, u Oʻzbekiston Respublikasining asosiy belgilarini aniqlab berdi. Qonunga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi oʻz tarkibidagi Qoraqal-pogʻiston Respublikasi bilan birga mustaqil demokratik davlat deb eʼlon qilindi. Oʻzbek xalqi oʻz taqdirini oʻzi belgilash huquqiga ega boʻldi, xalq davlat hokimiyatining birdanbir sohibi, egasi, xoʻjayini boʻlib qoldi. Oʻzbekiston mustaqilligi respublikada adolatli, demokratik, insonparvar jamiyat qurish uchun yoʻl ochib berdi, oʻz milliy davlatchiligini barpo qilishga imkoniyat yaratdi. M. tufayli Oʻzbekiston xalqaro miqyosda oʻzini tanitish, ayni chogʻda xalq-aro huquq meʼyorlari asosida jahondagi barcha davlatlar bilan teng hamkorlik qilish imkoniyatini qoʻlga kiritdi. Jahon haritasida Oʻzbekiston yangi, yosh mustaqil davlat sifatida oʻz oʻrniga ega boʻldi. Iqtisodiyotda tub oʻzgarishlar qilish uchun imkoniyat yaratildi. Yaʼni jahon amaliyoti isbotlagan bozor iqtisodiyotiga oʻtish uchun sharoit barpo etildi. Mulkka munosabat tubdan oʻzgarib, jamiyatda yangi mulkdorlar sinfini shakllantirish uchun imkon ochildi. M. xalqning maʼnaviy uygʻonishi uchun toʻla imkoniyat yaratdi. Yurt tarixi, qadimiy madaniyat tiklana boshladi. Xalqining azaliy urf-odatlari, maʼnaviy qadriyatlari unga qaytarib berildi. Dinga munosabat mutlaqo ijobiy tomonga oʻzgardi. Shunday qilib, qoʻlga kiritilgan M. oʻzbek xalqi tarixida tamoman yangi davrni boshlab berdi, milliy dunyoqarashda yangicha tafakkur shakllana bordi. Xalq kelajakka ishonch bilan qaray boshladi. Oʻz yurtining toʻla xoʻjay-ini ekanligini, oʻz takdirini oʻzi belgilash imkoniyatini qoʻlga kiritganligini his qila boshladi. Mamlakatimizda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishning siyosiy va huquqiy kafolotlari Konstitutsiyamiz va qonunlarimizda o’z ifodasini topdi. Natijada jamiyatda koppartiyaviylik tizimini shakllantirish uchun imkoniyat yaratildi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Siyosiy partiyalar togrisidagi, Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to’g’risidagi qonunlar, saylovlarga oid qonunlar va boshqa bir qator huquqiy hujjatlar mamlakatimizda koppartiyaviylik tizimining shakllanishi va rivojlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratdi yil 26 dekabrdagi Siyosiy partiyalar togrisidagi O’zbekiston Respublikasi qonuni ham aynan Konstitutsiyaga muvofiq qabul qilindi. Yurtimizda inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Fuqarolarning huquqlari va erkinliklari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan mustahkamlab qoʻyilgan. Konstitutsiyada insonning huquq va erkinliklari yashash huquqidan boshlanadi. Hayot oliy qadriyat hisoblanib, insonning hayotiga daxl qilishga hech kimning haqqi yoʻq. Shaxsning fikr va soʻz erkinligi Konstitutsiyaviy huquqning eng muhimlaridan biridir. Har bir shaxs har qanday voqea hodisaga nisbatan oʻz shaxsiy fikriga ega boʻlib, u oʻz fikrini oshkora aytish huquqiga egadir. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi fuqarolarning huquq va erkinliklarining himoyachisidir. Ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar ham Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hisoblanadi. Ular Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini buzib, ozodlikdan mahrum qilish jazo muddatini oʻtayotganliklari sababli ularning huquq va erkinliklari muayyan darajada cheklanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 8-moddasida: “Jinoyat sodir etishda aybdor boʻlgan shaxsga nisbatan qoʻllaniladigan jazo yoki boshqa huquqiy taʼsir chorasi odilona boʻlishi, yaʼni jinoyatning ogʻir-yengilligiga, aybning va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq boʻlishi kerak” deb belgilab qoʻyilgan. Jazoni ijro etishda mahkumlarga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladigan huquq va erkinliklar kafolatlanadi. Ularning huquq va erkinliklari jinoyat ijroiya qonunchiligida belgilanganidan ortiqcha darajada cheklanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Mahkum shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlib qolaveradi va Konstitutsiya himoyasida boʻladi. Davlat uning hayoti, sogʻligʻi va jismoniy daxlsizligi uchun javobgardir. Ozodlikdan mahrum qilish yuridik tomondan huquqlarni cheklash majmuini oʻz ichiga oladi, mahkum shaxslar baʼzi huquq va erkinliklardan mahrum boʻladilar, boshqalari qisman cheklanadi, uchinchi toifasidagi huquq va erkinliklari oʻzgarishga yuz tutadi. Agar mahkum shaxsning asosiy konstitutsiyaviy huquq va erkinliklaridan mahrum qilinishi haqida gapirilsa, “ozodlikdan mahrum qilish” soʻzi avvalambor, mahkumning Oʻzbekiston Respublikasi hududida erkin holda yura olmasligi va yashash joyini erkin tanlay olmasligi, yaʼni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28-moddasida belgilab qoʻyilgan huquq va erkiniliklaridan mahrum boʻlishi tushuniladi. Shunday qilib, ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilinganlarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari sezilarli darajada cheklanadi, oʻzgaradi yoki umuman ularda bu huquq va erkinliklar boʻlmaydi. Lekin mahkumlarda konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarning koʻpi saqlanib qoladi. Masalan, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida: “Oʻzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qoʻyiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos boʻlishi shart” deb belgilab qoʻyilgan. Bu huquqlar mahkumlarning huquqiy holatida saqlanib qoladi. Konstitutsiyaning 26-moddasida: “Hech kim qiynoqqa solinishi, zoʻravonlikka, shafqatsizlik yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas” deb belgilab qoʻyilgan boʻlib, mahkum shaxslarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan. Mahkum shaxslarning huquqiy holati Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 2-bobida oʻz aksini topgan. “Mahkumlarning huquqlari va majburiyatlari muayyan jazo turini ijro etish tartibi va shartlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi”. Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, mahkumlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari sifatida Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan umum fuqarolik huquqlari va majburiyatlariga egadirlar. Mahkumlarning huquqiy holati Jinoyat-ijroiya qonun normalarida belgilab qoʻyilishi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarida oʻz ifodasini topgan huquqning umumeʼtirof etilgan norma va tamoyillariga mos keladi. Ezgulikka xizmat qiluvchi har bir faoliyat zaminida avvalo shunga munosib mazmundagi huquq tushunchasi, shu tushuncha orqali amal qiladigan imkon va kafolatlar mavjud. Davlatimiz rahbarining chuqur va keng mazmundagi «mustaqillik huquq demakdir» degan teran iborasida barcha sohalarni qamragan islohotlar rivoji uchun huquq va erkinliklar, imtiyoz va kafolatlar berilishi, inson manfaatlarining to’la himoyalanishi ifodalangan. Prezidentimiz Islom Karimov xalqimizdan milliy g’urur tuygusini bosqichma-bosqich shakllantirish va uni mustahkamlash yo’lidan bordi yildan boshlab azaliy milliy madaniy qadriyatimiz bolgan Navro’zni milliy bayram sifatida nishonlash qarorini qabul qildi. Ayni shu yildan boshlab Yurtboshimiz tashabbusi va qatiyati bilan ateizm, yani xudosizlik tashviqoti yurgizilayotgan shorolar davlatida ikki muqaddas diniy bayramimiz – Qurbon va Ramazon hayitlarini umumxalq bayramlari sifatida nishonlash boshlangani tom ma’noda manaviy jasorat edi. Konstitutsiyamiz qoidalariga muvofiq qabul qilingan bir qator kodekslar hamda «Fuqarolarning murojaatlari togrisida»gi, «Bola huquqlarining kafolatlari togrisida»gi, «O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari togrisida»gi, «Tadbirkorlik faoliyati erkinliginiing kafolatlari to’grisida»gi, «Odam savdosiga qarshi kurashish to’grisida»gi va boshqa shu kabi ko’plab qonunlarning izchil ijrosini taminlash, doimiy nazorat qilishga eng muhim jihat deb qaralmoqda. Jumladan, bu borada Adliya vazirligi zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib tahliliy mulohaza yuritsak, inson huquqlari sohasiga oid erishilgan ijobiy natijalarning yorqin ifodasini koramiz. Mustaqillik – bu huquq degani o’zlikni anglash, har bir fuqaroning o’z millatiga mansub bolgan barcha boyliklarga egalik huquqini fidokorona himoya eta olish salohiyatini namoyon etadi. Istiqlol tufayli o’zbek xalqi Prezident Islom Karimov rahnamoligida aynan ana shu oqilona yo’ldan bordi va bugungi kunda farovon hayot yaratdi, nurafshon istiqbolni bunyod etmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O`zbekistonning mustaqillik deklaratsiyasi 2. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –T.: O’zbekiston Karimov I.A. 3. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-jild. –T.: O’zbekiston, Karimov I.A. 4.Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-jild. –T.: O’zbekiston, Karimov I.A. 5.Bunyodkorlik yolidan. 4-jild. –T.: Ozbekiston, Karimov I.A. 6.Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. 7-jild. –T.: O’zbekiston, Karimov I.A. 7.Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. 8-jild. –T.: O’zbekiston, 2000. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling