Mustaqil ish guruh: 19a


Download 43.75 Kb.
bet5/6
Sana20.12.2022
Hajmi43.75 Kb.
#1034139
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
el. mash (2)

Ikkinchi - mahsulot (buyum) turi. Korxona ishlab chiqarish strukturasini bunday turi bo‘yicha sexlarni tashkil qilish asosida mahsulot belgisi etadi. Bu holatda sexlar cheklangan turdagi buyumlar, detallar va detal qismlarini tayyorlashga ixtisoslashgan bo‘lib, unda texnologik jarayon va operatsiyalarni bajarishda turli xildagi dastgohlardan foydalaniladi.

Korxonani ishlab chiqarish strukturasining bu turi ancha taraqqiy etgan bo‘lib, bunday ixtisoslashuv seriyali ishlab chiqarishni, ommaviy ishlab chiqarishda potok liniyalarini tashkil qilish imkonini beradi.



Ishlab chiqarish miqyosini kengayib borishiga qarab dastgohlarning gabarit o‘lchamlari yoki mahsulot tayyorlash uchun ishlatilayotgan metall yoki boshqa turdagi xom ashyolarni hisobga olgan holda, sexlarni texnologik ixtisoslashtirish amalga oshiriladi. Mashinasozlik sanoatida korxonani ishlab chiqarish strukturasini aralash turi keng qo‘llaniladi. Bunday korxonalarda sexlarni tashkil qilish asosida mahsulot-texnologiya prinsipi yotadi.



Iqtisodiyotni o’rganishda va uni hayotga tatbiq etishda biz avvalambor uning eng muhim bo’lgan qirralarini anglashga kirishamiz. Bozor munosabatlari, garchi sharqona mazmunga ega bo’lsada, uning hozirgi mohiyati butinlay boshqacha. To’g’ri, bozorlar (bizning an’anaviy tushunchamizga ko’ra) dastavval sharqda vujudga kelgan. Keyinchalik u O’rta Osiyo va Yaqin sharq, so’ngra O’rta dengiz, u orqali Pireney yarim oroliga-Ispaniya va Portugaliyaga o’tgan. Buyuk geografik kashfiyotlardan keyin “bozor” so’zi Atlantika okeanidan o’tib, Janubiy va Markaziy Amerikaga borib yetdi. Ana shunday evolyutsiya va geografiyaga ega bo’lgan bozor o’zimizga yangi ma’no kasb etgan holda “qaytib keldi”. Qadim-qadimda ham xalqlarimiz bozorni pul, pul muomalasi bilan uyg’unlashtirishgan. Darhaqiqat, hozirgi kunda bozor, bozor munosabatlari bu pul demakdir. Ammo bugungi sharoitda pul doimo harakatda, muomalada bo’lishi, qo’shimcha qiymat yaratishi, aylanishi kerak(“pul pulni topadi”, deyishadi). Demak, pul harakatda bo’lishi shart. Bundan bozor munosabatlarining yana bir xususiyati kelib chiqadi, ya’ni vaqt. Bozor sharoitida vaqtning iqtisodiy qiymati nihoyatda oshadi, davr zichlashadi, intensivlashadi, chunki “vaqting ketdi, naqding ketdi”, deb bejiz aytishmagan.
Biz yuqorida bozor munosabatlariga xos xususiyatlardan pul, vaqt, talab va taklif to’g’risida aytib o’tdik. Lekin bularning barchasi ham bozor iqtisodiyotining tub mohiyatini to’laligicha ifodalaydi. Sabab-bu yerda raqobat, raqobat muhiti yetishmayapti. Mahsulot arzon, sifatli, ko’rimli, xaridorgir bo’lishi uchun ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobat zarur. Biroq, bu raqobat erkin, sog’lom, madaniy bo’lishi talab etiladi.

Download 43.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling