Mustaqil ish guruh: 19a


Download 142.41 Kb.
bet1/5
Sana06.04.2023
Hajmi142.41 Kb.
#1329502
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Burg\'ilash-1


Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalari Universiteti
Konchilik fakulteti
Geologik va texnologik skvajinalarni
burg’ilash
fanidan
MUSTAQIL ISH
Guruh: 19a-20 TMJ
Bajardi: Eshmamatov Sh
Qabul qildi: Djurayev R
NAVOIY-2022

Mavzu:Tog’ jinslari parchalanishi mexanikasining asosiy tushunchalari.

REJA:
1. Jinslarning maydalanish mexanikasining asosiy tushunchalari.
2. Tog’ jinslari parchalanishi mexanikasining asosiy tushunchalari.
3. Tog’ jinslarini burg’ulashda parchalanish turlari.

Jinslarning maydalanish mexanikasining asosiy tushunchalari.


 Tog’ jinslari mexanikasi asoslari fan sifatida XIX asrning ikkinchi yarmidan mavjud, u vaqtda tog’ jinslarining tig’izligini aniqlash va kon lahimlari atrofida ularni qayta taqsimlash bo’yicha (Trompeter), kon lahimlaridagi kreplar (mustahkamlash inshootlari)ni hisoblash bo’yicha (Rjixa, Vagner, Geyman va b.), kon bosimini aniqlash va krepni hisoblashda uning kattaligidan foydalanish bo’yicha (M.M. Protod’yakonov) ilk ilmiy ishlar paydo bo’lgan.
Tog’ jinslari xususiyatlari bo’yicha to’plangan amaliy materiallar bilan bir qatorda tog’ jinslari mexanikasi asoslari ham rivojlanib borgan. Ular qattiq jism fizikasi va tutash muhitlar mexanikasi asoslariga tayangan. Fan rivojlanishiga katta olimlar G.N.Kuznetsov, N.A.Stovich, P.A.Rebindyer, K.V.Ruppeneyt va boshqalar katta hissa qo’shishgan.
Xozirgi vaqtda tog’ jinslari mexanikasi yuqori darajaga yetgan. U o’z ichiga tog’ jinslari xususiyatlarini, ularning turli omillar ta’sirida o’zgarishini o’rganish bo’yicha, tog’ jinslari deformatsiyasini va ularning parchalanish xususiyatlarini o’rganish bo’yicha bo’limlarni, kon lahimlari, shu jumladan quduqlar atrofidagi va devorlaridagi tog’ jinslarining turg’unligi bo’yicha bo’limlarni oladi.
Tog’ jinslari parchalanishi mexanikasining muammolarini M.M.Protod’yakonov, N.S.Uspenskiy, V.S.Fedorov, E.F.Eynshteyn, L.A.Shreyner ishlab chiqqan. Professor L.A.Shreynyer hozirgi kunda shogirdlarini birlashtirib, muammolarni chuqurlashtirib tadqiqot qilishni davom ettirayotgan maktabga asos solgan. Tog’ jinslari mexanikasi rivojlanishiga N.N.Pavlova, M.R. Mavlyutov, A.I.Spivak, B.V.Baydyo’q, V.V.Simonov, I.A.Ostroushko, N.I.Lyubimov, V.S.Vladislavlev, B.I.Vozdvijenskiy, R.M.Eygeles, L.I.Baronva boshqalarning asarlari yordam byergan.
Konchilik va burg’ilash ishining tarraqiyoti ma’lum darajada tog’ jinslarining fizikaviy xossalarini muntazam tadqiqot qilishga bog’liq. Ularni o’rganish ishlab chiqarish mexanizmlaridan optimal foydalanish rejimlarini o’rnatish uchun, kesuvchi va yeyiluvchan materiallarni, shuningdek kon-burg’ulash ishlarida qo’llanadigan burg’ulash dastgohlari va mashinalarining turlarini tanlash uchun zarur.



Download 142.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling