Mustaqil ish Guruh; 313. Hasanova Mashhura. Mavzu: Bolalarda nutq rivojlanishi va oliy asab faoliyati tiplarini o’ziga xos xususiyati. Reja


Bolalar rivojlanishini asosiy bosqichlarini tavsifi


Download 47.17 Kb.
bet2/7
Sana17.06.2023
Hajmi47.17 Kb.
#1535982
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqil ish 8

5.6.2. Bolalar rivojlanishini asosiy bosqichlarini tavsifi.
Yangi tug’ilganlik davri. Bu davr yangi tug’ilgan bolaning birinchi yig’isi bilan boshlanib, 10 kunlikgacha davom etadi. Birinchi yig’i yangi tug’ilgan bolaning birinchi to’la qiymatli nafas olishini bayram qilish bilan birga ko’pchilik mualliflarning ta’kidlashicha, kommunikativ ahamiyatga ega: u faqatgina onaning diqqatini tortibgina qolmsdan, balki u bilan kontakt (bog’liqlik) o’rnatadi (Tankova-Yampolskaya).
Bu davrda yangi tug’ilgan bolaning yangi sharoitga moslanishi boshlanadi. Bu esa rivojlanishning muhim kritik davrlaridan biri hisoblanadi.
Yangi tug’ilgan bola ona organizmidagi nisbatan doimiy harorat sharoitdan (370S) harorati pasaygan sharoitga tushib qoladi va shu sababli ham unda issiqlik hosil bo’lishining yuqori darajasi qayd qilinadi: 1 kg tirik vaznga 176,4 Dj hosil bo’ladi, (voyaga yetgan odamlarda esa 100,8 Dj/kg).
Yangi tug’ilgan bolaning terisi tvorogsimon moy bilan –moy bezlarini sekreti bilan qoplangan bo’ladi. Moydan tozalangandan keyin teri qizaradi va so’ngra esa po’st tashlaydi. Bola hayotining birinchi kunlarida terisining rangi sariqroq rangga kirishi kuzatiladi. Bu hodisa hayotining 7-10 kuniga borib yo’qoladi.
Ko’pchilik bolalar hayotining birinchi kunlarida dastlabki massasining 5-8 % ni yo’qotadilar (150-300 gr.gacha), so’ngra tana massasi asta-sekin orta boradi va birinchi, asosan ikkinchi haftaning oxirida dastlabki darajaga yetadi. Yangi tug’ilgan bola siydigi tarkibida moddalar almashinuvining oksidlanmagan mahsulotlari uchraydi, katta miqdorda siydik kislotasi hosil bo’ladi. Siydik kislotasining tuzlari siydikni jadal sariq rangga bo’yaydi; bunday siydik tindirilganida qizg’ichroq rangdagi cho’kma hosil qiladi.
Bolalar odatda bir necha tug’ma shartsiz reflekslar bilan tug’iladi. Ta’sirotchining ta’siriga amalda butun organizm bilan javob reaksiyasi qaytaradi, bu jarayonning yuzaga kelishi markaziy asab tizimida qo’zgalishni keng irradiasiyasiga bog’liqdir. Bolaning rivojlanishini dastlabki bosqichlarida, ya’ni hali bosh miya po’stlog’ining morfologik rivojlanishi yetarlicha yetilishga ega bo’lmagan paytda, miyaning po’stloqosti tuzilmalari tomonidan boshqariluvchi reaksiyalarning generallashuvi kuzatiladi.
Yangi tug’ilgan bolalarda lab, teri, og’izoldi oblastni, bo’yin, tilni shilliq pardasini retseptorlarini qo’zg’atilishiga emish-so’rish refleksi javob sifatida namoyon bo’ladi. Himoya reflekslaridan ko’zni yumish refleksi yaxshi rivojlangan bo’lib, uning refleksogen zonasi bolaning birinchi hayoti kunlarida juda keng bo’lib qovoqlarni, kipriklarni, qosh, burunning yonbosh yuzalaridagi retseptorli hosilalarini qamrab oladi. Yoshga bog’liq holda bu reflekslarning refleksogen zonalari toraya boradi.
Chaqaloqlarda kaftlarga tekkanda ushlab qolish refleksi va oyoqning ushlash refleksi oyoq kaftini oldingi qismini qo’zg’atgan paytda kuchli namoyon bo’ladi.
Yangi tug’ilgan bolaning terisi orqali og’riqli va haroratli ta’sirlarga reflekslar (umumiy va mahalliy xarakterga ega bo’lgan harakat reaksiyalari) va tananing holatini o’zgarishiga boshning qo’yilish labirint reflekslarini chaqirish mumkin. Yangi tug’ilgan bolalar shirin, achchiq nordon va shur ta’mlarga juda sezgir bo’ladi va ularga emish-surish harakatlari, bilan, ikkinchisiga yuzini burishtirib, uchinchisiga og’izlarini qiyshaytirib va nihoyat til va lablarini chuchaytirib reaksiya qiladi.
Tovushli qo’zg’atuvchilarga yangi tug’ilgan bolalar seskanish, umumiy xarakat, nafas va yurak qisqarishlar chastotasining o’zgarishi bilan bezovtalanish tipidagi umumiy reaksiyalar bilan javob qaytaradi. Bu primitiv holdagi chamalash refleksidir. Ko’pchilik hollarda bu chamalash refleksi bolalarning dastlabki soatlarida tovushli qo’zg’atuvchilarga emish harakatlarini to’xtatilishi shaklida javob beradi.
Yangi tug’ilgan bolalar ko’rish ta’sirotchilarga generallashgan reaksiya bilan javob qaytarishi, ya’ni yorituvchi predmet orqasidan ko’z bilan navbatma-navbat kuzatib boradi.
Yangi tug’ilgan bolalarning chamalash reaksiyalariga jiddiy to’xtalib o’tish zarur. Bolalar hayotining dastlabki kunlaridan turli analizatorlarning qo’zg’atilishi natijasida chaqiriladigan reflekslar deb ham yuritiladi. Ular shartli reflekslar tipidagi moslanish reaksiyalarining yo’q paytlaridagi qo’zg’atishlarni elementar tahlilini ta’minlovchi organizmning biologik jihatdan muhim moslanish faoliyati hisoblanadi.
Dastlab chamalash reaksiyalari umumiy seskanish va bolaning mavjud bo’lgan harakat faolligining vaqtincha to’xtalishi shaklida va diffuzli harakat reaksiyalari bilan nafas olishni biroz to’xtashi bilan namoyon bo’ladi.
Qator mualliflarlarning ma’lumotlariga ko’ra tug’ilgandan keyin 1-hafta oxirida va 2-hafta boshida tovush va yorug’likga reaksiyalar aniq chamalash-izlash xarakterida bo’ladi.
Tug’ilganidan 10-12 kun o’tgach atrof-muhit ta’siri ostida organizmni rivojlanishi, chaqaloqning shartli reflekslarini xarakterini o’zgartiradi. Qator shartsiz reflekslarning refleksogen zonalari torayadi, ulardan ko’pchiligi so’nadi yoki o’z faoliyatini o’zgartiradi. Tug’ma reflektor reaksiyalarning bunday qayta qurilishida shakllanayotgan shartli reflektor bog’lanishlar asosiy rolni o’ynaydi.
Bolalar hayotining birinchi kunlarida nafas olish va ovqat hazmi jarayonlari bilan bog’liq bo’lgan interoretseptiv impulslar shartli reflektor ahamiyatga ega bo’ladi. Bolalar hayotining birinchi kunlaridanoq uni oziqlantirish vaqtiga nisbatan natural shartli reflekslarni hosil bo’lishini qayd qilish mumkin, bu holat bolaning uyqudan uyg’onish va yuqori harakat faolligi bilan namoyon bo’ladi. Ma’lumki, bunday reflekslar faqatgina oziqlantirish tartibiga qat’iy rioya qilingan paytda namoyon bo’ladi. Oziqlantirish tartibiga qat’iy rioya qilinganida, chaqaloqlarning 6-7 kunligida, oziqlantirishga 30 daqiqa qolganida shartli reflektor holda leykositlar miqdorini ortishi kuzatiladi, ularda ovqatlanishdan oldin gazlar almashinuvi ortadi. Ikkinchi haftaning oxiriga kelib bolalarda oziqlantirish uchun yotqizish holatiga nisbatan emish-surish harakatlari shaklidagi shartli reflekslar paydo bo’ladi. Bu yerda doimiy ravishda oziqa bilan mustahkamlanuvchi teri, harakat va vestibulyar apparatlarning retseptorlariga ta’sir ko’rsatuvchi kompleks qo’zg’atuvchilar signal bo’lib hisoblanadi. Bola hayotining ushbu bosqichida shartli qo’zg’atuvchilar sifatida faqat interoretseptiv va prorioretseptiv qo’zg’atishlar ta’sir ko’rsatadi.
Shartli oziqaviy harakat reflekslarini hosil qilish uchun yangi tug’ilgan bolaning ona ko’kragi bilan oziqlantirilishining boshlanishi muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Agar chaqaloqni ona ko’kragi bilan tug’ilganidan keyin 20-30 daqiqadan keyinoq oziqlantirish boshlangan bo’lsa, teriga tegishiga va oziqlantirish paytida bosh, tana, qo’l, oyoqlar holatining o’zgarishiga shartli oziqa reflekslari, birinchi 2 yoki 3 kecha-kunduzda oziqlantirishdan keyin hosil bo’ladi va hayotining ikkinchi kunidayoq aniq ko’rinadi.
Agarda chaqaloqni ona ko’kragiga tug’ilganidan keyin 12-soatdan keyin taqagan bo’lishsa, xuddi yuqoridagidek qo’zg’alishlarga birinchi shartli reflekslar 6-8 kunlari hosil bo’ladi. Tug’ilganidan keyin bolalarni 18-20 soatdan keyin ko’krak bilan dastlab oziqlantirilgan bo’lsa bunday shartli reflekslar faqat 10-12 kundan keyin hosil bo’ldi (I.A.Arshavskiy).



Download 47.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling