Mustaqil ish Guruh; 313. Hasanova Mashhura. Mavzu: Bolalarda nutq rivojlanishi va oliy asab faoliyati tiplarini o’ziga xos xususiyati. Reja


Go’daklik-emadigan yosh (10 kundan 1 yilgacha)


Download 47.17 Kb.
bet3/7
Sana17.06.2023
Hajmi47.17 Kb.
#1535982
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqil ish 8

Go’daklik-emadigan yosh (10 kundan 1 yilgacha).Bu yoshda moddalar almashinuvi jarayonlari juda jadal kechadi va ularning bo’yini va vaznining ortishi kuzatiladi. Ovqat hazmi organlari funksiyalarini tiklanishi jadal darajada boradi, lekin bu jarayonni tugallanishdan ancha orqada qolayotganligi sababli, emadigan bolalarda tez-tez me’da-ichaklar tizimining buzilishi kuzatilib turadi.
Ona organizmidan olingan immunitet tufayli bolalar 3 oylik yoshgacha yuqumli kasalliklar bilan kasallanmaydi. Bu davrda bolalar (2,5-3 oylikgacha) boshini vertikal holatda ushlash qobiliyatiga erishadi. Aynan ana shu davrda bolalarning nafas harakatlarining (ritmining) tabiiy holdagi kamayish belgilari qayd qilinadi.
2,5-3,0 oylikdan 5-6 oylikgacha bo’lgan davrda o’tira boshlaydi, ona suti bilan qo’shimcha oziqalarni iste’mol qila boshlaydilar. 6-7 oylarda bolaning dastlabki sut tishlari chiqa boshlaydi.
5-6 oylikdan 11-12 oylikgacha tik turishni o’rgana boshlaydi va sekin-asta aralash ovqatlarni iste’mol qilishga o’ta boshlaydilar.
Dastlabki 3-4- haftalar davomidagi hayotning katta qismida bolalar uxlaydi, qisqa muddatli bedorlik tufayli shartli reflekslar hosil qilish ancha chegaralangan va katta miqdorda shartsiz reflekslar bilan birgalikda takrorlash zarur bo’ladi. Hayotning 1-oyida hosil qilingan shartli reflekslar chidamsiz bo’ladi. Oziqaviy qo’zg’atuvchilar bilan hosil qilingan shartli reflekslar himoya va eksteroretseptorlarni qo’zg’atishdan hosil qilingan shartli reflekslarga nisbatan ancha chidamli bo’ladi.
Bola onasini ko’rgan paytda «kompleks harakatlar» bilan o’z quvonchini namoyon qilsa, qoshiq bilan dorini ko’rganida esa qichqirib yig’laydi va teskari o’girilib oladi.
Analizatorlar tizimining morfologik yetilish darajasiga qarab yangi-yangi shartli reflekslar hosil bo’ladi. Go’daklik davrida bolaning barcha analizatorli tizimlari jiddiy darajadagi yetilishga ega bo’ladi va shartli reflektor bog’lanishlar hosil qilishga qo’shiladi.
Bolalar hayotining birinchi yarim yilidagi oliy asab faoliyatining ajralib turuvchi xususiyatlaridan biri bo’lib bir vaqtning o’zidagi qo’zg’alish komplekslariga (oziqlantirish paytidagi tananing holatiga hosil bo’ladigan refleks misol bo’lib hisoblanadi) shartli reflekslar hosil qilaolish xususiyatidir. Bu davrdagi javob reaksiyalari yakka reflektor-aktlar bo’lib hisoblanadi (misol, ko’zni ochib-yumish). Bu davrda bir necha reflektor aktlardan zanjirlar shakllana olmaydilar.
Bolalarning asab hujayralarining funksional imkoniyatlari past bo’lganligi sababli, ular ancha oson chegaradan chiqqan tormozlanish va uyqu holatiga tushadilar. Bolalar hayotining birinchi kunlaridanoq shartsiz tormozlanishlar namoyon bo’la boshlaydilar. Agar ularning biron joyida og’riqli nuqta bo’lsa, bolalar emchakni og’ziga olmaydi. Bolalarning bu hayoti davrida shartli tormozlanishlar hosil bo’la boshlaydilar, lekin qo’zg’atuvchi jarayon kuchining zaifligiga ko’ra ya’ni chamalash refleksini aniqligiga qarab bu jarayon juda og’ir, katta shaxsiy farqlar bilan hosil bo’ladi.
Hayotning 3-4 oylarida sun’iy eshitish va ko’rish shartli qo’zg’atuvchilarning aniq tabaqalanishi kuzatiladi. Yana biroz keyinroq (5-oylikga yaqin) kechikuvchi tormozlanishlar hosil bo’la boshlaydi.
Bolalar hayotining birinchi yilini, ikkinchi yarmida ularning bedorlik vaqti 10 soatgacha yetadi. Bu esa bolalarda ko’plab yangi musbat va manfiy shartli reflekslarni hosil bo’lishiga olib keladi va kechikuvchi tormozlanish rivojlanadi. Bu davrda chamalash reaksiyalarini chaqiruvchi boshqa qo’zg’atuvchilar ta’siri natijasidagi bolalarning kerak bo’lmagan reaksiyalarini tormozlovchi, to’xtatuvchi tashqi tormozlanish muhim rol o’ynaydi.
Bolalar hayotining birinchi yili davomida uning normal rivojlanishi uchun uyqu, bedorlik, oziqlanish va toza havoda aylanishlarning qat’iy tartibiga rioya qilish muhim hayotiy rol o’ynaydi, ya’ni shartli reflekslar tipini hosil qilish, ularning o’zgarishi, tartibini buzilishi, bolalarni og’riqli reaksiyalarga olib boradi.
Bolalar nisbatan erta (1,5 oydan boshlab) atrofda o’tirganlarni so’zlariga reaksiya qila boshlaydilar. Bu paytda birgina aytilgan so’zlar tovushiga emas balki odamga, uning mimikasiga reaksiyalar yuzaga keladi. Agar shu paytda bolaga gapirayotgan odamlarni aritukulyasion mimikasi ko’rinmasa unga gapirilgan gaplarga hyech qanday reaksiya qilmaydi.
Aytilgan so’zlarni tushunish quyidagi tartibda bajariladi: dastlab bolani o’rab turuvchi narsalarni nomlari qabul qilinadi, o’yinchoqlarni nomi, voyaga yetgan odamlarni ismi, keyin predmetlarning ko’rinishi, so’ngra tana va yuzning qismlarini nomlari tushuniladi.
1,5 oylikdan boshlab harakat tovushlarining rivojlanishi boshlanadi. Bolalar sekin-asta gapirishdan, tili chiqishdan oldingi tovushli reaksiyalar deb ataluvchi ancha murakkab tovushlar chiqaradi. Ular orasidan keyinchalik alohida-alohida so’zlarni elementlari bo’lib qoluvchi ko’plab tovushlarni farqlash mumkin.
Normal rivojlanuvchi bolalarda til chiqish oldidan quyidagi navbatlashuvning rivojlanishi aniqlanadi.
Bolalarning yoshi Tovushli reaksiyalar.
1,5 yoshlik shovqinli a-aa, g-uu, bu-u va boshq.
2-3 oylik ancha turli tuman shovqinli
4 oylik cholg’i asbobi chalgandek: al-le-ye, agi va boshq.
7-8,5 oylik turli so’zlarni bulaklab aytish (ba-ba,da-da,a-na)
8,5-9 oylik bo’laklarni qo’shib aytish-turli intonatsiyalar bilan so’zlarni takrorlash.
Shovqin-suronli g’uvlash – bu tovush va nafas apparatlarini sekin-asta so’zlar tovushini bajarish uchun tayyorlovchi mashqlardir.
Tovush apparatlarining retseptorlarini qo’zg’atish g’uvlash va turli so’zlarni bo’laklab aytish payti, ko’p martalab eshitish zonasining qo’zg’atilishi bilan birgalikda kechadi.
Bolaning erta tilini chiqish reaksiyasi voyaga yetgan odamlar bilan aloqasini urnatilishi emotsional bog’lanishlarni qo’llab quvvatlanishini ta’min etadi.
Tilni chiqishi oldidan tovushli reaksiyalarning o’z vaqtida va faol rivojlanishi atrofdagi odamlar bilan muamola qilish uchun yetarlicha muhim; agar bola bunday muloqotdan mahrum etiladigan sharoitda bo’lsa, uning tovush reaksiyalari so’nadi va gapirish funksiyasining rivojlanishi kechikadi.
Qulay sharoitlarda bolalar bir yoshlik paytida 6-10 tagacha oddiy so’zlarni (o-na, o-ta, ay-ya, bo-bo, mo-mo va hokazo) ayta oladigan bo’ladi.
Aytiladigan so’zlarni rivojlanishi uchun harakat analizatorlarining ishtiroki favqulodda muhimdir. Bolaning umumiy harakatchanligini chegaralash gapirish funksiyasini rivojlanishiga va bolaning barcha ruhiy rivojlanishiga (manfiy) salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Nutqning rivojlanishida eshitishning ishtiroki juda zarur. Bolani tili chiqquniga qadar eshitish organlari buzilgan bo’lsa uni go’ng bo’lib qolishga olib keladi.
1-yoshning oxiriga kelib bolalar uchun ekstroretseptiv qo’zg’alishlar kompleksi ahamiyatliroq bo’lib qoladi, shu jumladan so’zlar ham. Shuni qayd qilish kerakki, 1 yoshdagi bolalar uchun ayrim predmetlarga emas balki qo’zg’atuvchilar kompleksiga, ya’ni butun bir holatga reaksiya qilish xarakterli xususiyat bo’lib qoladi. Lekin, bu davrda bolalarning so’zlarga reaksiyasi o’z-o’zidan ahamiyatli bo’lmasdan balki kompleks qo’zg’alishlar bilan aniqlanadi va faqat keyinchalik so’z o’z-o’zidan bo’ladigan signal ahamiyatini oladi. (Kolsova). Bolalar hayotining 1-yili davomida dastlab ayrim tovushlarni aytish, so’ngra o’z bo’laklarini va nihoyat so’zni o’zini aytishi uchun faol mashqlar bajariladi.
Bolalar tomonidan ayrim nutqli tovushlar yoki ularning kombinatsiyalari atrofdagilar tomonidan aytiladigan so’zlar singari bevosita ta’sir ko’rsatuvchi qo’zg’atuvchi signallar kabi ta’sir ko’rsatganidan boshlab gapirish boshlanadi. Bunday holat bolalarning 1- yoshning oxirida va 2-yoshning boshida yuz beradi, shu paytdan boshlab nutq signallar signali bo’lib qoladi.


Download 47.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling