Mustaqil ish Guruh; 313. Hasanova Mashhura. Mavzu: Bolalarda nutq rivojlanishi va oliy asab faoliyati tiplarini o’ziga xos xususiyati. Reja


Kichik maktab yoshi. (ikkinchi bolalik davri)


Download 47.17 Kb.
bet6/7
Sana17.06.2023
Hajmi47.17 Kb.
#1535982
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqil ish 8

Kichik maktab yoshi. (ikkinchi bolalik davri). Bu yosh, 7 yoshdan 11 yoshgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Kichik maktab yoshida rivojlanish nisbatan tekis kechadi. Bir yilda tana uzunligi o’rtacha 4-5 sm.ga, og’irlik –2-3 kg.ga, ko’krak qafasi aylanasi esa 1,5-2 sm.ga ortadi. Qo’l muskullarining kuchi ortadi, oyoqlar muskullarining ham kuchi ortadi.
Bu yosh uchun eng xarakterli belgi gavdaning yo’g’on muskullarining rivojlanishi hisoblanadi, bolalar katta –katta qadamlar bilan haraktalanishga qodir bo’ladi va mayda va aniq harakatlar qilishga qiynalib qoladilar. 9-10 yoshli bolalarning bilak-bilaguzuk suyaklarini suyaklanishi yuz beradi va qo’l bo’g’unlarining muskullari rivojlanadi, qo’lning aniq, mayda harakatlari kuchli shakllana boshlaydi.
Skeletning suyaklanishi va o’sishi davom etadi. Ammo yelkaning chuqur joylashgan muskullarini zaifligi va umurtqa pog’onasi tanasining katta egiluvchanligi, xat yozgan paytdagi noto’g’ri holatda o’tirishi ularning qad-qomatini tutib yurishini buzilishiga asosiy sabablardan biri bo’ladi. Bundan tashqari maktab mebellari o’lchamining tana proporsiyasiga to’g’ri kelmasligi ham buning sababchilaridan biri bo’ladi.
Yetti yoshlik davr, sut tishlarini doimiy tishlar bilan almashinish davri sifatida ma’lum, ovqat hazmi tizimining kelgusi rivojlanishi davom etadi. Organizmning energetik sarfi pasayadi, yurak va nafas tizimlari faoliyati kamayadi. 7 yoshda bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’idagi nerv to’qimalarining tabaqalanishi asosan tamomlanadi. Asab hujayralari o’zlariga xos bo’lgan shakllarga ega bo’ladi va voyaga yetgan odamlar hujayralariga o’xshash bo’lib qoladi. Bosh miyaning turli qismlarini bir-biriga bog’lovchi assotsiativ tolalar kuchli rivojlanadi.
Asab jarayonlari ancha jiddiy darajada kuchli va muvozanatlashgan holatga keladi. Barcha turdagi ichki tormozlanishlar yetarli darajada aniq namoyon bo’ladi: Qo’zg’atuvchilarni tabaqalanishi juda yengil kechadi, shartli reflektor bog’lanishlar juda tez mustahkamlanadi. Lekin ichki tormozlanish ilgarigidek kuchaytirish maqsadida mashqlar, takrorlashlar talab qiladi.
Ilgari qayd qilingan miyaning po’stloqosti tuzilmalariga po’stloqning boshqaruvchilik ta’siridagi ayrim yetilmaganliklar bu yoshda faol diqqat va fikrlarni jamlanishini aniqlovchi mexanizmlarni takomillashmaganligi qayd qilinadi.
Yetti yoshga kelib bolalarda juda yaxshi «uchib ketadigandek» haqiqiy yurish va yugurish namoyon bo’ladi. Shartli harakat reaksiyalari ko’pchilik holatlarda yuqoridagiga mos holdagi qo’l, oyoq va gavda harakatlari bilan birgalikda kechadi, lekin ular 4-6 yoshlardagiga qaraganda ancha kam bo’ladi.
Maktabgacha yoshdagi bo’lgani singari, kichik maktab yoshida ham qo’zg’alish jarayoni, tormozlanish jarayonidan ustun bo’ladi, bu esa asab hujayralarining nisbatan tez och qolishiga va charchashni juda tez rivojlanishiga olib keladi.
10-11 yoshlarda bosh miya po’stlog’ining rivojlanishi odatda voyaga yetgan odamniki darajasiga yetadi. Po’stloq, po’stloqosti tizimlarining o’zaro bog’liqligi bosh rolni egallaydi, buni esa bolaning oliy asab va ruhiy funksiyalarini shakllanishidagi asosiy muhim omil deb qarash mumkin.


Download 47.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling