Mustaqil ish guruh: 7B-18 kem bajardi: Xolmatov. J tekshirdi: Norimbetov. T. B olmaliq -2020-2021


Download 27.21 Kb.
Sana05.12.2020
Hajmi27.21 Kb.
#160182
Bog'liq
kasbiy psixologiya mustaqil ish 2


O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim

vazirligi


Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika
Universititeti Olmaliq filiali
Ijtimoiy-gumanitar fanlar ” kafedrasi
Kasbiy psixologiya ” fanidan
MUSTAQIL ISH

Guruh: 7B-18 KEM

Bajardi: Xolmatov .J

Tekshirdi: Norimbetov.T.B

Olmaliq -2020-2021

Mavzu: Kasbiy psixologiya fanining predmeti


Reja:
Kirish
1. Kasbiy psixologiyaning tarixi

2. Kasbiy psixologiya fanining ob’ekti va predmeti.


3. Kasbiy psixologiya fanining kelajagi va hozirgi zamon

talablari.

4. Xulosa


5.Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish

Kasbiy psixologiya fanini o’rganish davomida mutaxassislar mehnat

jamoalarida yuzaga keladigan shaxslararo munosabatlarga kirishishning

psixologik mexanizmlarini anglash umuman olganda shaxslararo

munosabatlarning muammolari, mehnat jamoalarida muomala, psixologiyaning umumiy qonuniyatlari va uslublarini ham keng o’rganishga erishadilar. Kasbiy psixologiya fani o’quvchilarni kasblar olamiga doir bilimlar bilan qurollantirish hamda amaliy ko’nikma va malakalarni hosil qilishi lozim. Buning uchun kasblarga doir qo’llanmalar, tarqatma materallar bilan ta'minlash lozim. Shundagina kasb tanlash jarayonida yuzaga keladigan turli qiyinchilik, ziddiyat, to’siqlarni oldini olgan holda o’quvchi-yoshlarni ongli ravishda kasbga

yo’llash imkoniga ega. Ijtimoiy taraqqiyotni ro’yobga chiqarish uchun mamlakatda yuqorimalakali mutaxassislarni tayyorlash va ularni jahon standartlari darajasiga ko’tarmoq lozim, fan va texnikaning bugungi kundagi taraqqiyotiga javob berish uchun keng saviyali, bilimdon, o’z kasbining fidoiy kishisini kamol toptirish orqali davlatimizga bozor iqtisodiyotiga bardosh beradigan, raqobatbardosh mahsulotlar yartuvchi kasb egalarini shakllantirish joiz. Toki ular davr talablariga og’ishmay javob beradigan, qiziqishi keng, malakasi mustahkam, xotirasi barqaror, fikr yuritishi puxta, izlanuvchan, mehnatsevar, vatanparvar, iymon – e’tiqodli insonlar bo’lib voyaga yetishsin. Kasb tanlash faoliyatini oqilona tashkil etish uchun mamlakatimiz qaysisoha mutaxassislariga muhtojligini nazarda tutish va shunga yarasha o’quv yurti talabalari ularning mayli, intilishi, qiziqishi, imkoniyati, aqliy va jismoniy

qobiliyatiga qarab hamda u yoki bu kasbga yaroqliligini aniqlab, so’ngra kasbga yo’llash kerak.

Kasbiy psixologiyaning tarixi
Kasbiy psixologiyaning ta’limni yangi mazmunda joriy qilish yuzasidan

So’ngi yillarda qo’lga kiritgan yutuqlari buning yaqqol dalili bo’la oladi.

Ma’lumki, keyingi o’n yil mobaynida mamlakatimizdagi barcha ta’lim

tizimlarida ta’lim ishlarining mazmuni tubdan o’zgardi. Ta’limning

eksperimental ravishda tekshirilgan yangi usullari (masalan muammoli interfaol ta’lim metodlari) keng joriy qilinmoqda:

Kasbiy psixologiya – psixologiya ilmining tarmog’i sifatida, ta’lim va

tarbiyaning shaxsga samarali ta’sir etuvchi omillari, qonuniyatlari va

mexanizmlarini o’rganuvchi fandir. Bolalar va yoshlarning maktabdagi hamda ta’lim – tarbiya muassasalaridagi faoliyat va xatti harakatlarining psixologik qonuniyatlarini o’rganuvchi pedagogik psixologiya ikki fanni, ya’ni psixologiya va pedagogika fanlarining tutashgan joyidan o’rin egallagandir. Kasbiy psixologiyaning predmeti bilim, ko’nikma va malakalarning egallash qonuniyatlarini, bu jarayonlarda sodir bo’ladigan individual tafovutlarni, o’quvchilarda faol, mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini tadqiq etishdir. Shuningdek, Kasbiy psixologiya ta’lim – tarbiyaning ta’siri oqibatida o’quvchilar psixikasida sodir bo’ladigan o’zgarishlar, o’quv materiallari o’quvchilarning yosh davrlariga mos kelishi, turli ta’lim metodlarining psixologik jihatdan samaradorligi, darsliklar, o’quv qurollari, asbob – uskunalar va o’quv ishlarining tartibiga nisbatan bo’lgan psixologik talablar kabi muammolarni ham Kasbiy psixologiya o’rganadi. Hozirgi vaqtda Kasbiy psixologiya muhim vazifalaridan biri – maktabdagi ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishning psixologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat bo’lib, bu hol yangi ta’lim dasturiga o’tish munosabati bilan

bog’liqdir. Kasbiy psixologiya shu bilan birga talabalar shaxsining tarkib toppish jarayonini turli tarbiyaviy tadbirlarning talabalarga ko’rsatadigan ta’sirini o’rganadi hamda talabalarning o’z – o’zini tarbiyalashning psixologik asoslarini tadqiq etadi. Shuningdek, “Kasbiy psixologiya” ta’lim va tarbiya jarayonining tashkilotchisi bo’lgan o’qituvchi shaxsini, uning pedagogik faoliyat xususiyatlarini ham o’rganadi. Bunda o’qituvchining ta’lim – tarbiya ishlaridagi yutuqlarni ta’minlovchi sifatlariga urg’u berish bilan birga, uning bilim,

ko’nikma, malaka va qobiliyatlarining tarkib topishi hamda taraqqiyotining psixologik jarayonlari aniqlanadi. Kasbiy psixologiya umumiy psixologik qonuniyatlarni yoritib beradigan, psixik jarayonlarni, holatlarni va shaxsning individual psixologik xususiyatlarini o’rganadigan umumiy psixologiyaga asoslanadi. Shu bois pedagogik psixologiya fanini o’rganish ham nazariy, ham

amaliy ahamiyatga ega bo’lib, u boshqa fanlar singari taraqqiyotning umumiy tamoyillariga: oliy nerv faoliyati va psixofiziologiya qonunlariga, bu sohada to’plangan ilmiy ma’lumotlarga tayanib, inson psixikasining kechishi, rivojlanishi, o’zgarishi yuzasidan bahs yuritadi.

Respublikamiz aholisining aksariyati agar xo’jalik sohasi bilan Shug’ullanayotganligi tufayli uning tarmoqlariga oid mutaxassislarni tayyorlash uchun kasbning psixologik xususiyatlari, mehnat ko’nikmalari va malakalari bilan bo’lg’usi ixtisos egalarini qurollantirish muhim ijtimoiy vazifalardan biridir. Bo’lg’usi agronom-pedagogni kasbiy tayyorlash, kasb-hunar oldiga Qo’yiladigan talablarga mutanosib insonlar qilib shakllantirish davlat ahamiyatiga molik muammo bo’lib hisoblanadi


Kasbiy psixologiya fanining ob’ekti va predmeti.
Psixologiyaga umumiy tarzda baho bersak – bu inson faoliyatni ob’ektiv

reallik sifatida aks ettirish qonunlari haqidagi fandir. Fandagi va amaliyotdagi differensial – integratsion jarayonlar psixologiyaning ko‘plab yo‘nalishlarini paydo bo‘lishiga olib keladi. Bularning har biri o‘zining mummolarini echadi, ularning alohida vazifalari, metodlari va tushuntirib beruvchi tamoillari mavjud. Eng asosiysi fanning mustaqil yo‘nalishlari paydo bo‘lib ularning o‘ziga xos predmeti mavjudligidir. Kasb psixologiyasining predmeti – bu shaxsni kasbni egallashi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos tomonlari, qonuniyatlari, mexanizmlari xisoblanadi. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, kasb psixologiyasi – bu amaliy psixologiyaning alohida yo‘nalishi bo‘lib, shaxsni kasb tanlashining qonuniyatlarini shakllanishini, kasb tanlashni, bu kasbni egallashni, kasb mutaxassisini shakllanishi, baholanishini va shu kasbni egasi bo‘lishini, shuningdek kasbiy destrukturani o‘rganuvchi fan

hisoblanadi. ,Kasb psixologiyasining ob’ekti bu shaxs va kasb o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir, bu ta’sirning natijalarini o‘rganish hisoblanadi. Inson o‘z hayoti davomida kasb tanlar ,ekan, bu ikki jarayon o‘rtasida o‘zaro ta’sir sodir bo‘ladi. Bu o‘zaro ta’sirdan insonda qoniqish yoki qoniqmaslik jarayoni paydo bo‘ladi. Qoniqish insonni o‘z

hayotini yaxshi qurishiga, undan o‘ziga xos foyda ko‘rishga olib keladi.

Qoniqmaslik esa insonni o‘z kasbni o‘zgartirishga, boshqa kasbga o‘tishiga olib keladi. Inson ruhiyatidagi qoniqmaslik insonni ko‘plab kasbni almashtirishga, tanlagan kasbidan qoniqmaslikka olib keladi.

Kasb psixologiyasining ob’ekti bo‘lgan shaxs va kasb o‘rtasidagi o‘zaro

munosabat shaxsga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlar va individual – psixologik jarayonlarga va kasbga xos bo‘lgan xususiyatlarga ham bog‘liq bo‘ladi. SHuni aytish joyizki kasbga xos bo‘lgan psixologik o‘ziga xos tomonlar ham mavjuddir. ,Deylik tikuvchilik kasbi uning o‘ziga mos bo‘lgan xususiyatlari mavjuddir. Bu kasb egasi materiallarni yaxshi bilishi, uni sifati va tikilish usullari, estetik va dizayn bilan bog‘liq nozik tomonlarini xar doim sezib turadi. Demak tikuvchining

psixologik xususiyati bu uning nozik tabligi, odamlarning ruhiyati bilan bog‘liq mdidini yaxshi sezgan holda ishini bajarishi kerakligini ko‘rsatadi. Tikuvchi insonni mgo‘zal kiyimlar bilan bezatishga intiladi. Bu materialni tayyorlab beruvchi boshqa kasb egalari ham o‘zlariga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlarga ega bo‘ladilar. Albatta, ko‘rinib turibdiki shaxs va kasb o‘rtasidagi me’yoriy munosabat amalga

oshirilayotgan ishlarni sifatini tashkil etadi. Kasb psixologiyasini psixologiya fanining mustaqil yo‘nalish ekanligini ko‘rsatish uchun mehnat psixologiyasini, injinerlik psixologiyasini, pedagogik va

yosh davrlar psixologiyasini predmeti va ob’ektini farqini ko‘ramiz.





Psixologiya yo’nalishlari


Izlanish predmeti


O’rganish ob’ekti

Mehnat psixologiyasi


Injinerlik psixologiyasi

Pedagogik psixologiya


Yosh davrlari psixologiyasi


Kasb psixologiyasi



Mehnat faoliyatini qonuniyatini va xususiyatini o’rganadi


Texnika va insonni o’zaro ta’sirini psixologik qonuniyatlarini o’rganadi
Ta’lim va tarbiyaning psixologik qonuniyatlarini o’rganadi
SHaxsning ontogenezdagi psixologik rivojlanishi qonuniyatlarini o’rganadi

Shaxsni kasb egasi bo’lib borishining psixologik qonuniyatlarini o’rganadi


Mehnat faoliyati: uning psixofiziologik va bajarilish xarakteristikasi

Inson mashina tizimi

Tarbiyalanuvchilar

Shaxsning ontigenezdagi psixologik rivojlanishi
Shaxsni Inson- kasb tizimidagi rivojlanishini o’rganadi


Kasb psixologiyasi bu fanlar predmeti va o‘rganish ob’ekti bilan farqlanishi bilan birga ularni olib borayotgan tadqiqotlari yutuqlariga ham suyanadi. Kasb psixologiyasi o‘zining predmetini o‘rganishi orqali insonlarni kasb tanlashlariga yo‘nalishlar berish mehnat psixologiyasiga, injinerlik psixologiyasiga o‘z yordamini beradi.

Kasb psixologiyasining o‘rganish predmeti shaxsga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlardan kelib chiqib kasbga insonni qiziqishini, bu kasbni egallash balan bog‘liq bo‘lgan ehtiyojlar va manfaatlarni, maqsad va intilishlarini o‘ganadi. Xar bir inson o‘ziga yarasha individual ekanligini undagi psixologik xususiyatlar o‘ziga xos jarayon ekanligini o‘rganib boradi. Deylik ayrim yoshlar kasbni tez o‘rgansa ayrimlari unchalik diqqat qilmaganligi, e’tiborsizligi tufayli kasbni o‘rgana

olmasligini ko‘rish mumkin. Ayrim yoshlar nazariy jihatidan tez o‘zlashtirsalar ayrimlari amaliyotda tez va yaxshi o‘zlashtirib boradilar. Kasb tanlashda xam ayrimlar o‘z maqsadlarini yaxshi anglamaganligi tufayli kasb tanlay olmaydi. Ayrimlarga qaysi kasb bo‘lsa ham barbir, ular kasblarni yaxshi bilmaydilar.


Kasbiy psixologiya fanining kelajagi va hozirgi zamon

talablari.

K asb psixologiyasi fani haqida so‘z ketganda shuni ta’kidlash kerakki bu fanning kelajagi hali oldinda. Chunki jamiyat yashar ekan unda kasblarga bo‘lgan zaruriyati mavjud ekan, bu kasblarni tanlash, yo‘l – yo‘riq berish zaruriy jarayon bo‘lib qolaveradi. Ko‘plab yangi kasblar paydo bo‘ladi va ularni o‘rganishga

ehtiyojlar ham zaruriy jarayonlar bo‘lib qoladi. SHarq allomalaridan biri bo‘lgan Nizomiy Ganjaviy shunday jumlalarni yozgan edi:

O‘qib o‘rganilgan har bitta hunar,

Hunarmandga bir kun foyda keltirar!

Hunaringdan bir kun etarsan baxtga,

Hunarsiz kim etar toj ila taxtga

Insonni baxtga olib keluvchi, uning yashashini yaxshilovchi – uning kasbi, ortirgan xunari ekanligini Sharqning buyuuk faylasuf olimi Farobiy ham o‘z asarlarida ko‘rsatib o‘tgan edi. “Juz’iy narsalar eng etuk baxtga- saodatga olib boruvchi fazilatli san’at (kasb - xunar) lardir.”6 Bu fikrlarning o‘zi ham insoni kasb – hunar ortirishi uning eng asosiy burchi ekanligini ko‘rsatadi. Lekin kasbga qiziqmaydigan, takasaltang, ish yoqmas yoshlar ham yo‘q emas. Ularning jamiyatga, oilasiga foydasidan ko‘ra ziyoni kattadir. Hozirda O‘zbekistonda ham yoshlarni ta’lim va kasb bilan ta’minlash masalasi dolzarb masalalardan bo‘lib turibdi. O‘z kasbini egallay olmagan ko‘plab yoshlarni xunarli qilish, ulardan jamiyatga keladigan foydalarni ta’minlash, ota –

ona, mahalla, jamiyat oldida turgan katta masalalardan biri hisoblanadi. Kasbga qiziqish, undan manfaat topish insonning o‘ziga, qolaversa ota – onasiga, jamiyatga kerakligini anglash muhim vazifalardan hisoblanadi. Bular esa yoshlar oldiga ko‘plab vazifalarni qo‘yadi:

1) O‘zi uchun foydali bo‘lgan kasbni to‘g‘ri tanlab olishni;

2) Bu kasbni yaxshi egallashni va o‘z kasbni ustasi bo‘lib etishishni;

3) Kasbi haqida ko‘plab bilimlarni egallashni;

4) Kasbiga ijodiy yondosha olishni;

5) Mehnatsevar, o‘z ishini o‘zi tashkil qila oluvchi, kasbiga xos ahloqni

egallashi;

6) O‘zining shogirdlarini yaratishga intilishi;

7) Jamiyatga va ota – onasiga yaxshi nomlar bilan maqtov olib kelishi;

8) Kelajakda nafaqaga chiqishga ehtiyojlar paydo bo‘lganda uning ishlarini davom ettiruvchi shogirdlarni yaratishi va o‘z maktabini qoldirishi;

9) Kasbini o‘ziga xizmat qiluvchi va kelajagini ta’minlovchi xunar sifatida shakllantirishi;

Bu kabi talablar yoshlarga ko‘pgina imkoniyatni yaratib beradi. Kasbga bo‘lgan ehtiyoj yoshlarni oldiga qo‘yadigan talablar bilan uzviy bog‘liqdir. Yoshlar o‘zlariga yoqqan kasblarni tanlaganlardagina unga qiziqadilar va unda o‘zlariga foyda ko‘radilar. Kasb psixologiyasi ham aynan shunday talablardan kelib chiqqan holda rivoj topib boradi. Kasb psixologiyasining kelajagi bu jamiyatdagi ehtiyojlar va manfaatlar bilan bog‘langandir. Bu eng avvalo quyidagilar bilan bog‘liq:

· Jamiyat taraqqiyoti bilan

· Aholini o‘sib borishi bilan

· Talab va ehtiyojlar bilan

· Yoshlarni kasb tanlashlari bilan

· Fan va texnikani taraqqiyoti bilan

· Yoshlarni bilim darajasi bilan

· Yoshlarda jamiyatga foyda keltirishni anglashlari bilan

· Yoshlarni o‘z hayotlarini farovonlashtirishga intilishlari bilan

· Katta avlod va yosh avlod o‘rtasidagi ustoz – shogird munosabatlari bilan

· Jamiyatni yoshlarga beradigan e’tibori bilan

· Yangi faoliyat turlarini paydo bo‘lishi bilan

· Mehnatni to‘g‘ri tashkil etish bilan

· Jamiyatga ehtiyoj sifatida paydo bo‘layotgan yangi kasblarni shakllanishi bilan va sh.k.

Kasb psixologiyasi bu kasblar bo‘lar ekan ularni yoshlarga etkazib beradigan asosiy psixologik fan sifatida rivojlanib boradi.

Xulosa

Xulosa qilob aytganda kasbiy psixologiya fanining obyektiga psixika, ong va ongsizlik, shaxs va uning faolligi kirsa, uning predmetini ana shu obyekt haqidagi muayyan bilimlar tashkil qiladi (Obyekt – kishilarning diqqatini o‘ziga tortadigan



moddiy va ma’naviy borliq. Predmet – moddiy va ma’naviy borliq

haqidagi bilimlar majmuasi va o‘rganiladigan masalalar).

Psixologiya fani: umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiya,

pedagogik psixologiya, zoopsixologiya, yosh davrlari psixologiyasi, muhandislik psixologiyasi, yuridik psixologiya, harbiy psixologiya, tibbiyot psixologiya, savdo psixologiyasi kabi tarmoqlarga bo‘linadi.

Bunda:

– umumiy psixologiya psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlari va



ularning o‘ziga xos jihatlarini o‘rganadigan maxsus soha hisoblanadi;

– pedagogik psixologiya kishiga ta’lim va tarbiya berishning

psixologik qonuniyatlarini o‘rganishni o‘z predmeti deb biladi;

– yosh davrlari psixologiyasi turli yoshdagi odamlarning tug‘ilganidan

to umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning

shakllanishi va o‘zaro munosabatlari qonuniyatlarini individning yoshiga mos tarzda o‘zgarishi tamoyillarini o‘rganadi;

– ijtimoiy psixologiya odamlarning jamiyatda birgalikda faoliyatlari

natijasida ularda hosil bo‘ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, hissiy kechinma va xulq-atvorlarni o‘rganadi;

– muhandislik psixologiyasi avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari

operatorlarining faoliyatini, odam–texnika o‘rtasida funksiyalarni

taqsimlash va muvofiqlashtirishning xususiyatlarini o‘rganadi;

– harbiy psixologiya kishining harbiy harakatlar sharoitida namoyon

bo‘ladigan xulq-atvorini, zobitlar bilan oddiy askarlar o‘rtasidagi

munosabatlarning psixologik jihatlarini o‘rganadi;

– savdo psixologiyasi–jamiyatda tijoratning psixologik shartsharoitlari,

ehtiyojning individual, yoshga, jinsga oid xususiyatlarini,

xaridorga xizmat ko‘rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi;

– tibbiyot psixologiyasi shifokor faoliyati psixologiyasini, bemor

xulq-atvorining psixologik jihatlarini o‘rganadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Kasbiy psixologiya Aripova .N.A Xolmamatova .L.A Toshkent 2018
2.Kasbiy psixologiya ma’ruzalar kursi Dushanov .R.X

Farfiyev .Y,O Toshkent 2010


3.Kasbiy psixologiya ma’ruzalar Norimbetov .T.B
4. Aim.uz
5.Ziyonet.uz
Download 27.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling