(2.1 ) (2.2) bundagi - va - mos ravishda muhitning magnit va dielektrik singdiruvchanliklari, с esa tok kuchining elektromagnitik va elektrostatik birliklari nisbati; o‘lchashlarning ko‘rsatishicha, с nisbat yorug‘lik tezligiga, ya’ni ga teng. Biror joyda vujudga kelgan elektromagnitik maydonning fazoda tezlik bilan tarqalishi bu tenglamalardan zaruriy tarzda kelib chiqadi. Haqiqatdan ham, (2.1) tenglamani х bo‘yicha, (2.2) tenglamani esa t bo‘yicha diferensiallab ulardan В ni yo‘qotsak, (2.3) tenglama, ya’ni to‘lqinning differensial tenglamasi hosil bo‘ladi; bu tenglama Е elektr maydonining fazoda х o‘qi bo‘ylab tezlik bilan tarqalishini ko‘rsatadi. Shunday qilib, ifoda (bu yerda f – ixtiyoriy funksiya) bu tenglamani yechimi bo‘la oladi. Magnit maydon kuchlanganligining V kattaligi uchun ham xuddi shu singari xulosa chiqarishimiz mumkin. Е bilan В orasidagi munosabatni aniqlash oson. Masalan, deb hisoblab, (2.1) tenglamadan quyidagini topamiz: yoki yoki (2.4) Barcha elektrodinamik (va binobarin, optik) jarayonlarda o‘zgarmas maydon rol o‘ynamaganligi uchun (2.4) munosabatdagi o‘zgarmas kattalikni umumiylikka halal bermagan holda nolga teng deb hisoblash mumkin. Demak, (2.5) (2.5) munosabat Е va В bir–biriga chiziqli bog‘langanligini ko‘rsatadi; Е va В maksimum va minimumdan baravar o‘tadigan bo‘lib o‘zgaradi. Shunday qilib, elektromagnitik to‘lqin uchun ham (elastik to‘lqin uchun ham) umumiy tezlik bilan to‘lqinsimon tarqaladigan ikkita bog‘langan vektorlar to‘plamiga egamiz. Е, В va uch vektorning o‘zaro joylashishi 2.1-rasmda ko‘rsatilgan o‘ng vint sxemasiga mos tushadi. Yuqorida keltirilganlardan quyidagi xulosalarga kelish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |