NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
__________________________________________ FAKULTETI
____________________________________________
fanidan
MUSTAQIL ISH
Guruh: _________________________
Bajardi: _________________________
Qabul qildi: ______________________
Navoiy-2023
MAVZU: Yorug’likning elektromagnitik tabiati. Yorug’lik to’lqinlar amplitudasi, energiyasi va intensivligi. Poyting vektori.
Reja:
Yorug’likning elektromagnitik tabiati.
Yorug’lik to’lqinlar amplitudasi.
Yorug’lik to’lqinlar energiyasi va intensivligi. Poyting vektori.
Elektromagnetizm haqidagi tushunchalarning rivojlanishi asnosida yuzaga kelgan yorug‘likning mohiyatiga oid yangi fikrlar, yorug‘lik tabiatiga oid avvaldan mavjud chalkashliklarni yanada chigallashtirib yubordi. Bu masala ayniqsa Faradeyni ikkilantirib qo‘ygandi. Faradey yorug‘lik tabiatiga oid yangi izohni izlay boshladi. Xususan Faradeyning kuch chiziqlari ham shunday tabiatga ega bo‘lib, ularni statik emas, balki, dinamik nuqtai nazardan qarash lozim edi. Faradey yorug‘likning elektromagnit tabiati haqida fikrlar ekan, bu boradagi o‘z ilmiy tekshirishlarining natijalarini, o‘zining 1846-yilda chop etilgan "Nur vibratsiyalari haqidagi fikrlar", hamda, "Magnit kuchining fizik chiziqlari haqida" deb nomlangan, 1851-yilda chop etilgan asarlarida bayon qilgan. Bizga elektromagnitizm kursidan ma’lumki, muhitning biror joyida o‘zgaruvchan elektr toki vujudga kelishi bilan bir vaqtda atrofdagi fazoda o‘zgaruvchan magnit maydoni paydo bo‘ladi. Bu vujudga kelgan elektr tebranishi o‘z joyda qolmaydi, balki elektromagnitik to‘lqin qo‘rinishida tarqalib, fazoning tobora yangi–yangi qismlarini birin ketin egallab boradi. Bu jarayonni yuzaga keltiruvchi elektromagnitizm va elektromagnitik induksiya hodisalari elektr (Е) va magnit (В) maydonlari kuchlanganliklari o‘zgarishlari orasidagi munosabatni aniqlovchi J.Maksvell tenglamalarida o‘zining qisqa matematik ifodasini topadi. Maksvelning tajriba ma’lumotlariga muvofiq mulohazalari shuni ko‘rsatadiki, elektr va magnit vektorlari bir-biriga hamda elektromagnitik to‘lqinning tarqalish yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘ladi. Е elektr maydoni z o‘qi bo‘ylab, В magnit maydoni esa у o‘qi bo‘ylab yo‘nalgan eng sodda yassi to‘lqin holida Maksvell tenglamalari quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |