bu o‘rtacha qiymatini aniqlash amaliy ahamiyatga egadir. Bu kattalikka elektromagnit yerda energiyaning ko‘chish tezligi. Energiya oqimi zichligining kattaligi vaqt bo‘yicha o‘zgarishi tufayli uning vaqt bo‘yicha to‘lqin intensivligi deyiladi va son jihatdan (2.12) formula yordamida aniqlanadi. (2.12) Bu yerda I yorug‘lik quvvatini xarakterlovchi kattalik bo‘lib, uning intensivligini xarakterlaydi. n - muhitning sindirish ko‘rsatkichi, Е - yorug‘lik to‘lqini elektr maydon kuchlanganligi. с - yorug‘likning bo‘shliqdagi tarqalish tezligi. Odatdagi yorug‘lik manbalarining intensivligi 10 Vt/sm2 dan oshmaydi. Ayrim yorug‘lik manbalari bilan olib boriladigan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, optik hodisalar xarakteri nurlanish intensivligiga bog‘liq emas. Bunday hodisalarga chiziqli hodisalar va uni o‘rganuvchi optika bo‘limiga chiziqli optika deyiladi. Quvvati 108 Vt/sm2 va bundan katta yorug‘lik manbalari (lazerlar) bilan olib borilgan juda ko‘p tajribalar shuni ko‘rsatadiki, optik hodisalar xarakteri sezilarli darajada nurlanish intensivligiga bog‘liq bo‘ladi. Optik hodisalar xarakteri nurlanish intensivligiga bog‘liq bo‘lishini o‘rganuvchi optikaning bo‘limiga chiziqli bo‘lmagan optika deyiladi.
Adabiyotlar:
V.Savel’ev, Umumiy fizika kursi, 3-T.T.§ 9-12.
F.A.Korolev, Fizika kursi, 1978, § 30-33
Fizikadan praktikum. Elektr va optika..Prof.V.I.Iveronova tahriri ostida. 1979. 123-vazifa.
Budarina S. A., Isroilov A. A.. Fizikadan laboratoriya mashg`ulotlari «O`qituvchi»1993.
Mo`minov M., Xaydarov X.. Fizikadan laboratoriya ishlari uchun qo`llan ma.«O`qituvchi» -1971.
Ismoilov M., Habibbullaev P., Xaliulin M. Fizika kursi, «O`qituvchi», 2000
Do'stlaringiz bilan baham: |