2.3-jadval
O`zbekistonda kimyo sanoatga kiritilga investitsiyalar dinamikasi.
O`zbekistonga 2011 yil 18291,3 mlrd so`m investitsiya kiritilib, shundan
32,7%i sanoatga yo`naltirildi. Kiritilgan investitsiyalar 2006 yil 3838,3 mlrd so`m
bo`lib, 2011 yilgacha 476,5%ga ortib 18291,3 mlrd so`mni tashkil qildi. Shunda
sanoat soxasiga 2006 yilda jami investitsiyani 32,1%i yo`naltirilib, 1233,4 mlrd
so`mnitashkil qildi. 2011 yilda esa mos ravishda 32,7 %i kiritilib, 2006 yilga
nisbatan 484,8% ortidi va 5980,0 mlrd so`mni tashkil qildi. Kimyo sanoatiga
ajratilgan investitsiyalar jami investitsiyadagi ulushi 2006 yil 2,2% bo`lib, 84,9
mlrd so`mni tashkil etdi. 2011 yilda esa bu ko`rsatgich mos ravishda 1,0% bo`lib,
2006 yilga nisbatan 220,1 %ga o`sidi va 186,9 mlrd so`mni tashkil etdi. Kimyo
sanoatiga ajratiladigan investitsiyalar jami investitsiyaning 1-2%ni tashkil etishi
albatda salbiy xolat.
2013-yilning birinchi choragida umumiy qiymati 4,3 milliard dollarlik 114
yangi investitsiya loyihasini amalga oshirish boshlandi, “Stroy Max Invest”
mas’uliyati cheklangan jamiyati qo`shma korxonasida gaz-beton ishlab chiqarishni
tashkil etish loyihasini bajarish nihoyasiga yetkazildi, “Bekobodsement” ochiq
aksiyadorlik jamiyatida quruq uslubda sement ishlab chiqarish bo`yicha yangi
liniyani qurish orqali faoliyat ko`rsatayotgan ishlab chiqarishni modernizatsiya
qilish” loyihasi asosida ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirildi, 587 yangi
ishlab chiqarish ob’ekti, shu jumladan yengil va to`qimachilik (190 ob’ekt), oziqovqat (179), yog`ochni qayta ishlash (29), kimyo sanoati (10), qurilish materiallari
(112), mashinasozlik (6) va boshqa tarmoqlarda (61) foydalanishga topshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |