Mustaqil ish mavzu : Diniy ramzlarning zamonaviy talqinlari


Download 398.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana10.03.2023
Hajmi398.43 Kb.
#1257592
1   2   3   4
Bog'liq
Dinshunoslik

qilish moslamasidir. Ibtidoiy odamlar qoyatosh devorlariga turli hayvonlar 
rasmini chizib, ov baroridan kelishi uchun ular bilan g`ayritabiiy tarzda aloqa 
bog`lashga intilganlar. Shu bilan birga ular ajdodlarining ruhlari hayvonning 
xulq-atvoriga ta’sir o`tkazishga katta yordam beradi, degan tasavvurlari 
mavjud bo`lgan. Bu tasavvurlar keyinchalik, tiriklar bilan marhumlar 
o`rtasida aloqa bog`lovchi vositachilar – sehrgarlar, shamonlar, folbinlar va 
boshqalarni vujudga kelishiga sabab bo`ldi. 
Islom (arab. – boʻysunish, itoat etish, oʻzini Alloh irodasiga topshirish) 7-
asrda Hijoz (Gʻarbiy Arabiston)da paydo boʻldi. Uning asoschisi Muhammad 


Sollallohu alayhi vasallamdir.Islom dinining paydo boʻlishi xususida Islom 
manbalariga asoslangan diniy anʼanada u ilohiy hodisa, insonlarni toʻgʻri yoʻlga 
solish uchun Alloh tomonidan yuborilgan oxirgi taʼlimot deb uqtiriladi. Islom 
talqinida dastlab yahudiy va xristianlar ham aynan musulmonlar eʼtiqod qilgan 
xudoga ishonganlar. Shu xudo, yaʼni Alloh odamlarga paygʻambar-elchilar 
yuborgan. Ammo insonlar paygʻambarlar taʼlimotini buzganlar. Shuning uchun 
Alloh insonlarga oxirgi rasul etib Muhammad(sollallohu alayhi vasallam)ni tanladi, 
unga oʻzining kalomi – Qurʼon nozil qildi. Muhammad(sollallohu alayhi vasallam) 
oldin oʻz hamshaharlarini, soʻng barcha arablarni koʻplab qabila xudolariga 
sigʻinishdan voz kechish va yagona xudo – Allohga eʼtiqod qilish, solih hayot 
kechirish, u dunyoda jannatga tushish uchun bu dunyoda ezgu ishlar qilishga daʼvat 
etganlar. 

Yarim oy–islomning juda shartli ramzidir. Boshqa din vakillari yarim oyni, 
xristianlar xochiga o‘xshash islom ramzi deb hisoblashadi, bu noto‘g‘ri. Islom 
dini Allohdan boshqa hech narsa va hech kimga sig‘inmaslikni buyuradi. 

Qurʼon (arabcha: oʻqimoq, 
qiroat 
qilmoq) musulmonlarning asosiy 
muqaddas kitobi. Islom eʼtiqodiga koʻra, Qurʼon vahiy orqali Muhammad 
paygʻambarga 610—632 yillar davomida nozil qilingan Allohning kalomi 
(Kalomulloh). Islom olamida Qurʼon musʼhaf nomi bilan ham mashhur. Islom 
ulamolari Qurʼonning 30 xil nom va sifatlarini sanab oʻtganlar. 
Xristianlik - jahonda keng tarqalgan dinlardan biri. Yevropa, Amerika 
mamlakatlarida, Avstraliyada, faol missionerlik xarakati natijasida Afrika, Yakin 
Sharqda va Uzoq Sharqning birnecha mintaqalaridakeng yoyilgan. X. 1-asrning 2-
yarmida Rim imperiyasining sharqiy qismida yashovchi yahudiylar oʻrtasida paydo 
boʻlgan. Ilk X. dastlab iudsshzmdt ajralib chiqqan. Sharq dinlariga xos ayrim 
tasavvurlar ham unda oʻz ifodasini topgan. Xristian jamoalarining ijgimoiy tarkibi 
vaqt utishi bilan ruhoniylar (klir) va oddiy jamoa aʼzolari (miryan)ga boʻlingan. 
Ayrimayrim jamoalar oʻrtasidagi aloqalarning mustahkamlanishi yepiskop boshliq 
cherkovnyang tarkib topishiga olib keldi. Cherkov katta boylik toʻplab, siyosiy 
kuchga aylanib borgan. Dastlab xristianlarni taʼqib etgan Rim imperatorlari 
keyinchalik X. tarafdorlari boʻldilar. 4-asrda X. Rim imperiyasida mavjud ijtimoiy 
tuzum va uning tartiblarini himoya qiluvchi davlat diniga aylandi. Rim 
imperiyasining garbiy va sharqiy qismidagi oʻziga xos tarixiy taraqqiyot X. 
cherkovini ikkiga: katolitsizm (imperiyaning gʻarbiy qismi) va pravoslaviyem 
(sharqiy qismi) boʻlinishiga olib keldi. X.ning bu boʻlinishi 1054 yilda rasman 
eʼtirof etilgan boʻlsada, biroq bu jarayon 13-asrning boshlarida tugallangan. 


Download 398.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling