Mustaqil ish mavzu : Diniy ramzlarning zamonaviy talqinlari


Download 398.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana10.03.2023
Hajmi398.43 Kb.
#1257592
  1   2   3   4
Bog'liq
Dinshunoslik



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR
VAZIRLIGI 
MUHAMMAD AL – XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Dinshunoslik fanidan 
MUSTAQIL ISH 
 
Mavzu : 
Diniy ramzlarning zamonaviy talqinlari 

 

 
Bajardi:Mahmudov H 
Qabul qildi: Zayniddinova V 
 
 
 
TOSHKENT – 2023


Reja: 
I. Dinning ilk shakllari va ularning mohiyati 
II. Asosiy qism.Markaziy Osiyoda tarqalgan din ramzlari: 

Islom dini ramzlari 

Xristian dini ramzlari 

Yahudiy dini ramzlari 
III. Xulosa. Diniy ramzlarning insonlar hayotidagi o`rni. 
IV. Foydalanilgan adabiyotlar 


Diniy ongning shakllanishida asosiy omillar ibtidoiy odamning tabiat 
injiqliklari oldida ojizligi va undagi qo`rquv, bilimning yetishmasligi hamda 
boshqalar shunga olib keldiki, uning ongida hayoliy-fantastik tasavvurlar paydo 
bo`la boshladi. Qabiladagi ijtimoiy munosabatlarning chuqurlashuvi, mehnat 
taqsimotining vujudga kelishi, ov hamda mehnat qurollarining takomillashuvi, inson 
ongining amaliyot bilan bog`liq holda o`sib borishi, dastlabki, ibtidoiy diniy 
tasavvurlarning shakllanishiga, rivojlanishiga va mustahkamlanishiga, keyinchalik 
esa diniy g`oyalarning vujudga kelishiga olib keldi. Ushbu diniy g`oyalardan 
biri dafn etish marosimidir. Ushbu jarayon arxeologik ma’lumotlarga ko`ra 
dastlab, mil.avv. 100-40 minginchi yillarda, ya’ni neandertal odamlar jamoasi 
yashagan o`rta paleolit davrida ro`y bergan. Ibtidoiy odam o`z qarindoshlarini 
ko`mishda, maxsus marosimlar, ma’lum tayyorgarlik udumlariga amal qilishgan, 
ular jasadni bo`yoqlar bilan bo`yab, uning oldiga kundalik ehtiyoj buyumlari, zeb-
ziynatlar, mehnat va ov qurollarini qo`yar edilar. Bular ibtidoiy odamlarda oxirat 
mavjudligi haqidagi dastlabki diniy tasavvurlar paydo bo`layotganligidan darak 
beradi. Ammo, neandertal odamlar “homo habilis”, ya’ni ishbilarmon odamlar 
bo`lib, bu davrda ibtidoiy dinlar to`liq shakllandi deb ayta olmaymiz. Ibtidoiy din 
shakllari tizimli ravishda mil.avv. 40-minginchi yillardan keyin, ya’ni “homo 
sanies” ongli odam shakllangandan keyin vujudga keldi. Ibtidoiy g`oyalarning yana 
biri ov qilish moslamasidir. Ibtidoiy odamlar qoyatosh devorlariga turli hayvonlar 
rasmini chizib, ov baroridan kelishi uchun ular bilan g`ayritabiiy tarzda aloqa 
bog`lashga intilganlar. Shu bilan birga ular ajdodlarining ruhlari hayvonning xulq-
atvoriga ta’sir o`tkazishga katta yordam beradi, degan tasavvurlari mavjud bo`lgan. 
Bu tasavvurlar keyinchalik, tiriklar bilan marhumlar o`rtasida aloqa bog`lovchi 
vositachilar – sehrgarlar, shamonlar, folbinlar va boshqalarni vujudga kelishiga 
sabab bo`ldi. 

Bular ibtidoiy odamlarda oxirat mavjudligi haqidagi dastlabki diniy 
tasavvurlar paydo bo`layotganligidan darak beradi. Ammo, neandertal 
odamlar “homo habilis”, ya’ni ishbilarmon odamlar bo`lib, bu davrda ibtidoiy 
dinlar to`liq shakllandi deb ayta olmaymiz. Ibtidoiy din shakllari tizimli 
ravishda mil.avv. 40-minginchi yillardan keyin, ya’ni “homo sanies” ongli 
odam shakllangandan keyin vujudga keldi. Ibtidoiy g`oyalarning yana biri ov 

Download 398.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling