Mustaqil ish mavzu : Islom dini tarixi ва falsafasi


Download 25.68 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi25.68 Kb.
#1603410
Bog'liq
Turg\'unov Imomxo\'ja


Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv
va texnologiya universiteti

MUSTAQIL ISH

Mavzu : Islom dini tarixi ва falsafasi

Talaba: Turg’unov Imomxo’ja


O’qituvchi:Axmedov A

Toshkent -2023


Reja:

1Islom dini paydo bo’lishidagi ijtimoiy sharoit. Islom asoslari, oqimlari va yo’nalishlari


2Dunyo va O’bekistonda islom dinining mavqei. Qur’on, sura va oyat tushunchalarining ma’nosi. Hadislar. Buyuk hadisshunoslar.
3. Kalom falsafasi va fiqh. Tasavvuf falsafasi. Tasavvuf tariqatlari.

1. Islom dunyoda keng tarqalgan jahon dinlaridan biridir. Unga hozirgi davrda YAqin va O`rta SHarqda Saudiy Arabiston, Ummon, YAman, Birlashgan arab amirliklari, Iroq, Suriya, Iordaniya, Turkiya, eron, Afrikada Misr, Liviya, Tunis, Jazoir, Marokash, Sudan, Samoli, Osiyoda Pokiston, Afg’oniston, Bangladesh, Indoneziya, Markaziy Osiyo respublikalari, MDX va Kavkaz orti va SHimoliy Kavkaz, Volga bo`yi respublikalari va hokazolarda yashaydigan aholi kiradi. Musulmonlarning hozirgi umumiy soni tahminan bir mild. Uch yuz millionga yaqin deb hisoblanmoqda. Ammo bular orasida unga ishonmaydigan, ikkilanadiganlar ham bor, betaraflar ham uchraydi.


Hamma hodisa, jumladan din o`rin (joy, yurt mamlakat), ijtimoiy- iktisodiy sharoit, siyosiy vaziyat va madaniyat taraqiyot darajasi bilan dialektik bog’liqdir; shu sababli islom ham avvalo muayyan bir yurt (mamlakat)da, maolum bir ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda, siyosiy vaziyatda, madaniyat rivojlanishining muayyan bir bosqichida paydo bo`lgan.
“Dinshunoslik” kursi. xususan ilmiy islomshunoslik soxasi to`plagan, taxlil etgan, umumlashtirgan maolumotlarga ko`ra, islom VI asr oxiri VII asr boshlarida Arabiston yarim orolida paydo bo`lgan. Bu o`lkada xali juda oz sonli arab axolisi xayotida urug’chilik va qabilachilik munosabatlar qisman emirilib, uning o`rniga quldorlik munosabatlarini o`zida aks etgirgan sinfiy jamiyat paydo bo`la boshlagan edi. YArim orolning iqlim sharoiti g’oyat noqulay, eri qumli, tog’-toshli, saxrolardan iborat bo`lgan; u erlarda X-XI asrlarda yashagan ko`chmanchi axoli chorvachilik bilan shug’ullangan; yarim orolning bepoyon saxrolaridan ayanchli xayot kechiradigan badaviylar g’oyat og’ir ijtimoiy - iqtisodiy sharoitda yashagan; ular ijtimoiy - iqtisodiy sharoitda taraqqiyotning urug’chilik -qabilachilik bosqichida g’oyat qoloq xolda bo`lgan.
YArim orolning janubida nisbatan qulay iqlim sharoitiga ega bo`lgan, xind okeani qirg’og’iga joylashgan YAman qadimdan ancha rivojlangan dexkonchilik va madaniyat markazlaridan biri bo`lgan;
o`lkada quldorlik tuzumi rivojlanib, u VI asr boshlarida tushkunlikka uchragan.
YArim orolning shimoliy qismida joylashgan Vizantiya, eron kabi ko`xna imperiyalar taosirida bo`lgan o`lkalarda qishlok xo`jaligi, irrigatsiya, chorvachilik, savdo - sotiq munosabatlari endigina rivojlanayotgan edi, bu o`lkalarda ham asosan, kuchmanchi arab qabilalar yashab, ular turmushida patriarxal urug’ - qabilachilik tartiblari xukmron bo`lgan; bu tartiblar 6 asr boshlarida emirila boshlagan. Hali o`zlari oz sonli bo`lib, og’ir iqlim sharoitida, ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chikqrish munosabatlari zaif rivojlanganligi uchun yarim orolda yashagan arab qabilalari taraqqiyot darajasi jixatidan Misr, Vizantiya, Messopatamiya, eron kabi qadimiy madaniyat o`choqlariga nisbatan ancha orqada qolib ketgan edilar; bu o`lkaning g’arbida Qizil dengiz qirg’og’i buylab cho`zilgan Hijoz xududida yashovchi arablar ijtimoiy-iqtisodiy jihatlardan birmuncha rivojlangan edilar;bunga dehqonchilik va karvon yo`llari o`tkanligi qulaylik tug’dirgan; bu yo`l orqali, YAman mamlakatidan o`tib, Habashiston, Hindiston bilan, Suriya orqali esa Misr, Vizantiya, eron bilan Arabistonni bog’lagan; buning natijasida Hijozda aholi punktlari, karvonsaroylar, YAsrib (Toif) shaxri barpo etilgan; VI • asrda u ancha kengayib, savdo markaziga aylangan.
Hijozdan o`tadigan savdo yo`lidan Makka ham yaqin bo`lib, asta -sekin u ham savdo markazlaridan biriga aylangan; unda yarmarka o`tkazila boshlagan; u atrofdagi qabilalarga, boshka shaxarlarga qaraganda, yarim orol markazida joylashganligi, zam-zam bulog’i borligi uchun yaqinrok, kuchliroq taosir eta boshlagan; arab kabilalari majuziylikning bir turi bulgan fetishizmga siginib Makka, xususan undagi Kaba ularning diniy markazlariga aylangan. Ular bu shaxarga savdoga kelib o`z sanamlarini ham ziyorat kilib ketib turganlar.
Xulosa shuki, islomning paydo bo`lishi arafasida Arabiston yarim orolidagi ijtimoiy- iktisodiy sharoitlar hali ancha zaif bo`lib, urug- kabilachilik tuzumi, patriarxal tartiblar emirilib, sinfiy jamiyat paydo bo`layotgan edi; bu jamiyatning goyaviy ifodasi, mafkurasi sifatida yangi diniy taolimotga extiyoj tugilgan. Bu ehtiyojning okibati sifatida yangi din - ISLOM vujudga keltirilgan.
2. Kadimgi arablarning islomgacha o`tgan davrlari johiliya deb atalgan: buning maonosi bilimsizlik, johillik, jaholatdir. Bu kamsitish islom maojuziy arablarga bilim, maorifat keltirgan degan kisman to`gri goyani asoslash uchun kuprok ishlatilgan. Aslida arab xalkining islomdan oldingi davrga xos ma`naviy meros chunonchi hozirgacha saklanib kolgan adabiy merosi bu xalkning muayan bilim, madaniyatga ega bo`lganligidan dalolat beradi.
Kadimgi arablar fetishizm diniga eotikod kilganlar: bu dinni Kaobada ular xudosizlik sanamlari takchalarga terib ko`yilganligidan keyin Muhammad (SAV) ularni bu erdan chikarib tashlaganligidan bilsa bo`ladi: har bir arab kabilasining uz xudosi haykalchalari bo`lib, bularning soni 360 ga etgan. Natijada Kaobada barcha arb kabilalari sigingan maojuziylik ziyoratgohiga islomdan bir necha yillar oldinrok aylangan edi. Bular orasida kuraysh kabilasining al- Iloh deb nomlangan, keyinchalik OLLOH nomiga asos bulgan sanami ham bo`lgan.
Arab kabilalari oralaridan bilimli, xalkparvar, elim deb, yurtim deb, yonib yashaydigan ilg’or kishilar etishib chika boshlagan. Ular o`z elatlarining mushkil ahvolini, ayniksa ularning tarkokligini ko`rib, ularning takdiri (kelajagi) hakida o`ylay boshlaganlar. Ularni birlashtirish, o`zaro do`st, hamkor, hamjihat kilish yo`llarini izlay boshlaganlar. Buning uchun ular tarkok kabilalarni yagona din atrofida birlashtirish zarurligini anglay boshlaganlar. Natijada yarim orolda haniflar, ya`ni takvodor, hak-hakikat izlovchi, chinakam eotikod kiluvchilar deb atalgan vaozxonlar yuzaga kelgan.
Haniflardan Sajjah, To`layh, Asvad, Musaylima kabilar ancha mashhur bulganlar. Muhammad (SAV) ham oldin hanif bo`lib, yangi din targ’ibotini haniflardan biri sifatida boshlagan. Haniflar 6- asrda arab kabilalari orasida keng tarkalgan mushrikiylik, ya`ni ko`p xudolikka qarshi vahdoniylikni, ya`ni yakkaxudolikni targ’ib kila boshlaganlar. Bular orasida Musaylima, so`ng esa Muhammad (SAV) mashhur bo`lib ketganlar. Haniflar, jumladan Muhammad (SAV) hamyurtlarining mushrikiylik dinlarini yarim orol shimolidagi yurtlarda tarkalgan yahudiylik, xristianlik, eronda keng tarkalgan zardushtiylik, moniylik dinlarini o`rganganlar: Muhammad (SAV) yoshliklarida Hadicha begimning karvonini haydab bu yurtlarga kayta- kayta borib kushni xalklarning hayoti, turmush tarzi, diniy etikodlarini sinchkovlik bilan o`rganganlar. Ulardagi yakkaxudolik g’oyalarini kabul kilib vahdoniyatni 10 yil davomida zo`r g’ayrat, shijoat, utkir iroda va katoiyat bilan targ’ib etgan.
Haniflik targ’ibotiga yahudiy va xristian dinlarining taosiri avval boshdanok kuchli bo`lgan, bu dinlar shuning uchun kitobiy deb hisoblangan. Ularning payg’ambarlari yangi dinda ham eozozlanib, Kuroonda kayta- kayta tilga olingan.
Hulosa shuki, kadimgi arablar politeizmga itoat kiladigan ibtidoiy dinlardan kupchilikni taosirida bulgan. Hatto Kuyosh, Oyga ham sig’inadigan maojusiy bo`lganlar: yarim orolda kancha kabila bo`lsa uning shuncha xudosi, maobudasi, tangrisi bo`lgan.
3. Muhammad (SAV) ning 632 yildagi vafotlaridan so`ng uning o`rinbosar sahoba, muhojir, asxobu ansorlari yangi dinni har xil usul vositalarini ishga solib targ’ib etganlar, uni arab xalifaligi xalklarining turmush va madaniyatining g’oyaviy asosiga aylantirganlar. To`rt xalifa- choryorlar davrida istilolar kuchayib bu davlat kengayib YAmandan Sino Rim oroligacha Kizil dengiz sohillaridan Sahroi kabirgacha davom etgan katta hududni o`z doirasiga olgan. So`ngra arab boskinchilari Kavkazga, Markaziy Osiyoga yurish kilib so`nggi xalifa Ali davri oxirlariga kelib, ya`ni 30 yil ichida Amudaryo sohillaridan SHimoliy Afrikagacha, SHimoliy kavkazdan YAman, Ummongacha cho`zilgan yangi imperiyani barpo etganlar. Islom bu imperiyaning davlat dini, hukmron mafkurasiga aylantirilgan.
Arab ko`shinlari badaviy va yollangan jangchilardan tashkil topgan o`z davrining harbiy sanoat va texnikasi darajasidan ancha past bo`lgan, birok bosib olingan mintakalarning feodal tarkokligi o`zaro urushlardan holdan toyganligi istilochilarga jiddiy qarshilik ko`rsata olmasligiga sabab bo`lgan.
Kadimiy imperiyalar- Vizantiya va eron o`zaro urushlarida holdan toygan, kuch- kudrati sinib emirila boshlagan hali arab boskinchilari oyog’i etmagan SHimoliy Xindiston, Markaziy Osiyo va Kavkazda xam yirik, kuchli davlatlar yo`k edi. Mayda knyazlik, beklik, xonliklar o`zaro urushlarda zaiflashgan va tarqoq bo`lgan, shu sababli arab bosqinchilari VIII asr oxirigacha bu o`lkalarni nisbatan osonlik bilan egallab, islomni mustamlaka xalqlarning turmush tarziga aylantirib ma`naviy madaniyatga zo`r berib singdirganlar.
Islomda bundan keyingi lektsiyalarda bayon etiladigan real, dunyoviy qadriyatlar anchagina mavjud bo`lgani uchun u arablarning o`zlari tarixida katta ahamiyatga ega bo`lgan; bulardan asosiylari bu qabilalarning urug’chilik-qabilachilik tuzumidan sinfiy jamiyatga o`tganligi; markazlashgan davlat vujudga kelganligi; ibtidoiy dinlardan demokratik, insonparvar, tinchlik, do`stlik, odillikka daovat etadigan yakkaxudolik diniga o`tilganligi; xalifalik tarkibiga kirgan yuzlab elatlarga yagona arab tili va o`rta asr arab madaniyatini yoyishga imkon tug’ilganligidir.
Islomning Markaziy Osiyoga kiritilishi ham muayyan darajada ijobiy rol uynagan. CHunonchi, dastlab diniy amallarni bajarishda arab tili ustunligi o`rnatilgan; fan, adabiyot, falsafa va ma`naviyat, madaniyatning shakllanishida ham arab tilining taosiri kuchaygan. Lekin, maxalliy xalqlar arab istilosidan ancha oldino, o`z ona tillarida madaniyatni rivojlantirishda anchagina yutug’larga erishgan edilar; bu yutug’lar keyinchalik islom taosirida bir muncha rivojlangan. CHunonchi, islomni qabul qilganlarning turmush tarzi bu din talablariga moslashtirilgan; bular shariatda ishlab chiqilib, qatoiyat bilan amalga oshirilgan; marosim va urf-odatlar diniy tus olgan; yoshlarga bilim berish uchun maktablar ochilgan; ruxoniylar tayyorlash uchun ko`plab Madrasa, korixona tashkil etilgan.
Xulosa shuki, islom tarqatilgan Markaziy Osiyoda ilm- maorifat, madaniyatning rivojlanishida bu din ijobiy rol uynagan; bu erdagi diniy maktab, Madrasa, dorilfununlar diniy maqsadlarda bunyod etilgan bo`lsa-da, xat-savod, dunyoviy bilimlarga yo`l olgan.
Dunyoviy, real qadriyatlarga ham ega bo`lgan islom maxalliy xalq turmushi takomillashuviga, madaniyatdagi turli jihatlar rivojiga o`z ijobiy taosirini ko`rsatgan. CHunonchi, meomorchilikda masjid, Madrasa, dorilfunun, maqbara va hokazolarni xalq ustalari qurgan, xalqning ijodiga bog’liq moddiy madaniyat boyliklar bo`lgan; bularni qurishda ishtirok etgan binokorlar ish bilan taominlangan, pul ishlagan, oilasini boqqan; quruvchilik kasbini egallagan; uz shaxsiy uylarini qurishda o`sha meomorchilik obidalarini bino qilishda orttirgan tajribadan foydalangan.
Islom istilo etilgan xalqlar turmushiga o`sha davrlardayoq kiritgan va hozirgacha davom etayotgan namoz, xaj qilish, ruza, xayitlarni bayram qilish, mavlud, xatna shialarda ashuro (shaxsey-vaxsey), zikr kabi marosimlar mavjud edi. Bularning har birining uz ta`rifi, o`z tavsifi, uziga xos ijobiy va salbiy tomonlari bo`lgan. Bular bilan bir qatorda maxalliy elatlar orasida islomgacha tarqalgan Navruz, qizil gul, lola sayli boychechak kabi bayramlar davom etgan; yana kinna, fol, dam, ko`chiriq, chilla, o`ltirish, isitma-sovutma, qadam joylarni ziyorat kabi salbiy urf-odatlar o`rnashib, tarqalib kelayotgan; ortodoksal islom, xozir respublikamizda qaror topgan islom ham bularni tan olmasligi ijobiy xodisadir.
Xulosa shuki, islom arab istilochilari bosib olgan va bu dinni kiritgan joylarda nisbatan tez, oson qaror topib, maxalliy elatlar turmush tarzi va madaniyatida ijobiy rol uynagan va uynamoqda.
4. Jahon dinlari, jumladan islom evolyutsiyasining muayyan bosqichlarida har xil yunalish, oqim, sekta va mashablarga bo`lingan. Buning sabablari birinchidan, bularda bir-biriga zid g’oya, taolimot, dasturlar ko`p bo`lgan. 2-dan, bu dinlar tarqalgan hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy kurash kuchaygan; 3-dan, bu dinlarga ishonadigan har xil xalqlarning moddiy, siyosiy manfaatlari, madaniy rivojlanish darajalari har xil bo`lgan, Islomda VII asrning 2-yarmidayoq eng avval xorijiylar yo`nalishi shakllangan; undan so`ng islom ikki yirik oqim - sunniylik va shialikka ajralgan; musulmonlar orasidagi ihtiloflar diniy taolimot masalalarida bunday ajralishga sabab bo`lgan; shu bilan birga islom shakllanganda urush - janjallar uzluksiz sodir bo`lib turgan; bular shu dinning birligi, yaxlitligiga putr etkazib, uning bulinishlariga sabab bo`lgan.
Sunniylik islomda sobit qadam, izchil, barqaror hisoblangan oqimdir. Musulmonlarning 92,5 foizi shu oqim tarafdoridir. Sunna arab tilida odat, an`ana, amaliy harakat degan so`zdan olingan. Sunna deb Muhammad (SAV) hadislari to`plamini aytadilar. Sunnat esa farzdan farqli holda bajarilishi ixtiyoriy bo`lgan dastur, amal, ko`rsatmadir.
Sunniylar Sunnani Qur`ondan keyingi asosiy muqaddas manba, hadislar to`plami deb hisoblashadi. Qur`on, hadislar haqida esa bundan keyingi lektsiyada fikr yuritamiz.
SHialik gurux, partiya, tarafdor degan maonoli arabcha " SHia" degan suzdan olingan. U VII asrning 2-yarmida maxsus siyosiy gurux siffatida yuzaga kelgan; u halifa Ali tarafdorlarini o`z doirasiga olgan; u g’oyat ko`p sektalarga bo`linib ketgan; bular orasida ismoiliylar eng yirigi bo`lib, hozir taxminan 35 mln.ga yaqin aozoga ega; ularga og’ahonlar deb atalgan diniy arablar etakchilik qiladi. Bu sekta haqida quyiroqda batafsil to`xtalamiz.
SHialar Sunnani tan olmaydilar, ularning “Axborotlar”- xabarlar nomli o`z mukaddas yozuvi bor: ular musulmonlarning tanho hokimi Hazrat Alidir. Hukmronlik qilishga faqat uning avlodlari haqlidirlar deb daovo kilganlar. SHialar e`tiqodida ular uchun eng asosiy masala “g’oyib bo`lgan”, “yashiringan” 12 imomga sig’inish bilan bog’liq g’oyadir. Unga ko`ra 9- asr oxirida yashiringan imomi Mahdiy bu dunyoga bir kun kaytib kelib, tenglik, obodlik, adolat, farovonlik, tinchlik, baxt-saodat o`rnatishiga ishonishdir. SHialar shahidlarga xususan Husayn ruhiga sig’inadilar. Bunday sig’inish “shaxsey- vaxsey” degan mashaqqatli, murakkab odatda ifodalanadi; mutaassib shialar ashuro- motam kunlarida o`zlarini ayovsiz qiynoqqa soladilar. Husayn ruhiga nolalar qiladilar, motam tutadilar.
Islomda so`fiylik oqimi ham bor. Bu yirik oqim tasavvuf deb ham ataladi; u diniy- mistik falsafiy oqim bo`lib taolimotning asosiy masalasi islomga, Ollohga munosabatdir. U zohidlik va mistik, ya`ni mo`ojizalarga ishonishga asoslangan. So`fiylik xilma- xil taolimot bo`lib, u Markaziy Osiyoda naqshbandiylik, yassaviylik, kubraviylik, Kavkazda muridlik, Tataristonda voisovchilik va hokazo turlarda tarqalgan. Islomdagi sektalarni undagi ilohiyotga, huquqga xos bo`lgan hanafiya, shofeoiya, malikiya, hanbaliya kabi mazhablar bilan aralashtirib yuborish mumkin emas.
Islom sektalari musulmonlarni diniy uyushmalaridir: ular juda ko`p bo`lib musulmon mamlakatlarning qariyb barchasida mavjuddir, chunonchi, sunniylardan ajralib chiqqan ahmadiy, alaviy, ibodiy, idrisiy, qodiriy, muridiy, rashidiy va boshqalar. SHialardan ajralib chiqqanlari esa xorijiy, ismoiliy, zaydiy, nizoriy, druzlar, bahoiy va boshqalar. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida musulmon mamlakatlarida yuz bergan ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotdagi o`zgarishlar islom atrofida yuz bergan diniy, dunyoviy tortishuv, ziddiyat va manfaatlar unga yondoshishda ham o`z aksini topgan. Natijada islom modernizmi, islom traditsionalizmi, islom fundamentalizmi kabi yangi oqimlar paydo bo`lgan. Bulardan har birining mohiyati va islomda tutgan o`rni, rolining tavsiflari “Dinshunoslik” darsligining 89-91 betlarida bayon etilgan.
Xulosa shuki, islom paydo bo`lgandan keyin kup vaqt o`tmasdanoq unda turli xil yo`nalish, oqim, mazxab, sektalar yuzaga kelib, ular o`zaro kurashib, birlari engib, boshqalari engilib kelayotir. Islom fundamentalistlari, ular orasidan chiqayotgan ekstremistlar musulmonlar orasiga xavf, kulfat, musibat solib, ajal urug’ini sepayotir.
Download 25.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling