Mustaqil ish Mavzu : Zamonaviy operatsion tizim ilovalari


Download 282.52 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana02.02.2023
Hajmi282.52 Kb.
#1147130
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Hamidov Sanjar Mustaqil ish

Windows oynalar degan ma’noni anglatadi. Windows operatsion tizimi 
Microsoft firmasining dasturiy maxsuloti bo’lib, maxsus tayyorgarlikka ega 
bo’lmagan komp’yuterdan foydalanuvchilar uchun mo’ljallangandir. 
Windowsni yaratishdan maqsad – kompyuterdan foydalanishni iloji boricha 
soddalashtirish, o’rganish uchun osonlashtirish, foydalanuvchiga mumkin qadar
keng imkoniyatlar yaratishdir. 
Dastavval bu OS ning bir necha versiyalari ishlab chiqarilgan. Uning birinchi 
versiyasi 1985 yil dunyoga kelgan.
Windows 3.1 versiyasi – operatsion qobiq sifatida, DOS muhitiga 
moslashtirilgan. O’sha davrda bu sistema katta imkoniyatlarga ega bo’lib, 
foydalanuvchi va dasturchilarga qulayligi bilan taqdim etilgan. 
Ularning keng miqdorda tarqalishi IBM PC kompyuterlarning, standarti 
bo’lib qoldi. Shuning uchun keyingi ishlab chiqariladigan barcha resurslar va 
dasturlar, aynan Windows muhitida ishlash uchun mo’ljallangan.


Windows operatsion tizimi o’zining qulay va namunaviy interfeysi bilan 
barcha foydalanuvchilarni lol qoldirib kelgan. Albatta ishlab chiqaradigan amaliy 
dasturlar Windows talablarini qondira olishi e’tirof etilgan. 
Shunday qilib, bunday dasturlar Windows muhitisiz biror bir amalni bajara 
olmagan. Shuning uchun ham ularni Windows dasturlari yoki Windows ostidagi 
dasturlar deb ataymiz. 
Windows qanday dunyoga kelgan. Yuqoridagilarni o’qib turib, MS DOS 
muhitidan voz kechish kerak degan ma’noni bermaydi.
Chunki MS DOS muhitida ishlaydigan o’n minglab yuqori sifatli dasturlar 
mavjud. Ularning ko’pchiligi bejirim grafikaga va interfeysga ega.
Shunday qilib MS DOS yaratuvchilari, amaliy dasturchilarni muloqotli 
interfeysni yaratish,maqsadida quruq kompyuter bilan qarshi qo’yishadi. Natijada 
ayrim bir dasturchilar mustaqil ravishda yangi muhit ustida tajribalar amalga 
oshrishardi, boshqalari esa tayyor dasturlar kutubxonasida o’zlarini band qilishdi. 
Shu vaqtning o’zida Apple firmasining Macintosh kompyuterlari uchun ahvol 
o’zgacha edi. Uning operatsion tizimi o’zining namunaviy va grafik interfeysini 
o’zlashtirilishining soddaligi bilan ajralib turar edi. 
Amaliy dasturlar esa-tashqi qurilmalar bilan bog’liqligi va muloqotli 
interfeysi bilan keng foydalana boshlandi. 
Microsoft firmasi Apple firmasidan operatsion sistemasidan foydalanish 
uchun lisenziyani berishni bir necha marta so’radi, evaziga esa rad javobini olish 
bilan chegaralangan xolos. Bu operatsion sistema IBM PC tipli kompyuterlarda 
ishlatilishi kerak edi. Rad javobini olgan Microsoft firmasi o’zining Windows grafik 
operatsion sistemasini yaratish ustida ish olib bordi va natijada 1985 yil Windows 
muhitini yorug’likka chiqardi.
1987-1989 yillar oralig’ida Microsoft firmasi tomonidan har tomonlama 
qulay bo’lgan Windows muhitida ishlaydigan bir qancha dasturlarni ishlab chiqdi. 
Bularga misol qilib: Microsoft Word, Exsel, Aldus Page Maker va h.k 
1990 yilda ishlab chiqarilgan Windowsning 3.0 versiyasi IBM PC 
komponentlari uchun standart sifatida qo’llanila boshlandi.
1995 yil avgust oyida jahon bozorida Windowds 95 versiyasi paydo bo’ldi. U 
sensatsion o’zgartirishlarni amalga oshirdi. Millionlab DOS va Windows 3.1 
operatsion qobig’I foydalanuvchilari orasida operatsion tizimlar revolyusiyasi sodir 
bo’ldi. Ular ishda oddiy, lekin yuqori quvvatli imkoniyat hamda grafikli interfeysga 
ega.
Sistema ishonchli va stabil hisoblandi. Operatsion sistemalar orasida 
revolyutsiya emas, evolyutsiyani boshdan kechirgan. Windows 98 versiyasi 1998 
yilda paydo bo’ldi. Uning Windows 95 dan farqli tomoni o’rganilmagan yoki 


notanish bo’lgan imkoniyatlari foydalanuvchilarga juda maqul bo’lgan 
muammolarni tug’dirdi. 
“Microsoft” korporatsiyasi 26-oktabr kuni o‘zining yangi “Windows 8” 
operatsion tizimini rasmiy ravishda namoyish qildi. Ushbu operatsion tizimni ishlab 
chiqish uchun bir necha yil ketdi. Kompaniya oxirgi marta 2009-yilda “Windows 7” 
operatsion tizimini chiqargan edi, undan keying yillarda esa “Windows 8” 
operatsion tizimi ishlab chiqarildi. 
Yangi operatsion tizim chakana savdoga ikki xil versiyada chiqariladi: 
“Windows 8” va “Windows 8 Pro”. Ularning bir-biridan farqi shuki, “Windows 8 
Pro” versiyasi ko‘proq malakali foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan. 
WINDOWS- operatsion tizim (OT) bo`lib, yukori darajadagi ishonchliligi, 
yaxshilangan bezagi, o`z-o`zini rivojlantirish uchun maxsus vositalari mavjudligi 
bilan ajralib turadi. WINDOWS- grafik maxsulotning ko`rinishi, tovush va 
zamonaviy texnologiyalari bo`yicha yaratilgan multimedia ilovalarini qo`llash 
imkoniyatlarini yaxshilaydi . 
 3.Windows mustaqil operatsion tizim sifatida quyidagi afzalliklarga ega: 

o’zlashtirishda nihoyatda oddiy; 

imkoniyatlaridan foydalanish ko’lami juda keng; 

yuqori samaradorlikka ega ; 

siz atiga bitta dasturiy maxsulotni xarid qilib, qator muxim imkoniyatlarni 
qo’lga kiritadi: universal tarmoq mijoziga aylanadi , electron 
pochtadan foydalana oladi, multimedia vositalaridan baxra oladi va xakozolar. 
Windowsning bazi imkoniyatlari quyidagilardi: 
Universal grafika –Windows dasturini qurilmalarga va dastur ta’minotiga
bog’liqsizligini ta’minlaydi . 
Yagona interfeys – Windowsdan foydalanuvchining muloqoti yagona , yani 
turli dasturlar bilan ishlash qoidalari umumiydir . Shuning uchun yangi dasturlar 
bilan ishlaganda bu qoidalardan foydalanishimiz mumkin. 
Mavjud dastur ta’minoti bilan muvofiqligi – Windows MS DOS ning barcha 
amaliy paketlari, muharrirlari, elektron jadvallari ishini ta’minlaydi. 
Ko’p masalaligi – Windows bir paytning o’zida bir necha xujjat bilan ishlaydi, 
bir dasturdan boshqasiga o’tishni ta’minlaydi.
Ish stolida quyidagi elementlar joylashgan bo`lishi mumkin:
✓ tizimning va foydalanuvchining papkalari;
✓ hujjat va dastur fayllari;
✓ qurilmalar, papkalar va fayllar uchun yorliqlar.

Download 282.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling