Mustaqil ish mavzu: Abulqosim az-Zamaxshariy hayot faoliyati
Abulqosim az-Zamaxshariy shoh asari
Download 30.74 Kb.
|
tarix mustaqil
3. Abulqosim az-Zamaxshariy shoh asari .
Arab tili grammatikasiga bag’ishlanib yozilgan bu asar qisqacha Al-Mufassal deb atalib, az-Zamahshariy Makkada yashagan paytida - 513-515 yillar ichida yozilib (1119 yil dekabrining boshlari - 1121 mart oyi) tugallangan. << Al - Mufassal >> Arab tili nahvu sarfini o'rganishda yirik qullanma sifatida azaldan Sharkda ham, G'arbda ham dong’i ketgan asarlardan hisoblanadi. Ko'pchilik munaqqidlar az - Zamahshariyning bu asari o'z ilmiy qimmati jihatidan taniqli Arab tilshunosi Sibavayhnning (u 796 yilda vafot etgan) Arab tili grammatikasiga oid mashhur Kitob Sibavayhdan keyin ikkinchi urinda turadi, deb takidlaganlar. Osha davrning uzidayoq bu asar barcha xalqlar, hatto arablar orasida ham katta etibor qozonadi va arab tilini o'rganishda asosiy qullanmalardan biri sifatida omma orasida keng tarqaladi. Hatto Shom (Suriya) hokimi Muzaffariddin Muso kimda-kim az-Zamaxshariyning ushbu asarini yod olsa, unga besh ming kumush tanga pul va sarupo sovg'a qilishga vada bergan. Bir kancha kishilar az - Zamaxshariyning bu asarini yod olib, mukofotga ham sazovor bulganligi manbalarda keltirilgan. Bu misol az - Zamaxshariy asarining o'sha davrda ham qanchalik yuqori baholanganligini kursatadi. < Al - Mufassal » ning bir qo'lyozmasi Toshkentda, Abu Rayxon Beruniy nomli Sharqshunoslik instituti qulyozmalar fondida (5198 - rakqamda) saqlanadi. Asar ning nemis tiliga tarjimasi 1873 yilda nashr qilin gan . Katta ilmiy kimmatga ega bulgan << Al - Mufas sal » ga tilshunos olimlar tomonidan kuplab sharhlar yozilgan. Nemis sharqshunosi K. Brockelmanning fic richa “Al-Mufassal ha ëzilgan sharlarning o'tizga yaqin ekan. Asarning birinchi nashri 1859 yil da Kristianada J.R. Brosh tomonidan chop tilgan (bazi adabiyotlarda ikki marta chop etilgani qayd qilinadi). «Al-Mufassal» ning kup sonli sharhlaridan eng mashxuri urta asrlarda yashagan suriyalik grammatik olim Muvaffaq ad-Din Abu-l-Baqo Ya'iysh ibn Ali ibn Ya'iysh al-Xalabiy (1158-1245) tomonidan yozilgan sharh hisoblanadi. Mazkur Sharh 1882 yilda Leipstigda ikki jildda bosilgan. "Al-Mufassal" ga yozilgan boshka sharhlar ichida imom Faxriddin Muhammad ibn Umar ar-Roziy (vafoti 606 hijriy yil), Muhammad ibn Sa'd al-Marvaziy (vafoti 609 hijriy yil) larning shargi muhimdir, shuningdir Sadr ul-afozil al-Xorazimiy nomi bilan mashhur bulgan Abu Muhammad Majd ad - Din al - Qosim ibn al - Husayn " Al Mufassal " ga uchta sharh yozgan bulib , ulardan biri " At Tahmiyr " deb ataladi . Uning qul yozma nus halari Britaniya muziyda va Damashqda saqlanadi; Faxriddin al-Xorazmiyning "Al-Mufassal" ga yozgan sharhidan bir qulyozma nusxasi Damashkda, "Az-Zohiriya" kutubxonasida saqlanmoqda. Az - Zahshariyning bu asari Arab mamlakatlarida jumladan , Misrda bir necha marta nashr etilganligini ham qayd etish o'rinlidir. << Al - Mufassal fi san'at il - irab " nomi bilan atalmish ushbu kitobim turt qismdan iborat ", deb ta'kidlaydi az - Zamahshariy kitobiga yozgan muqaddi masida. Bir kism - ismlar , ikkinchi qism - Fe'llar , uchinchi qism - kumakchilar , to'rtinchi qism bu hollar mushtarak bulganlardan iboratdir . Download 30.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling