Mustaqil ish mavzu: Axborot manbalari yuzasidan jurnalistik materiallarni tahlil qiling Hazratqulov Samandar
Jamoatchilik fikrining ob’ekti va sub’ekti
Download 0.71 Mb.
|
Jurnalistika assoslari1
Jamoatchilik fikrining ob’ekti va sub’ekti.
Jamoatchilik fikri tushunchasi ma’no mazmuni nuqtai nazardan “jamoa”, “jamoatchilik”, “fikr” sŏzlarining mantiqiy maqsadli uyg’unlashuvi mahuslidir. Jamoatchilik fikrini teran va tŏg’ri anglamoq uchun yuqoridagi tarkib yasovchi sŏz terminlar mohiyatini avval boshdan anglab olmoq muhimdir. Hozir va ŏtmishda, vatanimiz yohud xorijiy mamalakatlar tadqiqotlari bu terminlar mazmuniga turlicha talqin berishib, ularga maqsaddan kelib chiqadigan ma’no yuklatib kelingan. Xususan, aksariyat tadqiqotlarda jamoatchilik fikrining tarkibiy Qismi bŏlgan “fikr” tushunchasi “tasavvur”, “muhokama”, “Qarashlar”, “mulohazalar”, “ishonch”, “e’tiqod”, “lafz”, “fikr bildirish”, “plyuralizm” va hokazo terminlarga sinonim tushuncha sifatida ham talqin etiladi. Fikr tushunchasining bunday har yoqlama talqini jamoatchilik fikrini tushunishda muayyan murakkabliklar tug’dirishi tabiiydir. Jamoatchilik fikri sotsiologiyasi – ijtimoiy guruhlarning mavjud voqelikka nisbatan baholovchi munosabatining shakllanishi va amal Qilish Qonuniyatlarini ŏrganuvchi fandir. Jamoatchilik fikri ŏzi nima? Jamoatchilik fikri – xalq istaydigan narsani bilishning noorganik uslubidir (Gegel’), jamoatchilik fikrida hamisha haqiqiy bŏlmagan narsalar chatishib ketsada, u har bir davrda katta kuchga ega bŏlib ketgan. Jamoatchilik fikri ijtimoiy ong shakllari, aytaylik, fan yoki mafkuradan noaniqligi bilan farq Qiladi. Chunki fikrning ŏzida u yoki bu holatga nisbatan taxminiy, ehtimoli bŏlgan uchun ham kŏpincha insonlar ongida vujudga keladigan ŏtkinchi, ŏzgaruvchan fikr, mulohaza, his-tuyg’ulari yig’indisidir. Lekin bu jamoatchilik fikri bilan hisoblashmaslik kerak degan gap emas. Jamoatchilik fikrini sotsiologik tadqiq etish predmeti – bu jamoatchilik fikrining ijtimoiy mohiyati, uning jamiyat hayotining turli tomonlariga ta’siri, shakllanishi, ifodalanishi va amal mexanizmlari masalalaridir. Jamoatchilik fikri atamasi inglizcha “publik opinioh” sŏz birikmalaridan olingan bŏlib, u XVII asrda dastlab Angliyada Qŏllanilgan keyinchalik boshqa mamlakatlarga ŏtib, XVIII asr oxiridan boshlab keng tarqalgan. Xuddi shuningdek jamoatchilik tushunchasi xususida ham ilm fanda yakdil Qarashlarni yŏqligini e’tirof etish jozidir. “Jamoatchilik” tushunchasi eng Qadimgi davrlarda xususan Qŏhna Ellada va Rim davlatlari siyosatida muhim ŏrin tutgan bŏlib, unga xalq fikri nuqtai nazaridan Qarab kelingan. Garchi Qadimgi Ellada mamlakatida jamoatchilik fikriga muhim ahamiyat berib kelingan bŏlsada, bu masalada kŏproq differentsial yondoshuv ustunlik Qilgan. Xususan, xalq fikri zodagonlar, askar boshliqlari, shaharliklar ozod afinaliklar fikri periferiya, polislar yohud plebeylar va Qullar fikridan keskin farq Qilgan. Shu boisdan “jamoatchilik” termini Qadimgi Yunon va Rim davlatlarida “el xalq maqsad tilaklari”, Olmoniya, Farangiston va Angliyada “omma hohish irodasi”, Pol’sha va Chexoslavakiyada “guruh”, Rossiyada “yig’in fikr yodi” ma’nolari bilan uyqash tushunib kelingan. Movarounnahrning kŏp yillik tarixida jamoatchilik termini muqaddas tushunchalardan sanalib shaxs va jamoa munosabatlarida birlamchi ŏrin tutib kelgan. U shaxsning tavalludidan boshlab butun hayoti davomida muayyan mayoq vazifasini ŏtab, tartib Qoidalar, tuzuklar, Qonunlar, urf-odatlar va an’analar tarzida amal Qilib kishilarning hatti-harakatlari, ŏy fikrlari, orzu va rejalarini muayyan maqsadlar sari yŏnaltirib kelgan. Jamoatchilik fikrining shaxs va jamiyat munosabatlarida ustun mavqeiga egaligi jamoatchilik tushunchasini esa yondashuv nuqtai nazar ma’nosida anglash imkonini beradi. Shu boisdan, bizning nazarimizda jamoatchilik fikri tushunchasini xalq yondoshuvi xalq nuqtai nazari tarzida tushunish maqsadga muvofiqdir. Zero, fikr nuqtai nazar ma’nosida tutilganda ŏz lug’aviy mazmuni zamiriga mulohaza, baholash, Qarashlar singari tarkibiy hamda tizimiy tushunchalarni ham Qamrab oladi. Shunday Qilib jamoatchilik fikri tushunchasiga berilgan yuqoridagi ta’rif negizida mazkur ijtimoiy hodisa mohiyati va tarkibiy Qismlari xususida atroflicha mulohaza yuritish mas’uliyati mujassamlashganligini e’tiborga saqlamoq lozimdir. Jamoatchilik fikri tushunchasining ma’no doirasi juda keng bŏib, uning tarkibiga mazkur ijtimoiy hodisaning shakllanishi umuminsoniy vazifalarini hal etishidagi ŏrni va ta’lim masalalari ham kiradi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, jamoatchilik fikri mohiyatini izohlovchi turli-tuman ta’riflar mavjud bŏlib, ular ijtimoiy ongning bu hodisasi mazmunining u yoki bu jihatlarini oydinlashtirishga tŏla Qonli yaxlit tasavvur shakllanishga shubhasiz kŏmaklashadi. Jamoatchilik fikri termini Harbiy Evropada ilk da’fa Angliya huquq nazariyasi fanida Qŏllanilgan bŏlib, sŏngra u Olmoniya, Farangiston mamlakatlari ijtimoiy – siyosiy hayotida keng foydalana boshlandi. XVII-XVIII asrlarda Angliya ijtimoiy hayotida mazkur muammo bir muncha tor tushunilib, asosan siyosiy fikrlar jamoatchilik fikri sifatida talqin Qilib, mamlakat miqyosida Parlamentida Qabul Qilingan Qarorlarga nisbatan xalqning Qarshi yoki tarafdor kayfiyati jamoatchilik fikri sifatida talqin etib kelindi. XVIII – asr sŏnggiga kelib Angliyada shaxs erkinligi va ozodligi amalga ta’minlanganligi, har bir shaxsga ŏz mulohaza va nuqtai nazaralarini oshkora tez hal eta olish huquqlarini rasman berilganligi va Qonun yŏlida mustahkamlanishi bilan jamoatchilik fikri tushunchasi keng ommalasha boshladi. Jamoatchilik fikrini ommalashuvi jamiyatda rasmiylashuvi, tashkiliy shakllanish jarayonlarini ham tezlashtirib yuboradi. Ijtimoiy xayot tarkibida turli xil siyosiy oqimlar partiyalar, uyushma va jamiyatlar faol amaliy-nazariy say harakatlarini boshlab yubordilar. Turli xil tashkilot va birlashmalarga uyushgan kishilar tabiat va jamiyat xususidagi tasavvur va rejalarini yanada kengroq yoyish maqsadlarida ommaviy axborot vositalari taraqqiyotiga kuchli turki berdilar. Bu esa jamoatchilik fikri yuzasidan boy emperik materiallarni tŏplanishi va natijada uni nazariy tatqiq etish jarayonini dolzarb masala sifatida kŏp tartibiga Qŏya boshladi. Bu xususida amalga oshirilgan ilk tadqiqotlar xususidagi ma’lumotlarni Brays va F.Gol’tsendrof asarlarida uchratamiz. Bu asarlarda ilgari surilgan fikrlarga kŏra, g’arbiy Evropada jamoatchilik fikri XIX asr oxiriga Qadar huquqshunoslik fanining predmeti sifatida ŏrganib kelingan. XX asr boshlaridan e’tiboran esa jamoatchilik fikri bilan ijtimoiy psixologiya fanining yirik namoyondalari jiddiy qiziqa boshladilar. Qisqa vaqt ichida G.Lebon, V.Baur, Ch.Kuli, U.Limpan va boshqa yirik mutaxassislarining salmoqli tadqiqotlari nashrdan chiqazildi. Bu asarlarda jamoatchilik fikri ijtimoiy ongning muayyan holati, ilmiy boshqarishga moyil hodisa ekanligi, muayyan yŏnalishdagi motivatsion omillar hosilasi sifatida talqin etildi. Jamiyat hayotiga sotsiologiya fanining kirib kelishi jamoatchilik fikrining ijtimoiy ahamiyatini keskin kuchaytirdi. Jamoatchilik fikri sotsiologiya fanining uzviy tadqiqot ob’ekti sifatida atroflicha ŏrganila boshlandi. Ayni chog’da mazkur muammoni ilmiy ta’riflash hamda yondashishda Qator plyuaralistik nuqtai nazaridan ilgari sura boshlandi. Shubhasiz, jamoatchilik fikri kishilarning u yoki bu hodisaga nisbatan bildirgan e’tiroziy yohud e’tirofiy munosabatlari taklif va istaklari jamul-jamidir. Jamoatchilik fikri mohiyatini umumiy tarzda va tŏg’ri baholashda amerikalik sotsiolog U.Lipmon nuqtai nazari e’tiborga loyiqdir. Jamoatchilik fikri deb ta’kidlaydi, u kishilarning umumiy, jamoaviy manfaatlari ifodasidir. XIX asr frantsuz jamiyatshunos olimi A.Sonining fikricha, jamoatchilik fikrlari ŏz ijtimoiy –siyosiy g’oyalari va nuqtai nazarlarini targ’ib tashviq etish ommalashtirish imkoniga shakllantirilishi mumkindir. Angliyalik faylasuf Dj.Lokn jamoatchilik fikri ta’sir doirasini toraytirib tushuntirishga urinadi. Tabiiyki, bunday yondashuvlar jamoatchilik fikrining ahamiyati va ijtimoiy ta’siri kŏlamlarini etarli anglamaslikdan boshqa narsa emasdir. Jamoatchilik fikriga adabiyot va san’at va diniy muassasalar arboblari ham turlicha izoh va ta’rif berishga harakat Qilganlar, zero, aksariyat hollarda adabiyot, san’at borasida iste’dodli asarlar, muqim ijtimoiy-siyosiy voqealar, diniy Qoida va Qarashlar tevaragida ham kuchli jamoatchilik fikri shakllanishi, jamiyatda muayyan ijitimoiy rezonans tug’rdirishi tabiiydir. Shunday Qilib, jamoatchilik fikri ijtimoiy ongning axloq, siyosat, san’at, din singari shakllardagi ma’lum holati va ayni chog’da mazkur sohalarda uning nechog’li namoyon bŏlish mezoni hamdir. Gegel’ ŏzining “huquq falsafasi” asarida jamoatchilik fikri va mohiyati xususida mulohaza yuritib, unga “muvofiqlik” mezoniga kŏra uyg’unlashuvga fikrlar jamuljamidan ŏzga hodisa emas deb Qaraydi. “Kishilar – deb Qayd etadi ulug’ faylasuf – ijtimoiy hodisalar xususida ŏz mulohazalarini izhor etishlari hisobiga kŏpchilikning ŏzaro mantiqan muvofiq umumiy fikri yuzaga keladi”. Gegel’ning ta’kidlashiga kŏra, jamoatchilik fikri “xalq ŏy-xayoli va hohishlarining noorganik birlashuvi va yalpi namoyon bŏlishidan ŏzga narsa emasdir”. Gegel’ ijtimoiy xayot sohalarining ba’zilarida, xususan, ilm-fan muammolariga yondoshishda jamoatchilik fikridan foydalanmaslik nuqtai-nazarini, ilgari suradi. U ilm-fan chuqur tekshirishi, atroflicha tadqiq etilgan ma’lumotlar negizidagina takomil topishini ta’kidlaydi. Aksariyat hollarda jamoatchilik fikri “maxsus tayyorgarlikdan ŏqimagan kishilar fikr-mulohazalarining yig’indisi sifatida kŏpgina tasodifiy faktlar, tasdiqlanmagan xabarlar, fisq-fasod va g’iybatlar asosida ham shakllanishi mumkin” deb uqtiradi. Shunday Qilib, Gegel’ jamoatchilik fikriga baho berishda ehtiyotkorlik va sovuqqonlik zarurligini ta’kidlab masalaga birmuncha konservativ boshqaruv jarayonlarida anglashni inkor etadi. Jamoatchilik fikri bilan bevosita shug’unlanuvchi mutaxassislar bu ijtimoiy hodisaning murakkabligini ta’kidlashadi. Darhaqiqat, jamoatchilik fikrini tasvirlash, aniqlash mushkul, uni ŏlchab bŏmaydi. Lekin u hamma joyda mavjud, uning ta’sirini alohida shaxs hatti-harakatida ham, omma xulq-atvor foaliyatida ham kŏrsa bŏladi. Jamoatchilik fikrining strukturasini tahlil Qilishda birinchi navbatda uning ob’ekti va sub’ekti masalalarga e’tiborni Qaratish zarur. Jamoatchilik fikrining ob’ektini aniqlashda, dastavval ikkita muammo e’tiborga molikdir.
Jamoatchilik fikrini unda aks ettirayotgan voqelikning ŏziga xosligi nuqtai nazaridan tahlil etish. Boshqacha Qilib aytganda, jamoatchilik fikri dunyodagi hamma narsa tŏg’risidagi fikr Qila olishi mumkinmi yoki uning mulohaza doirasi chegaralanganmi? U yoki bu hodisa, jamoatchilik fikrining ob’ektiga aylanishining mezonlarini aniqlash, boshqacha aytganda, jamoatchilik fikrini uyg’otadigan ob’ekt Qanday sifatlari, xususiyatlari bilan farq Qiladi. Birinchi savolga javob tariqasida avvalo shuni Qayd etish kerakki, jamoatchilik fikrining obe’kti bŏlib ham obe’ktiv voqelik, ham sube’ktiv reallik faktlari hisoblanishi mumkin. Shu bilan birga jamoatchilik fikri ma’lum darajada chegaralangandir, muayyan bir holatlargina jamoatchilik mulohazalarining obe’kti bŏla oladi. Bular a) voqea va hodisalarning haqqoniy mavjudligi; b) voqea hodisalar ŏrtasidagi munosabatlar; v) voqea-hodisalarning kishilar ongida aks etishi. Ushbu holatlar jamoatchilik fikri sotsiologiyasida “aniqlik chegarasi” deyiladi. Bu “chegaradan” tashqarida bŏlgan narsalar tŏg’risida jamoatchilik fikri mulohazaga ega bŏla olmaydi. Endi jamoatchilik fikrining ob’ektiv tanlash mezonlariga tŏxtalamiz. Duch kelgan har bir narsa, hodisa, voqea, jarayon yoki fakt ham birvarakayiga jamoatchilik fikri ob’ekti bŏlavermaydi. Jamoatchilik fikrini uyg’otishning birinchi omili ijtimoiy manfaat bŏlib, bevosita manfaat tug’diradigan dolzarb hodisa yoki narsalargina mulohazaga sabab bŏladi. Chunki bunday holatlar kishilardan baholovchi munosabatni bildirishini talab etadi. Omma fikrining shakllanishi asosida “umumiy ish” yotadi.
Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling