Mustaqil ish mavzu: Axborot manbalari yuzasidan jurnalistik materiallarni tahlil qiling Hazratqulov Samandar
Download 0.71 Mb.
|
Jurnalistika assoslari1
Jamoatchilik fikri funktsiyalari
Jamiyatni rivojlantirishda keng jamoatchilik fikri suyanish katta tarixiy tajribaga suyanishni talab etadi. Jamoatchilik fikri Quyidagi funktsiyalarni bajarib kelinganligining shohidi bŏlishgan.
Direktiv, ya’ni Qarorlar Qabul Qilishda jamoatchilikning keng ishtiroki. Konsul’tativ-Qarorlarni hayotga tadbiq etishda, hukm chiqarishda keng jamoatchilik bilan maslahatlashishi. Turli davlatlar va nodavlat tashkilotlar ishi ustidan nazorat ŏrnatishda. Ekspressiv (nazorat) – ya’ni favqulodda hodisalarning oldini olish va bartaraf etishda va hokazo funktsiyalarni bajaradi. Konstruktiv funktsiyasi. Bu sube’ktlarning ijtimoiy munosabatlari va jarayonlarini ŏziga xos programmalashtirishdir. Regulyativ (boshqaruv) funktsiyasi. Baholash funktsiyasi. Pozitiv (ijobiy) funktsiya. Negativ (salbiy) funktsiyalarni bajaradi. Umuman, jamoatchilik fikri funktsiyalarini uch guruhga bŏlish mumkin: Jamoatchilik fikrining mohiyati va mazmunini ifoda etuvchi funktsiyalar: a) gneseologik; b) baholash; Jamoatchilik fikrining ijtimoiy ahamiyatini ifoda etuvchi funktsiyalar: a) tarbiyalash; b) rag’batlantirish; v) nazorat Qilish; g) maslahat. Jamoatchilik fikrining kishilarga ta’sirini ifoda etuvchi funktsiyalar. Nihoyat, ifodalanish shakliga kŏra jamoatchilik fikri ikki pozitiv (ijobiy) va negativ (salbiy) funktsiyalarni bajaradi. Darhaqiqat, jamoatchilik ŏz fikrini doimo Qŏllab Quvvatlash va aksincha, inkor etish, Qoralash kŏrinishida bildirishi mumkin. Sube’kt ijtimoiy jarayonlarda oylik ishtirok etishga tayyorligini bildirgan taqdirda jamoatchilik fikri pozitiv, agar sube’kti norozilik bildirib, hech bir harakatni sodir Qilmagan taqdirda negativ vazifani bajaradi. Mamlakatning rivojlanishi, dunyoda ŏz ŏrni va mavqeiga ega bŏlishi uchun jamoatchilik fikrining islohotlarga munosabati, ularning boshqaruvidagi ishtiroki, hukumat Qarorlarini nazorat Qilib borishi juda muhimdir. Biz davlat idoralari ustidan jamoatchilikning nazoratini ŏrnatishga erisha olmasak, poraxŏrlik, Qonunbuzarlik, ŏz mansabini suist’emol Qilish kabi illatlarni tak tomiri bilan tugatishning imkoni bŏlmaydi. Bunga erishish uchun eng avvalo jamoatchilik vakillarining siyosiy, ijtimoiy saviyasini ŏstirish kerak. Har bir fuqaro ŏz huquqini yaxshi bilishi va uni himoya Qila olishi zarur. Odamlarning huquqiy madaniyat, hukuqiy ong, huquqiy bilimlar bilan Qurollantirish asosiy vazifalardan biri bŏlishi shart. Toki, jamiyatning har Qaysi a’zosi ŏz huquqi, ŏz burchi va ma’suliyatni puxta bilmas ekan, uni hayotiy ehtiyoj sifatida anglamas ekan, bizning islohot, yangilanish haqidagi barcha sa’iy harakatlarimiz besamar ketaveradi. Hayotimizda Qonun talablari bŏzilishiga asosiy sabab- ijtimoiy tashkilotlar, nodavlat tashkilotlar, mahalla, ayollar, yoshlar va boshqa jamoat birlashmalarining hayotimizga ta’siri va ŏrni etarli darajada shakllanmagani bilan izohlash mumkin. Huquqiy, nodavlat tashkilotlari ustidan nazorat ŏrnatishda, jamoatchilik va ijtimoiy tashkilotlar bilan birga, avvalam bor fuqarolar va jamoatchilik erkin fikrini ifoda etuvchi ommaviy axborot vositalari ish olib borishi, haqiqat va adolat uchun kurashga qattiq bel bog’lashi lozim. Jamoatchilik nazoratining tub mohiyati shundaki, jamoatchilik amalga oshirayotgan islohotlar sur’atini, ularning sifatini, islohotlar boshida turgang rahbarlarning g’ayratini, layoqatini holisona ŏrganib, yutuqlarni e’tirof Qilib, kamchiligini rŏy-rost ochib tashlashimiz kerak. Hozirdanoq, davlat organlarining ayrim vaklatlarini bosqichma-bosqich, asta-sekinlik bilan nodavlat tashkilotlariga, fuqarolarning ŏzini-ŏzi boshqarish organlariga berib borish lozimligini hayotning ŏzi yaqqol kŏrsatmoqda. Bevosita jamoatchilik fikri asosida amalga oshadigan jarayonlardan biri saylovlardir. Xalq saylovda ilg’or, etuk va ŏzida ta’surot Qoldirgan rahbarni, liderni tanlab olishga imkon beradi. Saylovlar xalqni boshqara olmaydigan, loqayd rahbarlardan voz kechishga, har tomonlama etuk, ilg’or g’oyalarni olg’a suruvchi, jamiyatning rivojlanishiga ŏz hissasini Qŏshuvchi rahbarlarni Qŏllab-Quvvatlashga katta yordam beradi. Iqtisodiyotning rivojlanishida, jamiyatning adolat va demokratiyaning Qaror topishida turli xil jamoatchilik tashkilotlarning ŏrni juda kattadir. Agar nodavlat tashkilotlar, ijtimoiy tashkilotlar, yoshlar va boshqa jamoat birlashmalarning hayotimizga ta’siri Qanchalik kuchli bŏlsa va ular ŏz ŏrniga ega bŏlsa, demokratik har tomonlama rivojlangan davlatning Qaror topishi shunchalik tezlashadi. Masalan, sobiq sssrning tarqalishi yoki uni saqlab Qolish masalasi keng jamoatchilik fikri asosida – referendum natijalariga binoan hal Qilindi. Xuddi shuningdek, Ŏzbekiston Prezidenti I.Karimovning Prezidentlik vakolat muddatini Oliy Majlis deputatlari ishi bilan muvofiqlashtirish masalasi ham referendum orqali jamoatchilik fikrini ŏrgangan holda uning vakolati 2000 yilga Qadar uzaytirildi. Konstitutsiya va boshqa Qonunlarning Qabul Qilinish jarayonlari ham jamoatchilik muhokamasidan sŏng ŏzgartirishlar kiritilgan holda amalga oshirilmoqda. Sud jarayonlarida ham hamisha jamoatchilik vakli sud maslahatchisi sifatida ishtirok etib kelmoqda. Jamoatchilik fikriga sabab bŏladigan birinchi omil – manfaatdir. Jamoatchilik fikriga sabab bŏladigan ikkinchi omil bu – munozaralilikdir. Boshqacha aytganda, u yoki bu darajada munozarali, bahsli holatga ega bŏlgan hodisalargina jamoatchilik fikri predmetiga aylanishi mumkin. Jamoatchilik fikri doimo hali hal bŏlmagan masalalar bŏyicha shakllanadi va hech Qachon sŏzsiz, aniq masalalar bŏyicha tug’ilmaydi. Nihoyat, jamoatchilik fikrini uyg’otadigan uchinchi omil – malakalilikdir. Bu shuni anglatadiki, jamoatchilik bilishi va tushunishi mumkin bŏlgan hodisalargina jamoatchilikning ob’ekti bŏlishi mumkin. Jamoatchilik fikri sub’ekti deganda, avvalo jamoatchilik doirasida fikr uyg’ota olish Qobiliyatiga ega bŏlgan fikr egasi va ifodalovchisi tushuniladi. Shu ŏrinda sub’ekt sifatida alohida individ, kichik guruhlar, jamoa, millat, sinf va hatto jamiyat hisoblanishi mumkin. Jamoatchilik fikrining bilish imkoniyati muayyan – tarixiy xususiyatga ega, ya’ni u jamiyatda mavjud madaniyat, texnik imkoniyatlar, muloqot vositalarning rivojlanganlik darajasi va boshqa omillarga bog’liq. Shu bilan birga jamoatchilik fikri ijtimoiy ong shakllari (fan, mafkura, din, san’at, axloq, huquq, siyosat va b.), darajalari (individual, kollektiv, milliy, sinfiy ong) va sohalari bilan bog’liq holda rivojlanadi. Aytish mumkinki, jamoatchilik fikri – ijtimoiy ongning tez ŏzgaruvchan, dinamik holatidir. Jamoatchilik fikri turli darajaga ham ega bŏlib, bu individual, kollektiv va ijtimoiy fikr kŏrinishida bŏladi va ular ŏrtasida doimiy va mustahkam bog’liq mavjud. Jamoatchilik fikri kŏp jihatli hodisadir. Uning ratsional aqliy (bilimlar), psioxologik (ijtimoiy ruhiy) kechinmalar, aksiologik (Qadriyatlar) va boshqa jihatli bŏlib, birgalikda jamoatchilik fikrining tez tarqaluvchan va eksentiv xususiyatini ta’minlaydi. Jamoatchilik fikrining real ijtimoiy hayotda amal Qilishi uning ifodalanishi va u bajaradigan vazifalar bilan xarakterlanadi. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling