Mustaqil ish mavzu; Bankka oid huquqbuzarliklar, nizolar va ularni hal etilish choralari


Rasmiy oltin -valyuta zaxiralarini saqlash


Download 64.6 Kb.
bet5/7
Sana27.12.2022
Hajmi64.6 Kb.
#1069509
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqil ish

Rasmiy oltin -valyuta zaxiralarini saqlash. Xalqaro hisob-kitoblarda zaxiradagi aktiv va kafolatli sug‘urta fondi va zifasini ado etish Markaziy bankning pul-kredit siyosatida va mablag‘laridan sharoitga qarab foydalanishi mkonini beribginaqolmay, balkidunyo moliya bozorlarida operatsiyalarni amalga oshirish yo‘li bilan mamlakatimizning oltin valyuta zaxiralarini qiymatini saqlabturishi mkoniyatini yaratadi. boshqa moliya muassasalari, korxonalar va xususiy shaxslar ham xorijiy valyutaga ega bo‘lish va valuta operatsiyalarini o‘tkazishga haqiborligiga qaramasdan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki valuta zaxiralarini saqlovchi asosiy depozitariy bo‘lib qolishi mumkin.
Markaziy bank hukumatning va boshqa davlat organlarining pul mablag‘larini va valyuta qimmatliklarini depozitga qabul qilishi, depozitariy sifatida pul mablag‘larini va valyuta qimmatliklarini olishi va berishi, ularning hisobini yuritishga mas’ul hisoblanadi.
Markaziy bank Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi va davlat organlarining fiskal agenti sifatida:
-Moliya vazirligi va boshqa davlat organlari chiqargan qarz majburiyatlarini joylashtirish, bu joylashtirishlarni ro‘yxatga olish va ularni topshirishda agent rolini bajarish;
- qimmatli qog‘ozlarning qiymatini, ular bo‘yicha foizlar va boshqa to‘lovlarni to‘lash;
- qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha hisobvaraqlari yuritish va ularga doir to‘lov operatsiyalarini bajarish;
- qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish borasida faoliyat ko‘rsatishi mumkin.
Markaziy bank Moliya vazirligiga davlatning qimmatli qog‘ozlarini chiqarish va davlat qarzini qaytarish jadvali hamda hajmi masalalari yuzasidan ularning bank tizimi likvidliligiga ta’siri va monetar siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini hisobga olgan holda maslahat beradi.
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlangan miqdorda, bir yil ichida qiymati to‘lanadigan aktivlar garovga qo‘yilishi sharti bilan, alohida kredit shartnomasi asosida hukumatga kreditlar berishi mumkin. Hukumat bilan Markaziy bank iqtisodiyotdagi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni nazorat qilish uchun doimiy ravishda statistik axborot almashib turadilar.
Markaziy bank banklar faoliyatini tartibga solish va ularni nazorat qilishdan asosiy maqsad “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq bank tizimining barqarorligini ta’minlash, omonatchi va kreditorlar, o‘z aksiyadorlarining manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
Ushbu maqsadni amalga oshirishning asosiy vositalaridan biri bank faoliyatiga ruxsatnoma (litsenziya) berishdir. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining maxsus komissiyasi bu faoliyat bilan shug‘ullanishga da’vogarlarning birlamchi hujjatlarini ko‘rib chiqadi, pul bozorida ularning muomalaga tayyorligini, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki talablariga javob berishini tahlil qiladi va qaror ijobiy bo‘lgan taqdirda bank faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma beradi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank muassasalarining rivojlanishini har tomonlama hisobga olib, kuzatib boradi. Kapitalning aynan bir xilligi, likvidlikka doir talablarni o‘z ichiga oluvchi iqtisodiy me’yorlarni, shuningdek, kreditlash hajmi va limitlarini belgilaydi, kredit tashkilotlarning hamma turlari uchun yagona mazmunga ega bo‘lgan iqtisodiy me’yorlarni o‘rnatadi va ular bajarilishi ustidan nazorat olib boradi. Bank kapitalining yetarliligi, aktivlarning sifati, foydaliligi va likvidligiga qarab tijorat banklarining moliyaviy ahvoli baholanadi, nochor banklar aniqlanadi.

Download 64.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling