Mustaqil ish mavzu; Bankka oid huquqbuzarliklar, nizolar va ularni hal etilish choralari


Markaziy bankning hukumat bilan o‘zaro munosabatlari


Download 64.6 Kb.
bet4/7
Sana27.12.2022
Hajmi64.6 Kb.
#1069509
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqil ish

Markaziy bankning hukumat bilan o‘zaro munosabatlari
Xukumat maslahatchisi-xazina vakili vazifasi. Bu vazifa “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi qonunda mustahkamlab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hukumat banki sifatida davlat muassasalari va tashkilotlarining hisobvaraqlarini yuritadi, Ana shu hisobvaraqlarda mablag‘larni jamg‘aradi va ulardan to‘lovlarni amalga oshiradi, davlat qimmatli qog‘ozlari bilan operatsiyalarni o‘tkazib turadi, davlatga bevosita qisqa muddatli ssudalar shaklida yoki davlat obliga tsiyalarini harid qilish tarzida kredit beradi, hukumati doralarining topshirig‘iga binoan oltin bilan yoki xorijiy valyutada operatsiyalar bajaradi.
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi hukumatining bankiri, maslahatchisi va fiskal agenti (xazina vakili) sifatida ish tutadi. Markaziy bank hukumatga Markaziy bankning vazifalariga hamda vakolatlariga daxldor barcha muhim masalalar, davlat sektoriga qarz ajratish masalalari bo‘yicha maslahat beradi, har yili hukumatga iqtisodiy va moliyaviy masalalar, shuningdek monetar va valyuta siyosati bo‘yicha davlat byudjetini tayyorlashga doir tavsiyalarni o‘z ichiga olgan ma’ruzani taqdim etadi. Hukumat o‘z navbatida kelgusi moliya yilida kreditlashning ichki va tashqi manbalaridan qarz ajratish to‘g‘risida Markaziy bank bilan maslahatlashadi. Moliya vazirligi esa respublika va davlat organlari olayotgan barcha qarzlar to‘g‘risida Markaziy bankka xabar beradi. Hukumat davlat sektoriga qarz ajratish masalalarida, kredit berishning ichki va tashqi manbalaridan mablag‘ olish rejalari to‘g‘risida Markaziy bank bilan maslahatlashadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hukumatning fiskal (xazina) agenti vazifasiga muvofiq hukumat hisobvaraqlarini yuritar ekan, hukumatning moliya operatsiyalarini amalga oshirishda ko‘maklashadi, budjet kirimlari va chiqimlari masalalari yuzasidan maslahatlar beradi, davlat qimmatli qog‘ozlarini joylashtirishda vakil sifatida ishlaydi, ular bo‘yicha hisobvaraqlarni yuritadi, davlat Qarz majburiyatlari bilan bog‘liq boshqa masalalarini hal etishdaqatnashadi.

Download 64.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling