Mustaqil ish mavzu: bozor muvozanati. Mavzu: bozor muvozanati


va ishlab chiqaruvchi yutug‘ining grafikdagi tasviri


Download 274.85 Kb.
bet4/10
Sana06.02.2023
Hajmi274.85 Kb.
#1169866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
23.Bozorlar samaradorligi

va ishlab chiqaruvchi yutug‘ining grafikdagi tasviri.

Maksimal narx o‘rnatilganda bir qator ishlab chiqaruvchilar (xarajatlarini maksimal narxda qoplay olmagani uchun) bozordan siqib chiqariladi va ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulot hajmi dan gacha kamayadi. Tovarni sotib olishni davom ettirayotgan iste’molchilar tovarni past narxda sotib oladilar va ularning iste’mol yutug‘i oshadi. Ushbu oshgan yutuq grafikda qo‘shshtrixlangan A to‘rtburchak yuzi bilan ifodalangan. Lekin bir qator iste’molchilar tovar hajmi qisqargani uchun uni sotib ololmaydilar. Ularning iste’mol yutug‘ining qisqarganligi shtrixlangan V uchburchak yuziga teng. Demak, iste’molchi yutug‘ining sof o‘zgarishini quyidagicha aniqlash mumkin.


, (1)
bu erda, - iste’molchi yutug‘ining sof o‘zgarishi.
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, bo‘lgani uchun sof iste’molchi yutug‘i musbat
Endi ishlab chiqaruvchi yutug‘ini qaraymiz. Bozorda qolib ishlab chiqarishni davom ettirayotgan ishlab chiqaruvchilar bozor narxidan past narxda hajmda mahsulot ishlab chiqaradi. Ishlab chiqaruvchilar grafikda ko‘rsatilgan A to‘rtburchak yuziga teng bo‘lgan yutuqni yo‘qotadilar.
Bozordan siqib chiqarilgan ishlab chiqaruvchilar tomonidan yo‘qotilgan ishlab chiqaruvchi yutug‘i esa S uchburchak yuzi bilan ifodalangan. Demak, ishlab chiqaruvchi yutug‘ining umumiy o‘zgarishi teng:
, (2)
bu erda, i/ch - ishlab chiqaruvchi yutug‘ining sof o‘zgarishi.
Maksimal narx o‘rnatilganda asosiy yo‘qotishlar ishlab chiqaruvchilar zimmasiga to‘g‘ri keladi.
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, narxni nazorat qilish umumiy yalpi yutuqning ma’lum qismini yo‘qotishga olib keladi va ushbu yo‘qotishga to‘liq yo‘qotish deyiladi.
YUtuqlarning umumiy o‘zgarishini aniqlash uchun biz iste’mochi yutug‘i o‘zgarishi ist. va ishlab chiqaruvchi yutug‘i o‘zgarishi i/ch ni qo‘shamiz.
(3)
SHunday qilib, biz V va S uchburchaklarning yuziga teng bo‘lgan to‘liq yo‘qotishni olamiz. Bu to‘liq yo‘qotish narxlarni nazorat qilish bilan bog‘liq davlatning iqtisodiy siyosatining samarasiz ekanligini ko‘rsatadi. Bu erda ishlab chiqaruvchilar tomonidan yo‘qotilgan yutuqning iste’molchilar yutib olgan yutuqdan katta ekanligini ko‘rish mumkin.
Agar talab chizig‘i juda ham elastik bo‘lmaganda narxlarni nazorat qilish ham juda katta yo‘qotishga olib kelishi mumkin (5-rasm).
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, V uchburchak yuzi bozordan siqib chiqarilgan iste’molchilarning yo‘qotishlari bo‘lib, bu bozorda qolib tovarni sotib olish huquqiga ega bo‘lgan iste’molchilarning yutug‘ini ifodalovchi A to‘rtburchak yuzasidan katta. Bu erda bozordan siqib chiqarilgan iste’molchilar katta yo‘qotishga ega.



Download 274.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling