Mustaqil ish mavzu: Bubble sort algoritmi. Bajardi: Allayarov Tohirjon


Download 104.22 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi104.22 Kb.
#1518787
  1   2   3   4
Bog'liq
Bubble sort


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TAʻLIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI MILLIY UNIVERSITETININIG
JIZZAX FILIALI


AMALIY MATEMATIKA FAKULTETI

«KOMPYUTER ILMLARI VA DASTURLASHTIRISH» kafedrasi

“ALGORITMLAR VA BERILGANLAR STRUKTURASI”


FANIDAN

MUSTAQIL ISH

Mavzu: Bubble sort algoritmi.


Bajardi: Allayarov Tohirjon yoʻnalishi Axborot tizimlari va texnalogiyalari kurs-2 guruh – 20_21 talabasi
Tekshirdi:Tojiyev Maruf
Jizzax – 2023

Saralash algoritmlarining tahlili (Pufakcha usulda saralash, tanlab saralash)


Bubble(pufakcha usuli) sort algoritmi g’oyasi
Bubble sort algoritmi juda ham oddiy ishlaydi. U shunchaki array boshidan yurib ikkita qo’shni elementlarni ularning katta kichikligiga qarab joyini almashtiradi. Bu orqali har bir to’liq yurib chiqishdan keyin arraydagi eng katta (yoki eng kichik) element arrayning eng oxiriga o’tib qoladi.
Ushbu xusiyatiga ko’ra bu algoritm ba’zida Sink sort (Cho’kib saralash) deb ham ataladi. Lekin, albatta, Bubble sort nomi ko’proq jarangdorroq eshitiladi. Algoritm qadamlari
Ko’rib turganingizdek algoritm g’oyasi juda ham oddiy. Endi uni qadamma-qadam keltirib o’tamiz.
Array boshidan uning oxirgi elementidan bitta oldingi elementigacha yurib chiqamiz.
Har bir yurib chiqishda ichki takrorlanish orqali qo’shni elementlarni bir-biri bilan solishtirib, katta elementni o’ng tomonga joylashtirib ketamiz. (O’sish tartibidagi saralashda)
Har bir tashqi takrorlanish qadami tugagandan so’ng bizda array oxiridan boshlab array saralanib boradi. Shu sababli har safar ichki takrorlanishda bu qismni qayta ko’rib chiqish shart emas.
Tashqi takrorlanish tugaganda bizda saralangan massiv hosil bo’ladi.
Selection sort (Tanlab saralash)g’oyasi
Selection sort g’oyasi juda ham oddiy: har qadamda arrayning saralanmagan qismidagi eng kichik (yoki eng katta) elementni topib saralangan qism oxiriga qo’shib ketish.

Download 104.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling