Mustaqil ish mavzu: Coca cola Bajardi: Baxromov X tekshirdi: Odilova D


Мустақил ишларни ташкил этишнинг шакли ва мазмуни


Download 45.62 Kb.
bet6/10
Sana08.06.2023
Hajmi45.62 Kb.
#1462900
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
G‘oyaviy tahdidlardan himoyalanishda tarbiyaviy tadbirlarning roli.

Мустақил ишларни ташкил этишнинг шакли ва мазмуни: Мустақил таълимнинг турли хил шакллари мавжуд бўлиб, бунда асосий эътибор талабанинг берилган мавзулар (амалий масалалар, топшириқлар ва кейс-стадилар)ни мустақил равишда, яъни аудиториядан ташқарида бажариши, ўқиб ўрганиши ва шу йўналиш бўйича билим ва кўникмаларини чуқурлаштиришига қаратилади. Талаба мустақил ишни тайёрлашда муайян фаннинг хусусиятларини ҳисобга олган ҳолда қуйидаги шакллардан фойдаланиш тавсия этилади: дарслик ёки ўқув қўлланмалар бўйича фанлар боблари ва мавзуларини ўрганиш; тарқатма материаллар бўйича маърузалар қисмини ўзлаштириш; мустақил ишлар, кейс-стадилар билан ишлаш; махсус ёки илмий адабиётлар (монографиялар, мақолалар) бўйича фанлар бўлимлари ёки мавзулари устида ишлаш; фанга оид статистик маълумотларни ўрганиш, уларни таҳлил қилиш; талабанинг ўқув-илмий-тадқиқот ишларини бажариш билан боғлиқ бўлган фанлар бўлимлари ёки мавзуларни чуқур ўрганиш; фаол ва муаммоли ўқитиш услубидан фойдаланиладиган ўқув машғулотлари; масофавий (дистанцион) таълим. “Миллий ғоя: асосий тушунча ва тамойиллар” фанидан талабаларнинг мустақил ишларини реферат, семинар, маъруза тайёрлаш, Президент асарларини конспектлаштириш ва бошқа шаклларда ташкил этилиши тавсия этилади. Мустақил иш мавзуларини белгилашда маъруза ва семинар машғулотлари мавзуларини тўлдиришга ҳаракат қилиниши лозим.

  • Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. “Milliy g‘oya asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti: g‘oya insoniyat taraqqiyotining harakatlantiruvchi omili, hayotiy maqsadlar ifodasi. Bunyodkor va vayronkor, dunyoviy va diniy g‘oyalar, ularning mazmuni. Bunyodkor g‘oyalarda gumanistik tendensiyalarning ifodasi. G‘oyada ehtiyojlar va manfaatlar mutanosibligi. G‘oya va mafkuralar muqobilligining yo‘nalishlari. G‘oyalarning intellektual asoslarini rivojlantirish muammolari. G‘oyalar rivojlanishida siyosiy yetakchilarning roli.
  • Mafkura tushunchasining mazmuni. Mafkuraning elementlari: mo‘ljal, emotsiyalar, xulq-atvor, ularning individual va jamoaviy xarakteri. Mafkuraning funksiyalari: integratsiyalashtiruvchi, yo‘naltiruvchi, ta’sirchanlik, tarbiyaviy, tashkillashtiruvchi, gnoseologik, praksiologik, prognostik, baholash (qadriyatli), futurologik, himoya qiluvchi. Mafkuraning shakllari: anarxiya, monarxiya, totalitarizm, liberalizm, demokratiya. Liberal va totalitar mafkuralarning ziddiyati. Demokratiyaga asoslangan mafkuraning ustivorligi.
  • Milliy g‘oya tushunchasi, uning tuzilishi va namoyon bo‘lish xususiyatlari. Milliy g‘oyaning umuminsoniy mazmuni. O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlashda milliy g‘oya va mafkuraning roli. Prezident Islom Karimov asarlari-milliy g‘oya va mafkuraning ilmiy-uslubiy asosi. O‘zbekistonda yashayotgan turli millat va etnik birliklarni yagona g‘oya atrofida birlashtirishning tarixiy zaruriyati. Milliy g‘oyada o‘z-o‘zini anglash, milliy g‘urur va iftixorning namoyon bo‘lish xususiyatlari. “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish” -milliy mafkuraning bosh g‘oyasi. Uni amalga oshirishning asosiy g‘oyalari: yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi, komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik. Bosh va asosiy g‘oyalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik. Milliy g‘oyaning gumanistik xarakteri.
  • Jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ta’sirida g‘oyalarning differensiallashuvi. Milliy taraqqiyot g‘oyalarining individual va ijtimoiy ko‘rinishlari. Mafkuraviy jarayonlarni nazariy bilish va amaliy o‘zgartirish muammolari.
  • Jamiyatning ijtimoiy tabaqalanish jarayoniga mafkuraviy ta’sir. Muayyan g‘oyalarning dominantlashuvi va ularning oqibatlari. Mafkuraviy jarayonlarda demokratik tamoyillarning namoyon bo‘lishi. G‘oya, mafkura va milliy g‘oya tushunchalarining ijtimoiy-siyosiy mohiyati, ularning umumiyligi va farqlari.

Download 45.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling