Mustaqil ish Mavzu: Energiya samarador temir beton konstruksiyalar Bajardi: Saylixonov Nizom Tekshirdi: Sobirov X toshkent-2022
Download 98.66 Kb.
|
SAYLIXONOV NIZOM
Qurilish konstruksiyalari — bino va inshootlarning asosiy qismlari. Koʻtaruvchi, toʻsuvchi, koʻtaruvchi-toʻsuvchi va yopuvchi kabi turlarga boʻlinadi. Arka, ferma va rama shartli ravishda koʻtaruvchi; devor va yopmalarning panellari, gumbaz va boshqa toʻsuvchi, koʻtaruvchi va yopuvchi Qurilish konstruksiyalari hisoblanadi. Qurilish konstruksiyalarining tekis (balka, ferma, rama) va fazoviy (gumbaz va boshqalar) xillari bor. Qurilish konstruksiyalari beton va temir-beton, metall, plastmassa, yogʻoch va gʻishtdan ishlanadi.
Qurilishda beton va temir-beton konstruksiyalar keng tarqalgan. Gidro-texnika inshootlari, yoʻllar, aero-dromlar, rezervuarlar qurishda yaxlit temir-beton ishlatiladi. Maxsus beton va temirbeton yuqori va past temperaturalar yoki kimyoviy agressiv muhitlar taʼsi-rida boʻladigan inshootlarni qurishda qoʻllaniladi. Metall konstruksiyalar, asosan, koʻp qavatli bino va inshootlarning sinchlari, sexlar, katta hajmli rezervuarlar, koʻpriklar qurishda ishlatiladi. Gʻisht, tabiiy tosh, mayda bloklar va boshqa konstruksiyalar yirik panellarga qaraganda kamroq ishlatiladi. Yogʻoch konstruksiyalardan foydalanishning asosiy yoʻnalishi yelimlangan yogʻoch konstruksiyalarga oʻtishdir. Qurilishda koʻtaruvchi va toʻsuvchi konstruksiyalar uchun yelimlangan yogʻoch keng qoʻlla-niladi. Industrial konstruksiyalardan asbestsement pnevmatik konstruksiyalar; yengil qotishmalar va plastik massalar ishlatiladigan konstruksiyalar keng tarqalgan. Qurilish konstruksiyalariga qoʻyiladigan asosiy talablar: tayyorlashni in-dustrlashtirish koʻlami (zavod sharoitida tayyorlanishi), samaradorligi (materiallar sarfi va qiymati boʻyicha), tashish va montaj qilishning qulayligi. Oʻzbekiston meʼmorchiligida qadimdan arka, gumbaz, ravoq kabi Qurilish konstruksiyalarida asosan pishiq gʻisht va ganch ishlatilgan (qarang Arkaustuni). 20-asr 40-yillaridan temir-beton va quyma beton konstruksiyalar keng rasm boʻldi. Qurilishda ishlatiladigan temir-beton konstruksiyalar asosan 2 usul-da: qurilish obʼyektining oʻzida va zavod yoki tajriba maydonlarida tayyorlanadi. 20-asr 90-yillaridan plastmassa va alyuminiy Qurilish konstruksiyalari (ayniqsa, rama, terrasa, deraza va eshiklar uchun) keng qoʻllanilmoqda. Armatura (lotincha: armatura — qurollanish, anjomlar), xususan temir-beton konstruksiyalar armaturasi — betonning choʻzilishga (kamdan-kam siqilishga) mustahkamligini oshirish uchun moʻljallangan tarkibiy qismi. Asosan poʻlatdan yasalgan egiluvchan armatura (sterjen yoki payvandlangan toʻr), baʼzan bikr armatura (prokat qoʻshtavrlar, shveller, burchaklik) ishlatiladi. Mustahkamligi va plastikligi boʻyicha sterjensimon (diametri 6+90 mm), chiviqsimon (diametri 3+8 mm) va zoʻrikma (900 Mn/sm2 va undan ortiq kuchga chidaydigan) armaturalarga boʻlinadi. Poʻlat armaturalar baʼzan oyna orasiga va choʻyan quymalarning choʻzilish zonasiga ham qoʻyiladi. Turkistonning qadimgi binokor ustalari ham armaturadan keng foydalanganlar. Sinchli devor orasiga qoʻyiladigan sinch, paxsa devor orasiga qoʻyiladigan shox-shabba va qamishlar, loyga qoʻshiladigan somon oʻsha davrning armaturasi edi. Shuningdek armatura atamasi ostida mashina, konstruksiya, inshootlarning toʻgʻri ishlashini taʼminlovchi yordamchi qurilma va detallar toʻplami ham tushuniladi. Masalan, vodoprovod armaturasi (klapanlar, kranlar, suv oʻlchagich va h.k.); qozonxona armaturasi (termometrlar, manometrlar, saqlagich klapanlari); isitish tizimi armaturasi (termoregulatorlar, termostatlar va h.k.); gaz tizimi armaturasi (kran va klapanlar, reduktorlar va h.k.); elektr texnikasi armaturasi (patronlar, oʻchirib yoqqichlar, rozetkalar, qandillar va h.k Download 98.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling