2. Grafikali ma’lumotlarni taqdim qilish shakli. - Grafikali ma’lumot deganda — fotosuratlar nazarda tutilgan:
- fotosurat o‘lchami 4×3 bo‘lishi zarur (fotosuratning qulay shakli 1024 piksel uzunasiga va 768 piksel bo‘yiga bo‘lishi zarur);
- fotosuratning hajmi 100 dpi dan kam bo‘lmasligi zarur (nuqta dyumga);
- fotosuratning qisqartmasi *.jpg yoki *.jpeg;
- fotosuratning qog‘ozdagi shakli 9×15 sm va 21×30 sm dan katta bo‘lmasligi zarur;
- oq-qora shaklda taqdim qilingan fotosurat, o‘z holicha o‘zgarmay qoladi.
3. Katta hajmdagi (2 megabaytdan yuqori) ma’lumotlarni elektron axborot tashish vositalarida (3,5 disk, SD-R, CD-RW yoki USB Flash Drive) taqdim qilish mumkin. 4. Ma’lumotlar quyidagi tillarda qabul qilinib, joylashtiriladi: - davlat (o‘zbek) tili — lotin yozuvida (kirillda UNICOD)
- ingliz (english) tili — lotin yozuvida
- rus tili — kirill yozuvida
Aytaylik, kutubxonaga joylashtirishni ko‘zlagan adabiyotlaringiz yuqoridagi talablarga javob beradi. Demak, resursingiz joylashgan faylni *.zip yoki *.rar formatga keltirasiz va “Kutubxona”ning “Resurs qo‘shish” bo‘limiga kirasiz. Bu bo‘limda e’tiboringizga anketa taqdim qilinadi. Anketada adabiyotning nomi, turi, yo‘nalishi, auditoriyasi, tili, muallifning ismi-sharifi, kasbi va boshqa ma’lumotlar so‘ralgan. Barcha bandlarni to‘ldirish va adabiyot bo‘yicha qisqa sharh yozganingizdan so‘ng, “Qo‘shish” (Dobavit) tugmasini bosasiz. Shu tariqa ish yakuniga yetadi. Portal moderatorlari tomonidan taqdim etgan resursingiz ko‘zdan kechiriladi va kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda sanoqli daqiqalardan so‘ng “Kutubxona”bo‘limidan joy oladi E'tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |