Mustaqil ish mavzu: Fiziokratizm iqtisodiy ta’limotining ahamiyati topshirdi: Guruh 924-20 Samanqulov Davron qabul qildi: S. A. Saitov jizzax-2021 reja


F.Kene - fiziokratizm ta'limotining asoschisi


Download 48.16 Kb.
bet2/3
Sana20.10.2023
Hajmi48.16 Kb.
#1712873
1   2   3
Bog'liq
FIZIOKRATIZM IQTISODIY TA\'LIMOTI

2. F.Kene - fiziokratizm ta'limotining asoschisi.
Uning "Iqtisodiy jadval" asaridagi g’oyalari. Fransua Kene. (1694-1774y) har tomonlama keng bilimli olim bo’lib, Versal yaqinidagi kambagal dehqon oilasida dunyoga keldi. U yoshligidan medisinaga xavas qo’ydi., qishloq jarroxidan dars oldi, medisina amaliyoti unga shuxrat keltirdi. Dvoryan unvoniga ega bo’ldi va Versal saroyiga (Lyudovik XV qirol saroyiga) o’tdi. 1718 yilda vrachlik kasbini oldi.1744 yilda medisina doktori ilmiy darajasiga yerishdi, 1752 yildi esa Lyudovik XV xonadonida tabiblik qildi. Meditsina va biologiyaga oid ko’pgina asarlar yaratdi. Eng muhimi shuki, u 60 yoshdan boshlab iqtisodiyot muammolari bilan bevosita shug`ullana boshladi. Shuni ta'kidlab o’tish kerakki, F.Kenening iqtisodiy g’oyalari qirol saroyida - Versalda yuzaga keldi. Bu yerda u umrining deyarli oxirigacha yashadi va ijod qildi. Bizningcha, bu yerda ob'ektiv iqtisodiy informasiya etarli bo’lgan va olim ulardan yaxshi foydalanib, o’z ta'limotlarini yaratgan.1766 yilda Adam Smit ham uningmexmoni va suxbatdoshi bo’lgan edi. Didro va D.Alamber tomonidan chop etilgan "Komo’s"da F.Kenening dastlabki iqtisodiy maholalari: "Fermerlar", "Don", "Aholi", "Soliqlar" paydo bo’ldi. 1758 yilda uning asosiy va eng muhim asari - "Iqtisodiy jadval" kitobi dunyoga keldi. F.Kene bu asarlarida Fiziokratizm maktabi asoslarini yaratdi, uning nazariy va siyosiy dasto’rini ta'riflab berdi. Uning ishini va tadqiqotlarini XVIII asrning ikkinchi yarmida Fransiyaning taniqli davlat arbobi A.Tyugo (1727-1781 yy) davom ettirdi. Fiziokratizm g’oyalarini (ayniqsa F.Kene ta'limotini) Dyupon de Nemur, D.Alamber, V.Mirabo, G.Letron va boshqalar keng targ’ib etdilar.
Shunday qilib, haqiqiy Fiziokratlar maktabi yoki o’sha davr tili bilan aytganda "iqtisodchilar maktabi" tarkib topdi. Uning eng rivojlangan davri XVIII asrning
60-70 yillariga to’g’ri keladi.
F.Kene "Tabiiy tartib" konsepsiyasini ilgari surdi, bunda u paydo
bo’layotgan, mustaxkamlanayotgan kapitalizm tizimini tushundi, iqtisodiyot erkin raqobat asosida rivojlanishi, bozor bahosining stixiyali o’zgarishi, ya'ni davlatning aralashuvini inkor etadigan jarayonni qo’llab-quvvatladi. Iqtisodiy rivojlanish odamlarning iktak xoxshiga bog’liq bo’lmagan tabiiy jarayon bo’lib, uning ma'lum qonuniyatlariga buysinishi tan olish Fiziokratlarning so’zsiz yutuqi edi. Bu qonunlar ularning fikricha tarixiy bo’lmay, abadiy qonuniyatlar deb qaralgan edi. Shu sababli ishlab chiqarishning kapitalistik shkli tabiiy va abadiy ishlab chiqrash shakli deb hisoblangan (hozirga rivojlanish buni ko’p jiqatdan isbotlanmoqda). F.Kene almashuvning ekvivalentligi ta'limotini ilgari surdi. U almashuv yoki savdo boylik yaratmayda, demak, almashuv jarayoni hech narsa ishlab chiqarishmayda, deb hisoblagan. Erkin raqobat sharoitida almashuv sohasi keng miqdorli qiymatlarning almashuvi ro’y beradi. Bu qiymat tovarlarda ular bozorlarga kirmasdan oldin ham mavjud bo’ladi. (V.Pettining tovar qiymati faqat almashuv paytida paydo bo’ladi degan fikri noto’g’ridir). Bundan kelib chiqadiki almashuv jarayonida boylik yaratilmayda va foyda paydo bo’lmayda. Almashuvning
ekvivalentligi to’g’risidagi ta'limot Merkantilistlarning qarashlarini inkor etish uchun nazariy asos bo’ldi. Bu holat shu bilan birga Fiziokratlardan boylik manbaini muomila sohasidan tashqaridan izlashni taqozo etdi. Ammo F.Kene miqdorli qiymatlarning almashuvi sababini to’g’ri ishlab chiqilmagan edi va u qiymatni ishlab chiqarish harajatlari bilan aynan bir deb hisobladi.
Fiziokratlarning asosiy tizimida "sof mahsulot" to’g’risida ta'limot markaziy o’rinni egallaydi. F.Kene yalpi ijtimoiy mahsulot va ishlab chiqarish harajatlari o’rtasidagi farqni sof mahsulot deb biladi, boshqacha qilib aytganda bu ishlab chiqarish chiqimlaridan oshikcha mahsulotdir.F.Kene "sof mahsulot" faqat qishloq xo’jaligida, dehqonchilikda yaratiladi, bu sohada tabiat kuchlari ta'sirida iste'mol qiymatlarimiqdori ko’payadi, deb ta'kidlaydi. Sanoatda esa iste'mol qiymatlari faqat turli kombinasiyalarga uchraydi, mehnat jarayonida, dehqonchilikda yaratilgan mahsulotning shakli o’zgaradi lekin uning miqdori ko’paymayda, shuning uchun "sof mahsulot" paydo bo’lmayda va boylik yaratilmayda (kuchli, ammo noto’g’ri mantik bor).
A.Smitning fikricha, shu asosda hunarmandlar (sanoatchilar) unumsiz, foyda bermaydagan sinf deb qaralgan. Aslida esa Fiziokratlar bu sinfning borligini tan oladilar, uni unumsiz emas, balki foydaga sof qo’shimcha daromad keltirmaydigan sinf deb qaraganlar. A.Tyurgo esa bu sinfga yuqori baho berib "haq to’lanadigan sinf" deb qaraydi. Fiziokratlar qiymatni iste'mol qiymatiga, xatto tabiat mahsulotiga tenglashtirganlar. Ularni faqat miqdoriy soha, ya'ni ishlab chiqarish jarayonida olingan iste'mol qiymatlarining ortiqcha qiymati (ise'mol qilingandan ortigi) qiziktirgan. Bu narsa asosandehqonchilikda aniq namoyon bo’ladi ammo F.Kene ta'limotining boshqa tomoni ham bor, uning fakricha "sof mahsulot" miqdori ishlab chiqarish chiqimlarining miqdoriga bog’liqdir, bu chiqimlarga xomashyo sarflari, matyeriallar va ish haqi kiradi. Materiallarning qiymati belgilanganligi tufayli ish haqi tirikchilikning minimum harajatlariga keltirilgan ekan, "sof mahsulot" (qo’shimcha qiymat) qo’shimcha mehnatning samarasi sifatida yuzaga keladi. Shunday qilib, Fiziokratlarda qo’shimcha qiymat tushunchasi qarama-qarshi xarakterga ega. Ular uni tabiatni sof xadyasi hamda, ya'ni dehqonlarning qo’shimcha mehnati natijasidir, deb qaraganlar (qo’shimcha qiymat yaratishda tabiat ham ishtirok etadi).
Fiziokratlarning bunday fikrlash qiymatining ijtimoiy tabiatini tushunmaslikdan va qiymat tushunchasini iste'mol qiymati bilan qorishtirib yuborish oqibatida yuzaga keldi. Foyda tushunchasi mustaqil kategoriyaga ajratilmagan, xatto inkor etilgan.
Renta qo’shimcha qiymatning yagona shakli sifatida qabul qilingan ekan, foyda ishlab chiqarish chiqimlarining faqat ajralmas qismi bo’lishi mumkin edi.
Ular foydani ish haqining shakli sifatida qaraganlar, foyda go’yoki odatdagi ish haqidan o’zining kattaroq miqdori bilan farq qilingan va kapitalistlar tomonidan foyda sifatida to’la iste'mol qilingan.
Fiziokratlarning "unumli" va "unumsiz" mehnat to’g’risidagi ta'limoti "sof mahsulot" to’g’risidagi ta'limot bilan chambarchas bog’liq bo’lib, uning mantiqiyi davomi hisoblanadi. Merkantilistlardan farqli ravishda ular "sof mahsulot" yaratuvchi mehnat unumdor bo’ladi, ya'ni qo’shimcha qiymatni yaratadidegan edilar. Bu unumli mehnatning tabiati to’g’risidagi masalaga prinsipial tagri to’g’ri yondashish yo’li edi.ammo renta qo’shimcha qiymatning yakkayu-yagona aniq shakli sifatida tan olinganligi sababli dehqon mehnati birdan -bir unumli mehnat deb hisoblanadi, ishlab chiqarishning boshqa sohalardagi (sanoatda ham) mehnat "unumsiz", ya'ni samarasiz deyiladi. Bundan dehqonchilik mehnatini boshqa mehnat turlariga qarshi qo’yish asossizdir, chunki yollanma mehnat ishlab chiqarishning qaysi sohasida qo’llanmasin, qo’shimcha qiymat yaratadi, demak bu ham mehnat, bu soha ham unumli mehnatdir.
F.Kene "sof mahsulot" to’g’risidagi o’z qarashlari asosida jamiyatni uch sinfga bo’ladi:

  1. “unumli sinf” (fermerlar, dexqonlar),

  2. “yer egalari sinfi” (dvoryan, lendlordlar)

  3. “unumsiz sinf” (bu sinfni u sanoatchilar sinfi deb ham ataydi).

Unumli sinfga dehqonchilikdagi barcha xodimlar, qishloq xo’jalik ishchilari ham, fermerlar ham, ya'ni uningcha "sof mahsulot2 yaratuvchilarning hammasi kiradi. Yer egalari "sof mahsulot" yaratmaganligiga qaramasdan, shu bilan birga bu mahsulotning iste'molchilari hisoblanadi, chunki ular ijara to’lovi sifatida oladilar. Samarasiz, "unumsiz sinf" vakillari esa dehqonchilikdan boshqa tarmoqlarda ishlaydi (sanoat, savdo, xizmat sohasi). Ular "sof mahsulot" yaratmaydilar. Jamiyatning sinfiy tuzilishi to’g’risidagi bu ta'limotning asosiy kamchiligi shuki, F.Kene yangi jamiyatnig asosiy sinflarini ko’ra bilmayda, to’g’rirog`i bunga tarixiy sharoit halaqit beradi. Bu tizimda yollanma ishchilar bilan kapitalistlar birlashtirilgan. Fransiyada o’sha davrda kam bo’lsa ham, proletariat sinfi mavjud edi, lekin kapitalistik munosabatlar rivojlanmaganligidan burjua jamiyatining boshqa sinflarga qarshi tura oladigan mustaqil sinfiga ajralmagan edi. Sinflar to’g’risidagi ta'limotning bu kamchiliklaridan qat'iy nazar, jamiyatni sinflarga bo’lishning iqtisodiy belgilarini aniqlash va iqtisodiy asoslarini ko’rsatishga o’rinish ijobiy voqea hisoblanadi.
Fiziokratlarning muhim xizmatlaridan biri shuki, ular kapital tushunchasini tahlil qilishgan. Asarlarda bevosita "kapital" so’zi qo’llanilmagan, ammo yerlarning zaxini kochirish, ya'ni yer sifatini yaxshilash, qurilish, ot, plug, borona uchun ma'lum tipdagi avans boshqacha ekanligi aniq belgilangan. Chunki birinchisiga qilingan qarajat bir necha yilda bir marta bo’lib, o’z-o’zini asta-sekin qoplaydi, ikkinchisi yiliga yoki doim bo’lib, har yilgi hosil tufayli qoplangan. Shu sababli F.Kene ularni dastlabki avans (hozirgi zamon nuqtai - nazaridan asosiy kapital) va yillik avans (aylanma kapital) deb atadi. Bu g’oya A.Smit tomonidan rivojlantirildi.bu o’sha davr uchun buyuk kashfiyot edi. Dehqonchilikda qo’llaniladigan kapitalning moddiy elementlariga qishloq xo’jaligi qurollari va inventar, mol, urug`lik, odamlarning tirikchilik vositalari va boshqalar kiritilgan. F.Kene Merkantilistlardan farqli ravishda (ular kapitalni pul bilan aynan bir deb hisoblaganlar), pullarning o’zi emas, balki pulga olinadigan ishlab chiqarish vositalari kapital hisoblanadi deydi. Ammo kapitalning bu moddiy elementlari sifatida, kapitalistik ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan ijtimoiy shaklidan ajralgan holda qaraladi, oqibatda kapital abadiy, ya'ni tarixiy bo’lmagan kategoriya deb ko’rsatiladi.
Ishlab chiqarish chiqimlari (harajatlari) ni tadqiq qilish orqali kapitalning tashkil etuvchi qismlarini ajratish imkoni paydo bo’ldi, bunda kapitalning (oborot) aylanish xarakteri hisobga olindi. Kapitalning bir qismi boshlangich avans (bunak) hisoblanib unga qishloq xo’jalik inventari, qurilish, mol va boshqalarga ketgan sarflar kiradi, shulardan 10 % yillik amortizasiya hisoblangan, yillik avans deb atalgan kapitalning boshqa qismiga uruqlik olish, asosiy qishloq xo’jalik ishlari, ishchi kuchi uchun harajatlar kiradi. Boshlangich avans bilan bog’liq kapital sarfi ishlab chiqarish sikli bir qancha (qator) yillar ichida to’la aylansa, yillik avansga sarflangan karipital esa bir ishlab chiqarish sikli (bir yil) davomida to’la aylanadi. Bu yerda amalda doimiy va aylanma kapital to’g’risidagi g’oya berilgan, ammo bu tushunchalar boshqa so’zlarda ifoda etilgan xolos. Shunisi diqqatga sazovorki, F.Kene kapitalni asosiy va aylanma kapitalga bo’lganda faqat ishlab chiqarish kapitali bilan boqlangan holda bergan, uni muomila kapitali (savdo kapitali) bilan qo’shib yubormagan. Shu sababli u pul va tovarni ishlab chiqarish kapitalining biror tarkibiy qismiga kiritmasdan, to’g’ri fikr yuritgan. Shunday qilib, Fiziokratlar asosiy va aylanma kapitalga oid muammoni nazariy jiqatdan echishga asos soldilar.


Download 48.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling