Mustaqil ish mavzu: Fiziokratizm iqtisodiy ta’limotining ahamiyati topshirdi: Guruh 924-20 Samanqulov Davron qabul qildi: S. A. Saitov jizzax-2021 reja


A.Tyurgo va uning iqtisodiy konsepsiyasi


Download 48.16 Kb.
bet3/3
Sana20.10.2023
Hajmi48.16 Kb.
#1712873
1   2   3
Bog'liq
FIZIOKRATIZM IQTISODIY TA\'LIMOTI

3. A.Tyurgo va uning iqtisodiy konsepsiyasi.
F.Kenening g’oyalari Ann Rober Jak Tyurgo (1727-1781yy) tomonidan davom ettirildi va chuqurlashtirildi. U Parijda normand dvoryanlar oilasida tug`ildii, Sarbonnaning Teologiya (diniy) faqultetini tuqatdi, ammo bu sohada ishlamadi. 1751 yilda Parij parlamentining chinovnigi, 1761-74 yillarda Limojda intendat (g’arbiy qismda xo’jalik mudiri), 1774-76 yillarda moliya bosh nazoratchisi, qirol Lyudovik XVI davrida moliya vaziri sifatida bir akncha antifeodal isloxotlar o’tkazdi. (don savdosidagi cheklanishni yo’q qildi, savdo galdiyalarini bekor qildi…), ammo bu o’zgarishlar Tyurgo iste'foga chiqqach, bekor qilindi. U ham F.Kene singari Didro, D.Alamber va ularning yordamchilari tomonidan chiqarilayotgan "Qomus"ga bir nechta falsafiy va iqtisodiy maqolalar yozdi.
A.Tyurgo hayoti va ijodida progressiv chinovnik Velsen Gurne katta rol o’ynadi. U Fiziokratlardan ancha farqla ravishda sanoat va savdoning mamlakat ravnaqidagi rolini to’g’ri tushundi. Sof bozor iqtisodiyotidagi mashxur lassez faire, lassez passyer (bu tamoyilga ko’ra, iqtisodiyotga davlat aralashuvisiz rivojlani kerak) tamoyili birinchi bor shu tadqiqotchi tomonidan ilgari surilgan degan fikr bor. U boshqalar qatori hunarmanchilikdagi cheklanishlariga qarshi chiqdi, erkin raqobatni qo’llab quvvatladi.
A.Tyurgo Gurne (u 1759 yilda vafot etdi) bilan F.Kene xuzurida ko’p bo’lgan, Ular bilan asosiy masalalarda maslakdosh bo’lsa ham, ko’p sohalarda boshqacha fikr yuritar edi. A.Tyurgo Parijda A.Smit bilan ham uchrashgan.A.Tyurgoning iqtisodiy qarashlari uning 1766 yilda yozilgan (1769-70 yillarda chop etilgan). "Boylikning paydo bo’lishi va taqsimlanishi to’g’risidagi muloxazalar" asarida nisbatan to’la yoritilgan. U Kene fikrlarini faqat targ’ibot qilish bilan cheklanmadi, uni rivojlantirdi. U kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarini ancha chuqur tushundi, feodalizmni isloxotlar o’tqazish yo’li bilan yaxshilash mumkin degan fikrga ishonmadi (Kene ishongan), kapitalizm feodalizm kobigida vujudga keladi va galaba qiladi degan g’oyani ilgari surdi. Bu kitob aslida Parijga o’qishga kelgan ikki Xitoylik uchun darslik sifatida yozilgan va 100 ta aniq tezisdan iborat (V.Petti uslubi), ammo bazi qoidalar aksioma (isbot talab qilmaydagan qoida)dan iborat. Bu iqtisodiy teoremalar aniq uch qismga bo’linadi.
31 ta tezis (teorema) Fiziokratik g’oyalar majmuidan iborat (o’stoz F.Kenening ta'siri). Ammo "sof mahsulot" nazariyasi F.Kenedan boshqararoq talqin etiladi, aslini olganda bu yerda qo’shimcha qiymat haqida gap boradi va bu mahsulot tabiatning sof in`omidan dehqon mehnati bilan yuzaga keladigan ortiqcha mahsulot sifatida qaraladi hamda asosiy ishlab chiqarish vositasi bo’lgan yer egasi tomonidan o’zlashtiriladi.Keyingi 17 ta teorema qiymat, baho va pulga bag`ishlangan. A.Tyurgoning bu sohadagi fikrlari o’ziga xos xarakterga ega va qiymatning mehnat nazariyasidan ancha yiroq. Uningcha almashuv qiymati va tovarlar bahosi tovarlar nisbati, almashuvda ishtiroq etayotgan shaxslar, sotuvchi va oluvchi istagining intensivligi bilan aniqlanadi (marjinalistik talqin). Ammo
A.Tyurgoning bu g’oyasi uning ta'limotiga hech ham mos kelmas edi. Oxirgi 52 ta teoremada A.Tyurgoning tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan asosiy iqtisodiy g’oyalari keltiriladi. Yuqorida aytilganidek, Fiziokratlar jamiyatni uch sinfga bo’ladilar. A.Tyurgo esa jamiyatni sinflarga boshqacharoq ajratadi, "unumsiz" sanoatchilar sinfini u ikki qismga bo’ladi:
Birinchisiga tadbirkor manufakturistlar, fabrika egalari kiradi, ular katta kapital egalari sifatida namoyon bo’lib, o’z avans, ya'ni bo`nak (avans)lari yordamida ish joyi yaratadilar va uni foyda olish uchun sarflaydilar.
Ikkinchilari - bu oddiy hunarmandlar bo’lib (ishchilar), ular o’z qul kuchlari hisobiga ish haqi oladilar (ishlab chiqarish vositalaridan maxrum). A.Tyurgo ish haqini V.Petti va F.Kene kabi tirikchilik uchun zarur minimum mablaglar asosida hal etadi, ammo Kenedan farqli ravishda nega shunday bo’lishi kerakligining mexanizmini tushintirib bermoqchi bo’ladi. Uning asosiy dalili shuki mehnatga talab taklifga nisbatan kamayib boradi, ishchilar o’rtasida raqobat boradi. huddi shu kabi yer egalari sinfi ham fabrikantlar kabi ikki razryadga ajratiladi, bular avans beruvchi tadbirkorlar yoki kapitalistlar va ish haqi oluvchi oddiy ishchilardir. Bu katta ijobiy voqea, chunki Fransiyada bu sinflar mavjud edi.
Demak, A.Tyurgo bo’yicha jamiyatda besh sinf mavjud, bu haqiqatga yakindir. U yollanma ishchida qul kuchidan boshqa ishlab chiqarish vositalari yo’qligini ochib beradi, kun kechirish uchun u o’z mehnatini boshqalarga sotish zarurligini ko’rsatadi. A.Tyurgoning bunday fikrga kelishida vaqtning ham ta'siri bor, chunki u Kenedan keyinroq yashadi. A.Tyurgo boshqalar kabi erkin soxibkorlik mehnatini qo’llab-quvvatladi, dehqonchilik qo’shimcha, ya'ni sof mahsulot manbai ekanligini (bu fikr Keneniki) tan olgan holda sanoat va savdoga ham ko’p e'tibor qiladi. U kapitalni Kenega nisbatan ancha chuqur va to’la tahlil etdi. Kene kapital deganda asosan natural (mahsulot) shaklidagi bunAqlar summasi (xom ashyo, mehnat haqi va boshqalar)ni tushungan, shu sababli uning tizimida kapital jamiyatdagi sinflar o’rtasidagi mahsulotlar taqsimoti muammosi bilan uncha mustaxkam boqlanmagan. Kenening tizimida foyda o’rni yo’q, kapitalist faqat "ish haqi olgan", bu - "ish haqi" ning qanday vujudga kelishi ham tahlil etilmagan.Bu sohada A.Tyurgo ancha ilgarilab ketadi. U foydani chetlab o’ta olmayda, xatto to’g’ri tuygu asosida uni tadqiq etishni sanoat kapitalistidan boshlaydi; bu yerda foydaning kelib chiqishi haqiqatdan ham aniqroq ko’rinadi, vaholanki boshqa Fiziokratlar (Kene ham) "barcha ortiqcha mahsulot yerdan kelib chiqadi" degan noto’g’ri aqidagi asoslanadilar. U o’z ustozlari va maslakdoshlaridan "tabiiy tartib" konsepsiyasini buzayotganligi uchun kechirim ham so`rab qo`yadi, chunki u tahlilni sanoatdan boshlaydi va dehqonchilikni keyin qarab chiqadi.
Ammo uning o’zi noo’rindir, aksincha u muammoni echishga to’g’ri yondoshgan; yollanma ishchi kuchidan foydalanuvchi fermer kapitalist o’z kapitalidan kam deganda huddi fabrikant singari foyda olishi va renta sifatida yer egasiga berishi kerak bo’lgan ma'lum ortiqcha (qo’shimcha)ni ham olishi kerak. Eng ajoyib teorema 62-tezis bo’lib, unga ko’ra ishlab chiqarishga qo’yilgan kapital o’z-o’zidan ortib borish qobiliyatiga egadir. Xo’sh, o’z-o’zidan ortib borish darajasi va nisbatlari nima bilan belgilanadi. A.Tyurgo kapital tomonidan yaratiladigan mahsulot qiymati nimadan iborat ekanligini tushuntirmoqchi bo’ladi, uning fikricha, mahsulot qiymati kapital sarflarini, shuningdek, ishchilarning ish haqini qoplashi kerak. qolgan qismi uch qismga ajraladi: birinchisi foyda bo’lib, kapitalist pul kapitalining egasi sifatida "hech qanday mehnatsiz" olishi mumkin bo’lgan daromadga teng. Bu osuda foiziga mos foydadir. Foydaning ikkinchi qismi fabrika yoki ferma ochishga tavakkal qilgan kapitalistning "mehnati, tavakkalchiligi va san'atini" to’lashga sarf etiladi. Bu tadbirkorlik daromadidir. Shunday qilib, aslida A.Tyurgo sanoat foydasining osuda va funksional kapitalga bo’linishini ko’rsatib berdi.
Foydaning uchinchi qismi rentadir. U faqat dehqonchilikda band
kapitalistlar uchun mavjuddir. So’zsiz, bu tahlil iqtisodiyot fanida aytilgan yangicha g’oyadir.Ammo olimning keyingi fikrlari izchil bo’lmay, yana
Fiziokratizm qobig`iga qaytadi. Boshida foydani foizdan chiqarishadi, bu minimum bo’lib, unga har bir kapitalist egalik qilish xuquqiga ega.Agar kapitalist idorasida xotirjam o’tirmasdan fabrikaning faoliyatiga yoki qishloq xo’jaligida batrAqlar ishiga boshchilik qilsa, unga ma'lum qo’shimcha, o’ziga xos maosh beriladi. Foiz oxir-oqibatda yer rentasiga tenglashtiriladi, chunki kapital bilan eng oson bajariladigan operasiya bu yer uchastkasi olish va uni hech tashvishsiz ijaraga topshirishdir. Endi qo’shimcha qiymatning asosiy shakli yer rentasi bo’lib qoldi, qolgani esa uning hosilalaridir. Yana butun jamiyat yer yaratidagn "ish haqida" o’tirgan bo’lib chiqadi.
Yuqorida aytilganidek, A.Tyurgo nazariyotchi olim bo’lishidan tashqari amaliyotchi chinovnik edi. U qirol Lyudovik XVI davrida moliya vaziri bo’lib ham ishladi, o’zining bir qancha ilg’or g’oyalarini ilgari surishga intildi.U birinchi bo’lib davlat moliyasini soglomlashtirishga harakat qildi, bu sohada ozroq muddatli dastur tuzib chiqdi, unga ko’ra yer egaligidan tushadigan daromadlardan olingan soliqlar tizimi tugatilish kerak edi. Umuman va sanoat va savdodagi odil bo’lmagan soliqlarni tartibga solishga kirishdi. U byudjet chiqimlarini cheklashga intildi, bunday saroy xodimlarining ortiqcha sarf-harajatlarini keskin kamaytirish mo`ljallandi va bu sohada ma'lum yutuqlarga yerishildi. A.Tyurgoning muhim muvaffakiyatlaridan biri shuki, u don va unga erkin savdoni kiritdi, bu sohadagi monopoliyaga chek qo’ydi. Bu ishlar nixoyatda oqir kechdi, chunki feodalizm ildizlari hali kuchli edi, bu kuchlar yangilikka tish-tirnogi bilan qarshi turdi. A.Tyurgo 1776 yilning 12 mayida (yilga e'tibor bering, shu yili A.Smitning "Xalqlar boyligi" asari chop etildi) iste'foga chiqishga majbur bo’ldi. Eski tuzum davom etdi, barcha ijobiy ishlar inkor etildi, demak, hali ularni amalga oshirish uchun kerakli shart-sharoitlar mavjud emas edi. Nazariyot va amaliyot bir elkadan bosh chiqarisha olmadi.1778 yili A.Tyurgo Amerikalik do’sti Franklinga atab, o’zining so’nggi iqtisodiy asari bo’lgan "Soliqlar to’g’risidagi esdaliklar" ini yozadi.
ADABIYOTLAR

  1. Iqtisodiy bilimlar tarixi. T., TDIU, 2000.

  2. Iqtisodiy bilimlar tarixi. T., Fan, 2001.

  3. Razzaqov A., Toshmatov Sh., O’rmonov N. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Maruzalar matni(lotin yozuvida) – T.: TDIU, 2007 – 256 bet.

  4. Razzaqov A. o’rta Osiyo mutafakkirlarining iqtisodiy g’oyalari. O’quv qo’llanma. –T:TDIU, 2009.-270 bet.

  5. Shodmonov Sh.Sh., G’ofurov U. “Iqtisodiyot nazariyasi”. Fan va texnologiyalar. – T., 2005, 765 b.

Download 48.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling