Mustaqil ish Mavzu: Inson psixikasining imkoniyatlari Bajardi: Muminjonov m toshkent – 2023 Reja
Download 111.2 Kb.
|
Mustaqil ish Mavzu Inson psixikasining imkoniyatlari Bajardi M-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashkilotchilik
- Foydalanilgan adabiyotlar
Matematik qobiliyatlar ustida V.A. Krutetskiy ish olib borgan. Matematik qobiliyatar tarkibida matematik xotira, miqdoriy va fazoviy munosabatlar sohasidagi mantiqiy tafakkur qobiliyati, matematik materialning tezda kengaytirilgan holda umumlashtirish, bir operatsiyadan ikkinchisiga oson va erkin o‘tish, mulohaza va echimlarning aniqligi, oddiyligi, tejamkorligi va omilkorligiga intilish katta ahamiyatga ega. Matematik qobiliyatlar o‘zagini V.A. Krutetskiy tafakkurning matematik yo‘nalganligi tashkil etadi deb hisoblaydi. YOrdamchi xossalar sifatida sensor va aqliy sohalardagi individual-psixologik xususiyatlari matematik faoliyat talablariga javob beradigan, mos bo‘lgan sohadagi ma’lum bilim, malaka va ko‘nikmalarning aniq zahirasini ko‘rsatadi.
Pedagogik qobiliyatlarni N.V. Kuzmina, F.N. Gonobolinlar tadqiq qilganlar. Pedagogik qobiliyatlar tuzilishida pedagog odobi, kuzatuvchanlik, bolalarga muhabbat, bilimlarni berishga ehtiyoj, perseptiv, kommunikativ, tashkilotchilik va boshqa qobiliyatlar majmuasi etakchi sifatlar o‘rnini egallaydi. YOrdamchi sifatlarga artistlik mahorati, notiqlik, hazilkashlik va boshqalar kiradi. Tashkilotchilik qobiliyatlari muammosini uzoq vaqt L.I. Umanskiy tadqiq qilgan. Muallif tashkilotchilik qobiliyatlari tarkibini aniqladi. Qobiliyatli tashkilotchi shaxsi uchun L.I. Umanskiy fikricha quyidagi sifatlar zarurdir, bular: shaxsning yo‘nalganligi, uning shayligi, umumiy sifatlari (muloqotchanlik, rivojlanganlikning umumiy darajasi, amaliy ong, kuzatuvchanlik, faollik, tashabbuskorlik, qat’iyatlilik, tashkilotchilik, mustaqillik, o‘zini tuta bilish), maxsus xossalar (tashkilotchilik hissi, psixologik odob, emotsional-irodali ta’sirchanlik, jamoatchilik faolligi, talabchanlik, tanqidiylik, tashkilotchilik faoliyatiga moyillik, shaxsning individual xususiyatlari shular jumlasidandir. O‘quvchilarning texnikaviy qobiliyatlariM.G. Davletshin tomonidan o‘rganilgan. Texnikaviy qobiliyatlar tarkibida muallif tomonidan tayanch va etakchi xossalar, shuningdek, yordamchi sifatlar ko‘rsatilgan. Texnikaviy qobiliyatlarning tayanch xossasi bo‘lib texnikaviy kuzatuvchanlik hisoblanadi (inson idrokining mashina, asosiy bo‘g‘inlar va tuzilmalarning tuzilish tamoyiliga, ularning o‘zaro ta’siriga yo‘nalganligi). Etakchi xossalar bo‘lib texnikaviy tafakkur va texnikaviy xayol hisoblanadi (texnikani tushunish, amaliy zakovat, texnikaviy moslamani tahlil qilish, qismlardan yaxlitlikni yasash qobiliyati, fazoviy tasavvurlarning jonliligi va aniqligi, shakllar va masofalarni yodda olib qolish, konstruktiv fantaziya). YOrdamchi xossa qo‘l epchilligi hisoblanadi. Lingvistik qobiliyatlarni A.X. YUgay o‘rgangan. Lingvistik qobiliyatlar tarkibida u fonematik eshitish qobiliyati (tilning sezgirligi), lingvistik tafakkur va verbal xotirani ajratdi. Qobiliyatlarning mavjud emasligi odamning u yoki bu faoliyatni bajarishga yaroqsizligini bildirmaydi, chunki ega bo‘lmagan qobiliyatlarning o‘rnini to‘ldirish psixologik mexanizmi mavjud. Ko‘p hollarda faoliyat bilan faqat qobiliyatlilar emas, balki ularga ega bo‘lmaganlarning ham shug‘ullanishiga to‘g‘ri keladi. Agar odam bu faoliyat bilan shug‘ullanishni davom ettirishga majbur bo‘lsa, u ongli ravishda yoki anglanmagan holda, o‘z shaxsining kuchli sifatlariga tayanib, qobiliyatlar etishmovchiligini to‘ldirishga harakat qiladi. E.P. Ilinning fikriga ko‘ra, bu to‘ldirish egallanadigan bilim va ko‘nikmalar, yoki faoliyatning individual-tipik uslubini shakllantirish orqali, yoki boshqa, rivojlanishi yuksakroq bo‘lgan qobiliyat orqali amalga oshirilishi mumkin. Etishmagan qobiliyat juda keng muayyan insondagi yuksak rivojlangan qobiliyatlar bilan to‘ldirilishi mumkin. Aynan, shu xususiyat insonning turli sohalarda samarali faoliyat yuritishiga imkoniyat yaratadi.[2] Foydalanilgan adabiyotlar 1. Olimov L.Ya., Bahronova M.O‘.O‘smirlar ma’naviyatini shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari. Science and education. Scientific journal. Volume 3, issue 3. March 2022 407-413 p. 2. Олимов Л.Я., Махмудова З.М. Психологические механизмы девиантного поведения. Психология XXI века. Ярославль., 2020. -С. 125-127. 3. Olimov L.Ya., Nazarov A.M.. Xulqi o`gishgan bolalar psixologiyasi. O‘quv qo‘llanma. “Tafakkur avlodi” nashriyoti. Buxoro. 2020. -B. 490. 4. Olimov L.Ya., Maxmudova Z.M.. Psixodiagnostika va eksperimental http://fayllar.org Download 111.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling