Yangi Shohliklar davrida Misr


Download 76.5 Kb.
bet1/6
Sana16.06.2023
Hajmi76.5 Kb.
#1493396
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1555408256 74106


Yangi podsholik davrida Misr


Reja:


1. Yangi Shohlik davrida Misr.
2. Yangi Shohlik davrida iqtisodiyotning gullab-yashnashi.
3. Yangi Shohliklar davrida jtimoiy munosabatlar.
4.Exnatonning diniy-siyosiy islohoti.
Yangi Shohliklar davrida Misr.
Yangi podsholik davrida Misr qo'shinlari qayta tashkil qilindi. Giksoslar ta'siri ostida qo'shin tarkibiga jang aravalari kiritildi. Misrda ot zavodlari tashkil qilinib, xo'jalikning yangi sohasi yilqichilik paydo bo'ldi. Ot zavodlari davlat hokimiyati tomonidan taskil qilindi va ularni oliy mansabdor boshqargan. Piyodalar asosiy harbiy qo'shinning asosiy qismi bo'lib qoldi. Ammo uning qurol turlari yangilandi. Qilichning 2 turi: og'ir, to'gri va yengilroq o'roqsimon qilichlar paydo bo'ldi. Dushmanlardan yaxshiroq himoya uchun askarlar plastinkali sovut kiya bc^hladilar. Qo'shin safini og'ir qurollangan kamonchi va nayzachilar to'ldira boshladi. Qo'shinning yangi turi harbiy dengiz floti paydo bo'ldi. Mudofaa inshootlari (fortifikatsiya) qurish san'ati takomillashdi. Misrliklar bosib olingan hududlarida kuchli mustahkamlangan qal'alarni ko'ra boshladilar. Qo'shinni to'ldirish tartibi o'zgardi. Askar olishning yangi qoidasiga ko'ra, har 10 balog'atga yetgan erkaklardan biri harbiy xizmatga chaqiriladigan bo'ldi. Ammo bu tartib qo'shinni to'liq to'ldirish imkoniyatini bermadi. Shu sababli, XIX sulola davridan boshlab, yo'llanma chet el askarlari qo'shinning yarmini tashkil qila boshladi. XVIII sulola kuchli qo'shinga tayanib, bosqinchilik siyosatini olib bordi.
Ayniqsa, Sharqiy O'rtayer dengizi qirg'og'iga nisbatan istilochilik hujumlari kuchayib ketdi. Bu hududda er. av. XV asrda Misrga qarshi faqat birgina Mitanni davlati jiddiy qarshilik ko'rsata olar edi. Mitanni XVI asr oxiri XV asrning birinchi yarmida qudratli davlatga aylangan edi. U Misrning Suriya va Falastinga ekspansiyasini to'xtatish uchun Kadesh shahri boshchiligidagi Suriya va Falastinning kichik davlatchalari koalitsiyasini har tomonlama qo'llab-quwatladi. Natijada, bu ittifoq Misr ekspansiyasini vaqtinchalik to'xtatdi. Misr janubda uchinchi Nil ostonalaridagi hududlarni bosib oldi. Yaxmos I giksoslarni Osiyodan haydab chiqarib Finikiyada Misrning ta'sirini qayta tikladi. Uning o'g'li Amenxotep I Osiyoda hech qanday urush olib bormadi, keyingi fir'avn Tutmos I (er av XVI asr oxiri) davrida Misr Yaqin Sharqning eng katta davlatlaridan biriga aylandi. Nubiya (Kush)da katta yutuqlarga erishilib Kamos Misrning hududini Nilning ikkinchi ostonasigacha, Amenxotep I yana janubga tomon kengaytirdi.
Amenxotep I ga uning kuyovi harbiy boshliq Tutmos voris bo'ldi. U er. av. XVI asr oxirida Yuqori Mesopotamiyadagi Mitanni davlatiga qarshi urush boshladi. Bu davlat shimoliy Suriyani nazorat qilar edi. Misr Mitannidan shimoliy Suriyani tortib olib, o'z nazorati ostiga oldi. Nubiyada misrliklar Nilning uchinchi ostonasidagi ilgari mustaqil bo'lgan Kush davlatining poytaxti Kermani egalladilar.
Tutmos I ning vorisi uning kichik xotinidan bo'lgan o'g'li Tutmos II ( er. av. 1503— 1490-yillar atrofida) bo'lajak mashhur malika Xatshepsutga uylandi. Malika Xatshepsut Tutmos III ni davlat ishlaridan chetlashtirishga harakat qildi. Xatshepsut o'zini eri bilan birga hukmdor deb e'lon qiladi, vaqt o'tishi bilan malika yodgorliklarda o'zini mustaqil fir'avn sifatida tasvirlay boshladi. Malika erkak fir'avn kabi o'z hokimiyatini to'laqonligini ta'kidlash uchun gavda tuzilishini erkaklarga o'xshatib, soqol qo'yilgan holda tasvirladi. Xatshepsut fir'avn-jangchi sifatiga da'vo qila olmas edi. Shu sababli u Puntga katta ekspeditsiya tashkil qildi. Bu vaqtda uning eri er. av. 1490—1438-yillarda hukmronlik qilgan Tutmos III istilochilik urushlari olib bordi. G'ayratli sarkarda Tutmos III Sharqiy O'rtayer dengizi qirg'og'ini Misr ta'siri ostiga o'tishi uchun uzoq harbiy tayyorgarlik ko'rdi. Er.av. 1482- yilda Tutmos III Falastinga ko'p sonli qo'shin tortdi. Megiddo shahri yonida Suriya va Falastinning Kadesh shahri boshchiligidagi birlashgan qo'shinlari Tutmos III qo'shinlari bilan uchrashdi. Qonli jang misrliklar g'alabasi bilan tugadi1.
Natijada Misr Suriya va Falastinning katta qismini egallab oldi. Mitanni o'z qo'shinlarini Frot ortidan chaqirib oldi va Misrga Suriya, Finikiya va Falastin hududlarini yon berishga majbur bo'ldi. Tutmos III o'n besh marta harbiy yurish qilib, Frot daryosigacha bo'lgan hududlarni bosib oldi. Frot daryosi yelkasidagi Karxemish shahri Misrning shimoliy chegarasi bo'ldi. Janubda Misr Nilning 4-ostonalarigacha bo'lgan yerlarni o'z tasarrufiga oldi. Misrning shimolidan janubigacha chegarasi 3200 kmni tashkil qildi. Istilochilik urushlari natijasida Misr XV asrda Old Osiyodagi eng qudratli davlatga aylandi.
Old Gsiyoning Mitanni, Xett va Bobil kabi kuchli davlatlari Misrning kuch-qudrati bilan hisoblashishga majbur bo'ldilar.
Ular Misr bilan do'stona munosabat o'rnatishga harakat qildilar. Bu to'grisida o'sha davrdagi ko'pgina yozma manbalar ma'lumot beradi. Mitanniga qarshi yurishlarni Tutmos III ning o'g'li Amenxotep II (er. av. 1438-1436- 1412-yillar), Tutmos IV (er. av. 1412- 1402-yillar) davom ettirdilar. Tutmos III va Amenxotep II lar fir'avn-jangchilar edilar. Ular shaxsan jangda ishtirok etib, bir harakat bilan tarang, og'ir kamonni torta oladigan o'sha vaqtda Suriyada mavjud bo'lgan fillarni ov qilgan jismonan kuchli shaxslar edilar. Tutmos IV ning o'g'li Amenxotep III (er. av. 1402—1365- yillar) davrida Misr Sharqiy O'rtayer dengizi katta hududini nazorat qildi. Uzoq Alasiya (Kipr oroli) ham Misrga bo'ysundirildi.
U yerdan mis olib kelingan. Kuchayib ketgan Misr Bobil podshosi Amenxotep II ning qizini qo'lini so'raganda, uni mensimay rad javobini beradi. Misrning o'sha vaqtdagi xalqaro munosabatlari XVIII sulola oxiridagi Misr fir'avnlarining Tel-Amaraada topilgan katta davlat arxividagi hujjatlardan bizga yaxshi ma'lumdir. Bu arxivda Bobil, Osuriya, Mitanni, Xett davlatlari va Kipr podsholarining, yana Suriya va Falastindagi ko'p hokimlarning Misr fir'avniga yuborgan diplomatik xatlari saqlanib qolgan. Shu xatlarga qaraganda Misr Old Osiyodagi bir qancha davlatlar bilan juda mustahkam savdo va diplomatik munosabatda bo'lgan. Ayrim davlatlar o'rtasida bo'ladigan muzokaralar maxsus elchilar yordami bilan olib borilgan.
Xett istilosi xavfi aniq bo'lib qolgach, Mitanni va Misr podsholari bosh ko'tarib kelayotgan dushmanni birgalikda yengish maqsadida birlashganlar. Misr bilan Mitanni o'rtasida ittifoq o'rnatishga imkon tug'ilgan. Bu ittifoq bir necha sulolaviy nikohlar bilan mustahkamlangan. Mitanni podshosi Tushrattaning Misr fir'avni Amenxotep III ga yozgan xatlarida Misr bilan Mitanni o'rtasida o'ta mustahkam munosabatlar o'rnatilishiga olib kelgan diplomatik muzokaralarning ayrim bosqichlari ravshan va jonli qilib tasvirlangan. Misr Amenxotep hukmronligi yillarida uzoq Suriyadagi o'z yerlarini xettlardan himoya qilish uchun yetarli harbiy kuchga ega bo'lmaganligidan Mitanni yordamiga tayanishga majbur bo'lgan. Amenxotep III (er.av.1424-1388-yillar) zamonida ahvol yanada yomonlashgan. Bu vaqtda Misr Suriyadagi mulklarini himoya qilish uchun yetarli harbiy kuchga ega bo'lmadi. Suriya shaharlari zaiflashib qolgan Misrni zulmidan qutilish uchun ittifoq uzdilar. Bu ittifoqni esa xettlar qisman qo'llab-quwatlaganlar. Bu ittifpqning boshida turgan Suriya hokimi Aziru Suriyani Misr 'sinning qolgan-qutganlaridan ham ozod qilish uchun qattiq kurash olib borgan. Suriya va Finikiyaning Misrga sodiq bo'lgan ko'p shaharlari xettlar va Aziru qo'shinlarining hujumlaridan o'zlarini arang himoya qilib turganlar.
Bu shaharlarning ba'zilari Misr fir'avnidan yordam so'raganlar. Mashhur Amenxotep IV Exnaton (er. av. 1365—1348-yillar) davrida Misrni tashqi siyosiy ahvoli yomonlashadi, Mitanni Janubiy Suriyani katta qismini bosib oladi. Osiyoda yana bir raqib xett davlati urushga tayyorlana boshladi. Exnatonning kuyovlari Semnexkar (er. av. 1348—1347-yillar), Tutanxaton («otanining tirik qiyofasi » er. av. 1347—1338-yillar)lar davrida ahvol o'zgarmadi. Tutanxaton 10 yoshidan fir'avn taxtiga o'tiradi. Uning vafotidan keyin Mitannidan tashqari yana bir raqib, xett davlati paydo bo'ldi. Tutanxamon 20 yoshga yetmay er. av. 1338-yilda vafot qildi. Uning bevasi Anxesenpaamon taxtni o'z qo'lida saqlab qolish uchun xett podshosi Suppilulium I ni o'g'illaridan biri bo'lgan Sannansaga turmushga chiqishga rozi bo'ldi. Xett shahzodasi Misrga keldi, lekin misrlik zodagonlar uni o'ldirdilar. Anxesenpaamon Atonning oliy kohini Eyega turmushga chiqishga majbur bo'ldi. Eye (er. av. 1338-1334-yillar) XVIII sulolaning so'nggi fir'avni bo'ldi. Xett podshosi o'g'lini o'limi uchun qasos olish maqsadida Misrga qarshi yurish qilib, misrliklarni Osiyodan to'la haydab chiqardi.
Misr qo'shinlarining qo'mondoni Xoremxeb Eyeni taxtdan ag'darib (er. av. 1334—1306-yillar) keyingi fir'avn bo'ldi. Uning vorisi XIX sulolaning birinchi fir'avni keksa oily mansabdor Ramzes I (er. av. 1306—1304-yillar) taxtga chiqdi. Ramzes I ning o'g'li Seti I (er. av. 1304-1209-yillar) xett podshosi Muvatalli bilan urush olib borib Falastin, Finikiya va janubiy-markaziy Suriyani bosib oldi. U Oront daryosi vodiysidagi Kadesh yaqinida xettlarni tor-mor qildi.
Seti I Liviya va Nubiyda urush olib borib o'ta shafqatsizlik bilan harakat qildi: Karnak ibodatxonasida u asirlarni xudo Arnonga bir necha marta qurbonlik keltirayotgan holatda tasvirlangan2.
Seti I ning o'g'li Ramzes II (er. av. 1290- 1224-yillar) davrida Exnatondan Eyegacha bo'lgan fir'avnlarni sulolaviy ro'yxatlardan o'chirib tashlandi. Ramzes II ibodatxonalar boyliklarini o'z qo'liga olib, xettlar bilan uzoq davom etgan urush harakatlarini olib bordi. Er. av. 1280- yoki 1270-yillar atrofida xett podshosi Xattusili III tashabbusi bilan Misr bilan xett podsholigi o'rtasida tinchlik shartnomasi tuziladi. Misr qo'l ostida Falastin, Finikiyaning katta qismi va janubiy Suriyaning ozroq qismi qoldi; bu mamlakatlarning shimolidagi barcha hududlar xettlarning mulki hisoblandi. Tinchlik shartnomasi bilan birga o'zaro yordam majburiyati bilan ittifoq tuzildi. Ramzes II va Xattusilining qizlaridan biri bilan nikoh o'qitildi. Nil daryosining sharqiy qismida Ramzes II yangi poytaxt Per-Ramzes shahrini qurdi. Ramzes II taxminan 87 yil yashadi. Uzoq vaqt uning katta o'g'illaridan biri Memfis xudosi Ptaxning bosh kohini Xaemuas voris bo'ldi, lekin u otasini o'limigacha yashamadi.
Natijada Ramzes II ni o'n uchinchi o'g'li Merneptax (er. av. 1224-1214- yillar) taxtga chiqdi. Bu fir'avnning vafotidan keyin Misr davlat hokimiyatining zaiflashuv jarayoni boshlandi. Ramzes III (er. av. 1190—1159-yillar) Yangi podsholik davrining so'ngi taniqli hukmdori edi. Ramzes II hukmronligi uzoq davom etgan3. Bu davrda Misr davlati va madaniyati gullab yashnagan: uning merosxo'rlari davrida ichki va tashqi siyosatda kuchli ziddiyatlar yuzaga kelgan. XIX sulolaning oxirgi to'rt vakili davrida markaziy hokimiyat nihoyatda zaiflashgan. Er. av. XIII—XI asrlarda Misrda zaif aholining noroziligi kuchayadi. «Dengiz xalqlari» sharqiy chegaraga, Liviyaliklilar harbiy chegaralariga bostirib kirganlar.
Ibodatxonalar davlatdan mustaqil bo'lib o'ta boyib ketdilar. (uzunligi 40 m bo'lgan «Xarris katta papirusi»dagi asosiy yozuvlarda fir'avnning ibodatxonalarga hadyalari sanab o'tilgan.) Ramzes II dan keyin Misrda yana 8 fir'avn hukmronlik qiladi. Ularning hukmronligi davrida Misrga liviyalik va osiyoliklarning yangi hujumlari kuchayadi; fir'avn hokimiyati zaiflasha boradi, nomlarning mustaqilligi kuchayadi.

Download 76.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling