Yangi Shohliklar davrida Misr
Yangi Shohliklar davrida jtimoiy munosabatlar
Download 76.5 Kb.
|
1555408256 74106
Yangi Shohliklar davrida jtimoiy munosabatlar.
Avvalgidek Misr jamiyati uch qatlamga bo'lingan edi: hukmron tabaqa quldorlar, ustaxonalar,uy egalari: kichik mayda ishlab chiqarishlar, o'z mehnati bilan kun kechiruvchi hunarmand va lehqonlar: o'z mulkiga ega bo'lmagan qaram qullar. Yangi podshohlavrida ijtimoiy qatlamlar va ijtimoiy tizimda ularning ichida Pgma o'zgarishlar yuz bergan. Quldorlik mun asabatlari lustahkamlangan. Yuz minglab asirlar qullarga aylanti rildi. 1-3 qulga esa bo'lgan mayda quldorlar paydo bo'lgan. Hukmron tabaqa va uning tarkibida keskin o'zgarishlar yuz bergan. Aslzoda bo'lmagan, ma'muriyatda o'rta va kichik lavozimlarai egallagan, fir'avnga qaram bo'lgan kichik va o'rta quldorlar paydo bo'ldi. Ular fir'avn hokimiyatini asosiy tayanchi edilar. Hukmron tabaqa ichida xizmatdagi zodagonlar, qo'shinning qo'mondon tarkibi, merosiy zodagonlar, xudo Amon boshchiligidagi oliy kohinlar alohida o'rin egallaganlar. Nom zodagonlari va oliy kohinlar XVIII sulola davrida istilochilik urushlaridan ulkan boylik orttirdilar. Yillar davomida moddiy boyliklarni to'plab olgan. Fiva kohinlari davlat hokimiyatiga kuchli ta'sir o'tkazib fir'avnlarni siyosatiga faol aralashganlar. Fiva kohinlari bilan nom zodagonlari va xizmatdagi zodagonlar o'rtasida kuchli qarama-qarshilik paydo bo'lgan Natijada bu kurash Exnatonning diniy islohotlari bilan tugagan. Misrdagi ijtimoiy vaziyat ziddiyatli edi. Istilochilik yurishlari davrda iqtisodiy o'sish ma'lum holda barqaror bo'lgan, ammo mehnatkash aholining ahvoli og'ir bo'lib qolavergan. Yangi podsholik davrida davlatni idora qilishning murakkab apparati vujudga kelgan. O'sha vaqtdan qolgan juda ko'p hujjatlar markaziy va mahalliy idora tizimi bilan tanishib chiqishimizga imkon beradi. Markazlashgan byurokratik idora tizimi borgan sari kuchayib boradi. Ota-bobosi fir'avnlar bo'lgan Yaxmosning ittifoqdoshi bo'lgan Al-kaba nomarxlaridan tashqari, boshqa viloyatlarning ilgarigi mustaqil hokimlari o'z mustaqilliklarini yo'qotganlar va fir'avnga tamomila itoat qilishga majbur etilganlar. Mamlakat Shimoliy va Janubiy Misrni o'z ichiga olgan ikkita katta ma'muriy okrugga bo'lingan; okrugga fir'avnning maxsus hokimi qo'yilgan. Bu esa idora qilish ishini yanada ko'proq markazlashtirishga imkon bergan. Nomlarni idora qilish podsho amaldorlari qo'liga topshirilgan. Har bir viloyatning boshida maxsus amaldor turgan. Uning mirzasi va alohida devoni bo'lgan. Shaharlarni fir'avn tayinlagan maxsus mansabdorlar boshqarganlar4. Hujjatlarda sud ishining qanday tashkil qilinganligiga oid ba'zi bir ma'lumotlar saqlanib qolgan. O'sha davrdayoq sud qonunlari to'plami bo'lgan. Shunday tasvirlar saqlanib qolganki, bu tasvirda biz sud mahkamasida bosh sudyaning o'tirganini va uning oldida bir sandiq bo'lib, uning ichida 40 ta qonunlar to'plamining yozilgan matni borligini ko'ramiz. Exnaton III o'zini «Qonun o'rnatuvchi» deb atagan. U o'z yozuvlarida qonunga doim rioya qilinganligini bayon qiladi. Bu davrda boshqaruv xodimlari soni o'sib ketdi,boshqaruv bo'g'inlari ko'paydi. Lavozimlar aniq darajalarga bo'linadi. Tutmos III ning bosh vaziri Rexmirning davlat apparatini murakkabligini ko'rsatadigan yo'riqnomasi bizgacha yetib kelgan. Ushbu hujjatga ko'ra XVIII sulola davrida davlat apparati bir necha bo'g'inlarga bo'lingan. Bu yo'riqnoma quyidagi so'zlardan boshlanadi. «Shahar boshlig'i, janubiy shahar va qarorgoh vaziri vazir devonida o'sha tora-vazir majlis ko'rganida shu vazir devonida eshitib turgan chog'da qilishi lozim bo'lgan hamma ishlar xususida farmoyish u vazir kursisida o'tiradi. Yerga boyra solingan, tepasida taxtiravon, uning orqasida ham teri, oyoq ostida ham teri yoyib tashlangan qo'lida aso, oldida 40 kun uning kamida ikki tomonida janubning 10 ta kibori, ichki qasr boshligi uning o'ng tomonidan daromadlar boshlig'i, chap tomonda vazirning mirzalari qo'liga yaqin joyda turadigan...». Bu yo'riqnomaga qaraganda bu oliy mansabdagi amaldor butun mamlakatni idora qilish isljinj, qo'liga olgan. Markaziy boshqaruv apparati bir necha bo'g'inlarga bo'lingan. Xazina boshlig'i, uy boshqaruvchisi (soliq yig'uvchi, xiroj to'lovchi) ekinlar mudiri, chorva boshlig'i, qabulxona boshlig'i, sud mudiri, harbiy palatalar boshlig'i kabi vazifalariga ega bo'lgan vazir qoshida 10 ta yuqori Misr amaldorlari bo'lgan. Keyingi bugin hududiy ma'muriy boshqaruv apparati bo'lgan. Rexmir yo'riqnomasiga ko'ra vazir to'rtta ma'muriy hududlarni boshqaradigan amaldorlarni tayinlagan. «U (vazir) Yuqori va Quyi Misr va Yuqori Misrning janubiy qismi (Fiva boshchiligidagi poytaxt okrugi). Nilning viloyati. Ular barcha yuz bergan voqealar to'grisida har to'rt oyda hisobot berishlari kerak. Ular vazirlarga o'zlarini boshqaruvlari yozuvlarini yetkazadilar». (O'sha davrdagi hujjatdan parcha...) Davlat xavfsizligi uchun muhim bo'lgan qo'shinda yollanma askarlar soni ko'paytirilgan. Shu maqsadda Liviya qabilalaridan ko'plab askarlar olingan, qo'mondonlik tarkibi va qo'shinning moddiy ta'minoti mustahkamlangan. Tashkiliy jihatdan qo'shinlar shimoliy va janubiy qismlarga bo'lingan. Download 76.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling