Yangi Shohliklar davrida Misr


Yangi Shohliklar davrida iqtisodiyotning gullab-yashnashi


Download 76.5 Kb.
bet2/6
Sana16.06.2023
Hajmi76.5 Kb.
#1493396
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1555408256 74106

Yangi Shohliklar davrida iqtisodiyotning gullab-yashnashi.
Misrning g'olibona yurishlari natijasida mamlakatga minglab asirlar haydab kelingan va qulga aylantirilgan. Qullar fir'avn, ibodatxona va zodagonlarning xo'jaliklari .ekin yerlarida, ustaxonalarida ishlaganlar. Asirlardan tashqari Misrga juda katta moddiy boyliklar oqib kelgan. Misr bosib olingan hududlarda har yili belgilangan miqdorda xiroj to'lovini joriy qilgan. jumladan, Efiopiya oltin qumi, ffl suyagi, Falastin va Suriya kumush, qo'rg'oshin, qalay, bo'yoq, gazlama, lazurit, qimmatbaho toshlar' ;masozlik yog'ochi, noyob kedr yog'ochini yetkazib berish majunyatini olganlar. Misrda qo'shimcha ishchi kuchi, turli xil xomashyolarning mo'I-ko'lligi iqtisodiyotga ijobiy ta'sir qilgan. Xo^ahk ishlab chiqarishi va uning texnologiyasi takomillashgan. XIX Su10ia davridan boshlab jezdan foydalanish keng tarqalgan Uning xomashyosi Suriyadan o'zlashtirib olingan, metall ishlab nqansh texnologiyasi ham bilan takomillashtirilgan. Vertikal ipyigiradigan to'quv dastgohi kashf qilingan. Bu vaqtda xira rangli shisha tayyorlash alohida xo'jalik sohasiga aylanadi.
Omoch takomillashadi, suvni yuqoriga chiqarib beradigan mexanizm shoduf ixtiro qilingan. Yangi o'simliklar o'zlashtirilgan. (Chechevisa, smola daraxtlari). Chorvaning yangi zoti (xachir, tuya) yilqichilik mustaqil sohaga aylanadi. Sun'iy sug'orish inshootlarini qurish, ta'mirlash va tartibga solish, yangi yerlarga suv chiqarish fir'avnlarning diqqat-markazida turgan. Fayum vohasida yangi yerlar ko'plab ochilib, voha Misrning g'alla omboriga aylangan. Eski kanal, to'gon va ariq-anhorlar tozalangan. Nil daryosining toshqin suvlarini chiqishi ustidan muntazam nazorat o'rnatilgan.
Nil vodiysida uzumchilik, asalchilik va bog'dorchilik gullab-yashnagan. Yangi podsholik davrida Misr iqtisodiyotida dehqonchilik va chorvachilik yetakchi soha sifatida mahsulotni ko'plab yetkazib beigan. Fir'avnlar kuchli iqtisodiyotga tayanib tashqi siyosatda jiddiy yutuq-larga erishdilar, me'iixorchilik, qurilish sohasi yuqori darajada rivojlangan. Bir necha yangi shaharlar, jumladan, Per-Ramzes nomli yangi shahar qurilgan. Noyob san'at namunalari hisoblangan me'morchilik inshootlari brpо qilindi: Luksor va Fivada Amon ibodatxonalari, fir'avn sog'ona ibodatxonasi, Fir'avn Ramzes Abidosda Osiris ibodatxonasini qurgan. Nubiyada qoya toshda Abu- Simbel ibodatxonasi (balandligi 33 m., kengligi 38 m., uzunligi 65 m.) bunyod qilinadi. Bundan tashqari, bu yerda Ramzes II ning balandligi 24 m. bo'lgan haykali va uning oyog'i ostida bolalarining 200 haykallari barpo qilingan. Bu davrda Misr madaniyatining taraqqiyoti uchun qulay ichki va tashqi imkoniyatlar yaratilgan. Mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishi ichki va tashqi savdoning rivojlanishiga sabab bo'lgan. Yangi savdo aloqasi tobora kengaygan. Suriyaning ayrim viloyatlari bilan Misrning savdo aloqalari mustahkamlangan.
Misrliklar bu hududdan qishloq xo'jalik mahsulotlari: don, sharob, asal hamda chorva mollari olib kelganlar. Livandan binokorlik yog'ochlari keltirilgan. Misrga Suriya orqali uzoq mamlakatlardan, xett davlatidan Egey dengizlaridagi orollardan va Mesopotamiyadan juda ko'plab mansulot ol:i? kelingan. Suriya bilan savdosotiq ishlari quruqlikdagi yo'llar orqali ham olib borilgan. Bu davrda misrliklarning dengiz floti bo'lgan va shuning uchun ular mahsulotlarni Suriyadan yelkanli kemalarda olib kelganlar. Suriyadan keyin Misr savdosining eng muhim tayanch nuqtalaridan biri Bobil shahri bo'lgan.
Bu davrda misrliklar bir qator yangi mamlakatlarga: Kipr, Kichik Osiyo, Mesopatamiyaga savdo ekspeditsiyalari va istilochilik niyatida qo'shin yuborganlar. Bu vaqtga kelib, Sinaydagi mis konlari xomashyosi tugay deb qolganligi sababli misrliklar o'zlariga zarar bo'lgan misning yangi manbalarini qidirishga majbur bo'lganlar. Yangi podsholik davrida misrliklar o'zlariga zarar bo'lgan misni Kipr orolidan olib kelganlar.
Kipr oroli qadim zamonlardan o'zining juda katta mis konlari bilan ham nom chiqargan. O'sha vaqtdan saqlanib qolgan ba'zi huijatlarda Kipr orolidan Misrga juda ko'plab mis yuborilgani haqida ma'lumot beriladi. Masalan: Kipr podshosi Misr fir'avniga bunday deb yozgan: Men senga 500 talant( 150000 kg) mis yubordim.
Men buni birodarimga sovg'a qilib yubordim. Birodar misning kamligini ko'nglingga olma. Mening mamlakatimda egam Nergalning qo'li (vabo) mamlakatimdagi odamlarning hammasini qirib yubordi. Endi misni tayyorlaydigan hech kim yo'q. Bu davrda Kichik Osiyodan, xususan uning xettlar joylashgan sharqiy viloyatlaridan Misrga temir keltirilgan. Temir o'sha vaqtlarda Misrda nodir hisoblangan.
Misr savdosi shimoli-sharqqa Mesopotamiya viloyatlariga kirib borgan. Ikki daryo oralig'ining shimoli-g'arbida joylashgan Mitanni davlatidan jez, lojuvard, gazmol, kiyim-kechak, moy, jang aravalari, otlar va qullar olib kelingan. Misrliklar Bobildan ham xuddi shunday tovarlar, ya'ni kumush, yog'ochdan tortib oltin va fil suyagi bilan bezatilgan qimmatbaho buyumlar keltirganlar, Misr bilan Osuriya o'rtasida ham savdo aloqalari o'rnatilgan. Yozma manbalardagi ma'lumotlarga qaraganda misrliklar Osuriyadan jang aravalari, otlar va lojuvard keltirganlar. Misrliklar Old Osiyodan olgan mahsulotlari evaziga bu mamlakatlarga asosan quyma oltin yoki tilla buyumlar, fil suyagi yoki lojuvard bilan bezatilgan buyumlar, gazmol, kiyim-kechak, asosan qimmatbaho metallar yuborganlar.

Download 76.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling