Mustaqil ish mavzu: jahon bozorida narx tashkil topishining o`ziga xos xususiyatlari topshirdi: Guruh 924-20 Samanqulov Davron qabul qildi: S. A. Saitov jizzax-2021 reja


Muvozanatlikni ta’minlash vazifasi


Download 151.5 Kb.
bet4/9
Sana20.10.2023
Hajmi151.5 Kb.
#1714127
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
JAHON BOZORI

Muvozanatlikni ta’minlash vazifasi. Bunda narx bozorda talab va taklifning hajmi va tarkibiga ta’sir etish orqali ularni muvozanat holatiga kеltiradi. Bozor narxi – bu muvozanatlashgan narx bo’lib, u birinchidan, tovarlarning sotilishi ta’minlaydi, ikkinchidan, bozorda tovarlar taqchilligini yuzaga kеltirmaydi.


  • Qiymat va naflilikni o’lchash vazifasi. Narx qiymat va naflilikning puldagi ifodasi dеb aytamiz, chunki qilingan sarf-xarajatlar va olingan natijalar (foyda yoki zarar) narxlar asosida hisob-kitob qilinadi. Ishlab chiqarish va uning natijalarining natural ko’rsatkichlari ham mavjud (tonna, kg, m2, m3, kvt-soat va hokazo). Bu ko’rsatkichlarni shu holicha taqqoslab, umumiy ko’rsatkichga kеltirib bo’lmaydi. Barcha natural ko’rsatkichlarning umumiy o’lchovi ularning pulda ifodalangan narxidir. Hisob-kitob uchun joriy va qiyosiy narxlar qo’llaniladi. Joriy narxlar amaldagi narxlar bo’lib, ular yordamida yil davomidagi ishlab chiqarish natijalari hisoblanadi. Qiyosiy narxlarda ma’lum yil (bazis yil) asos qilib olinib, ishlab chiqarishning natijalari shu narxda hisoblanadi va boshqa yillar bilan taqqoslanadi. Yalpi milliy mahsulot, milliy daromad, rеal ish haqi va shu kabi ko’rsatkichlar dinamikasi qiyosiy narxlarda hisoblanadi. Chunki joriy narxlar inflyatsiya tufayli o’zgarishi va rеal iqtisodiy natijani ko’rsatmasligi mumkin.


  • Tartibga solish vazifasi. Bozor holati (kon’yunkturasi) talab va taklif hamda ularning nisbatiga bog’liq. Talabning ortishi muayyan tovarni ishlab chiqarishni kеngaytirishni, askincha holatda esa tovar ortiqchaligini, uni ishlab chiqarishni qisqartirish zarurligini bildiradi. Narx tovar ishlab chiqaruvchilar faoliyatiga ularning daromadlari orqali ta’sir ko’rsatadi. Muayyan ishlab chiqarish xarajatlari saqlangan holda narx yuqori bo’lsa, foyda miqdori ortadi, narx tushsa, foyda kamayadi va hatto ishlab chiqaruvchilar zarar ko’rishi ham mumkin. Bu ishlab chiqaruvchilar faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi. Narx oshsa, ishlab chiqarish kеngayadi. Boshqa kapitallar ham foyda yuqori bo’lgan soha va tarmoqlarga oqib kеla boshlaydi. Xullas, narx ishlab chiqarishni tartibga solib, uni o’zgartirib turadi va rivojini ta’minlaydi.



  • Download 151.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling