Mustaqil ish mavzu: Jurnalistik materialning janriga ko‘ra material yig‘ishning o‘ziga xosliklari Hazratqulov Samandar
Download 0.61 Mb.
|
1 2
Bog'liqJurnalistika assoslari 2
MUSTAQIL ISH Mavzu: Jurnalistik materialning janriga ko‘ra material yig‘ishning o‘ziga xosliklari Hazratqulov Samandar 17/22- grup Qabul qildi: Xalimov S Reja:
1. Jurnalistikaga janr kerak (mi?)
Kirish
Axborot uzatish vositalarining ko‘payishi va rivojlanishi jurnalistik asarning kontenti (shakl va mazmuni)ga ham ta’sir etmasdan qolmadi. Endilikda asosiy e’tibor voqelik haqidagi axborotga emas, ko‘proq voqelikning o‘ziga qaratilmoqda. Bu ayniqsa, elektron OAVda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Natijada jurnalistika nazariyasida janr tushunchasiga bo‘lgan munosabat o‘zgarib, axborot uzatishning turli shakllari rivojlanishi bora-bora janr tushunchasiga bo‘lgan ehtiyojni yo‘qotadi, degan qarash paydo bo‘ldi. Ayniqsa, jahon jurnalistikasi ilmida (o‘arb nazariyachilari ko‘proq urg‘u berishadi) jurnalistikaning asosiy vazifasi faqat axborot yetkazishdan iborat, “janr” tushunchasi vaziyatni chigallashtiradi va uni o‘zgartirib yuboradi, shuning uchun u bosh qotirishga arzimaydigan masala, degan qarashlar ham ustuvorlik qilmoqda. “Hurriyat” gazetasining 2007 yil 21-mart sonida jurnalist Ibrohim Normatov “Jurnalistikada mahorat kerakmi yoxud unutilayotgan janrlar xususida” sarlavhali maqolasida matbuotda janr tushunchasining yo‘qolayotganligi, jurnallarda, ayniqsa, gazetalarda janrlarning qashshoqlashishi oqibatida bir xillik yuzaga kelayotganligi haqida so‘z yuritgan edi. Shuningdek, muallif eng ta’sirchan va hozirjavob janr reportaj, ocherk, feletonlar kamayib ketayotganligini, hattoki, ayrimlar pamflet nimaligini bilmasligini, qolaversa, nashrlarning ko‘pligi ham saviya jihatdan gazetalar mazmunini no‘noqlashishiga — bir xil qolipga tushib qolayotganiga sabab bo‘lishini ta’kidlagan. Janr tushunchasi barcha davrlarda ham odamlarning axborotga qiziqishlari, uni qabul qilishga bo‘lgan ehtiyoj, munosabatlariga qarab yuzaga keldi va rivojlandi. U jurnalistika paydo bo‘lgandan beri o‘z davriga qarab rivojlanadigan, ijtimoiy jarayonlar ta’sirida o‘zgarib boradigan tarixiy kategoriyadir. Buni Sankt-Peterburg universiteti professori G.Korkonosenko shunday izohlaydi: “Ishbilarmonlarning o‘zaro munosabatlari gazeta sahifalarida “hisobot” janrini paydo qildi. Sir tutishga bo‘lgan ehtiyoj tufayli xat janri yuzaga keldi. 1800 yilda “Jurnal de Debi” deb nomlangan frantsuz gazetasi inqilobdan keyin odamlarni o‘ziga ko‘proq jalb etish va demokratik matbuotning ko‘rinishi sifatida taassurot uyg‘otish uchun feletonni o‘ylab topdi. Shu tariqa barcha janrlar tarixan oddiylikdan murakkablikka, oddiy xabardan tortib tahliliy maqolagacha rivojlana bordi.” Ta’kidlash o‘rinliki, har qanday jurnalistik asarni yaratish tegishli ma’lumotlarni yig‘ishdan boshlanadi. Ma’lumot olishning keng tarqalgan usullaridan biri esa muloqotdir. Garchand muloqot kommunikatsiya turi sifatida axborot almashishning eng qadimiy usuli bo‘lsa-da, u bilan shaklan bir xil bo‘lgan intervyu janri boshqa janrlarga nisbatan ancha kech paydo bo‘lgan. Bu haqda tadqiqotchi L.Shibaeva shunday yozadi: “Vaholanki, jurnalistikada paydo bo‘lgan janrlarning ichida intervyu eng birinchilardan bo‘lishi kerak edi. Axir savol berish har bir insonga bolaligidan odat. Qolaversa, dunyo adabiyotida, antik faylasuflardan tortib dramaturglargacha juda katta dialoglar zaxirasini qoldirgan. Shunga qaramay, bu janr XIX asrning ikkinchi yarmida shakllandi. Buning ham o‘ziga yarasha sababi, talabi va mezoni bor”. Shu paytgacha jurnalistikaning rivojlanishi jarayonida rus tadqiqotchilari janrning o‘rni, kompozitsion tuzilishi, tipologik, gneseologik, morfologik, aksiologik kategoriyalari mavjudligini aniqlab, janrlarni shular asosida tasniflaganlar. Ammo bugunga kelib, sohaning rivojlanishi bu tasniflarning eskirganligini ko‘rsatmoqda. Endilikda zamonaviy jurnalistika nazariyasida “yangiliklar jurnalistikasi”, “mualliflik jurnalistikasi”, “tahliliy jurnalistika”, “sharhlash jurnalistikasi”, “reportyorlik jurnalistikasi”, “yangi jurnalistika” “fuqarolik jurnalistikasi”, “gonzo jurnalistika”, “sifatli jurnalistika” kabi boshqa tasniflar ham paydo bo‘ldi. Bunga javoban professor G.Korkonasenko shunday yozadi: “ushbu tasniflar qanday shaklda taklif etilmasin, publitsistik matn uchta muhim komponentni: a) yangilik yoki mavjud muammo haqida xabar berish; b) vaziyat yoki shart-sharoitni tahlil qilish orqali tushuntirish, fikrlashga undash; v) auditoriyaga emotsional ta’sir etish usullarini o‘z ichiga oladi”. O‘zbek jurnalistikasida janrlar qanday tasniflanadi? Umuman, ularning o‘rni va ahamiyati qanday? Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritgunga qadar sovet jurnalistikasi nazariyasi va amaliyoti ta’siri ostida bo‘lgani uchun sho‘ro matbuotida qanday janrlar qo‘llanilgan bo‘lsa, o‘zbek matbuotiga ularni shu holicha olish ko‘zga tashlanadi. Ammo mamlakat mustaqil bo‘lgandan keyin jurnalistika nazariyasi va amaliyotida ham o‘zgarishlar yuz berdi. Natijada publitsistika janrlari guruhlarini belgilashda jahon jurnalistikasi tajribalaridan kelib chiqib yondashish qaror topdi. Shu asnoda o‘zbek milliy jurnalistikasi xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ilk marta publitsistika janrlari guruhlarini belgilashda nisbatan yangicha yo‘l tutildi. Jurnalistika turlarini tasnif etishda yangiliklar jurnalistikasi, tahliliy jurnalistika, sharhlash jurnalistikasi, badiiy-publitsistik mahorat, jurnalist surishtiruvi, degan atamalar yuzaga keldi. Ilgari xorijiy matbuotda keng qo‘llanilgan esse janri ham O‘zbekiston jurnalistikasidan joy oldi. Endi jahon jurnalistikasi nazariyasi va amaliyoti tajribalaridan ham foydalanila boshlandi. Pirovardida O‘zbekistonda milliy va xalqaro jurnalistika nazariyasi va amaliyotiga xos ilmiy qarashlar yuzaga keldi. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakulteti o‘quv rejasida jurnalistning ijod mahorati bilan bog‘liq bilimlar uchta fan — yangiliklar jurnalistikasi, tahliliy jurnalistika hamda publitsistika tarkibida o‘rgatiladigan bo‘ldi. Endi ushbu fanlar tarkibida qanday janrlar o‘rganilishiga e’tibor qaratamiz. Yangiliklar jurnalistikasi tarkibiga axborot, xabar, yangilik, hisobot, intervyu, reportaj singari janrlar kiradi. Bu janrlar asosan, jamiyatda sodir bo‘lgan va bo‘lishi taxmin etilgan hayotiy voqealar, hodisalar, jarayonlar haqida xabar berishga qaratiladi. Ularning spetsifik imkoniyati voqelikni aks ettirish va zarur hollarda mavjud faktlarni qismlarga ajratib yetkazish bilan belgilanadi. Agar axborot yoki yangilik janri orqali voqea sodir bo‘lganligi haqida xabar berilsa, reportajda voqeani sodir bo‘lish jarayoni o‘sha joyning o‘zida jurnalist ishtirokida yoritiladi. Intervyu sodir bo‘lgan voqea kimningdir qarashi yoki fikri orqali ifoda etiladi. Ammo ba’zan voqeaning qachon, qaerda, kim tomonidan sodir etilgani haqidagi xabarning o‘zi o‘quvchiga, tomoshabin yoki tinglovchiga kamlik qiladi. U voqeani keltirib chiqargan sabablar va uning oqibatlari haqida ko‘proq bilishni xohlaydi. Bu tabiiyki, tahliliy janrlarga ehtiyojni paydo qiladi. Tahliliy jurnalistika axborot yetkazish bilan uni tahlil orqali jamoatchilikka tushuntirishni maqsad qiladi. Masalan, korrespondentsiyaning asosiy axboriy vazifasi “tushuntirish” bo‘lib, o‘tgan voqelikni atroflicha yoritish ustuvorlik qiladi. Uning vazifasi “nimaga?”, “nima sababdan?” degan savollarga javob berishdir. Maqola voqelikning biror bir jihatini, qismini, u bilan bog‘liq muammo, masalaning yechimini ochib berishga qaratilib, “nima qilish kerak?” degan savolga javob berishni ko‘zda tutadi. Taqriz aynan voqelikning o‘zini emas, balki voqelik jarayonida mavjud ob’ektni tahlil qilish orqali unga baho beradi. Jurnalist surishtiruvi esa muayyan voqelik yuzasidan haqiqat sir tutgan holatlarda adolatni qaror toptirish uchun olib boriladi. Sharh janrida muayyan voqea, vaziyat, jarayon yuzasidan olib borilgan tahlilning hayotiy realliklarga qanchalik mos kelishi, mantiqiy qarashlarning asosliligi ko‘rsatib beriladi. Mazkur janrlarni birlashtiruvchi asos esa bu – tahlil va tadqiqotning mavjudligi bilan belgilanadi. Publitsistika janrlariga ocherk, esse, feleton, pamflet, xat, kichik hajviy janrlar kirib, unda ijtimoiy hayotni obraz va obrazlilik, xarakterlar yaratish, tipiklashtirish, shuningdek, fabula, kompozitsion qurilish, konflikt va yechim singari unsurlaridan foydalangan holda jurnalistik asar yozish maqsad qilinadi. Bu janrlar orqali axborot iste’molchilariga emotsional ta’sir ko‘rsatish ko‘zda tutiladi. Bundan ko‘zlangan maqsad publitsistikaning mazkur janrlarida jamoatchilikka yetkazmoqchi bo‘lgan fikr shunchaki axborot tarzida berilmasdan, kishilarning tuyg‘ulari, hislariga ta’sir ko‘rsatish orqali uning samaradorligini oshirishdir. Janr tushunchasi doimo o‘zgarib va rivojlanib borganligi bois uning tugal nazariyasi ishlab chiqilgani yo‘q. Ayniqsa, internetning OAV sifatida tan olinishi, bu masalani birmuncha chigallashtirdi. Boisi, internetdagi foydalanuvchilar faqat axborot iste’molchilari emas, balki axborot manbalari, axborotni yetkazuvchilar ham hisoblanadi. Shuning uchun butunjahon “o‘rgimchak to‘ri”da janrning ahamiyati birmuncha pasayadi. Ammo bu butunlay yo‘qoldi, degani emas. Ijtimoiy tarmoqlarda, rasmiy saytlarda ham jurnalistikaning boshqa turlarida uchraydigan janrlar mavjud. Faqat ularda axboriy janrlar yetakchilik qiladi. Sharh, intervyu va maqolalar keyingi o‘rinlarni egallaydi. Bundan tashqari, internet OAVda janrlar integratsiyasi, ya’ni o‘zaro ta’siri, aralashuvini ko‘proq kuzatish mumkin. Shunday qilib jurnalistikada janrning o‘rni muhim va uni soha mutaxassislari tomonidan o‘rganishga ehtiyoj mavjud. Bu nimalarda ko‘rinadi? Birinchidan, har bir asarning aniq tavsifi, tarkibiy qismlari bor. U gohida nisbatan erkin tarzda gohida muallifning maxsus ijodiy intilishi tufayli paydo bo‘ladi. Lekin har qanday vaziyatda ham o‘xshash xususiyatlarga ega bo‘lgan matnlar alohida guruhlarni o‘zida birlashtiradi. Ikkinchidan, janr haqida aniq tasavvurga ega bo‘lish jurnalistlarning kasbiy muomalasiga, o‘zaro bir-birlarini tushunishga ham yordam beradi. Masalan, muharrirning «Tibbiyot haqida yaxshi material yozing» deyishi bilan «Yurak xastaligi bo‘yicha jarrohlikda yangilik qilgan shifokor haqida ocherk yozing» degan topshirig‘i bizningcha, jurnalist aynan qanday material tayyorlashini aniq ko‘rsatib beradi. Uchinchidan, OAVda faoliyat olib boradigan mutaxassislarning hammasi ham jurnalistika ta’limiga ega emas. Matn bilan ishlaganda, uning shakl-shamoyili haqidagi bilimlarga ega bo‘lish sohani yaxshi tushunishga, jurnalist sifatida vaqtdan, ega bo‘lgan ma’lumotidan to‘g‘ri va maqsadli foydalanishga yordam beradi. Jahon jurnalistikasida janr xususida hozir ham yangi-yangi fikrlar, yo‘nalishlar, atamalar paydo bo‘lmoqda. Ayniqsa, internet jurnalistikada paydo bo‘lgan infografika, sleninglar, ma’lumotlar jurnalistikasi (date journalizm) ana shular jumlasidandir. Yangiliklar, uning atrofidagi bahs-munozaralarning bo‘lishi tabiiy jarayondir. Chunki yangi fikrlar nazariyalarning qotib qolmaganini ko‘rsatadi. Shu nuqtai nazardan jurnalistikaning davr bilan, texnologiyalar bilan tengma-teng rivojlanishi barobarida janrga bo‘lgan munosabat, uning tadriji, o‘zgarishlari, o‘zaro ta’siri masalalariga ham e’tiborsizlik qilib bo‘lmaydi. Bloglarning mavqei jahon axborot makonida kundan kunga oshib bormoqda. littp://go.mail.ru/search?fm=l&q saytining xabar berishicha: 2004 yildan buyon 14 iyun xalqaro blogerlar kuni sifatida nishonlanmoqda. Blogerlik - ommaviy axborot sohasidagi faoliyat. Ammo blogerlik shu sohadagi ishning boshqa turlariga, masalan, notiqlik. Matbuot, radio yoki televideniyedagi faoliyatga o'xshamaydi. Masalan, Rossiya Federasiyasida blogerning saytiga bir kecha-kunduzda uch ming iste'molchidan ko'prok odam kirsa, mazkur blog OAV deb nomlanish huquqiga ega bo'lishi qonun bilan belgilangan. O'zbekiston qonunchiligida bunday me'yor yo'q. 2014-yilda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi qonunda «bloger - internet jahon axborot tarmog'idagi o'z veb -saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga hamma erkin foydalanishi mumkin bo'lgan, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa xususiyatga ega axborotni joylashtiruvchi, shu jumladan, axborotdan foydala- nuvchilar tomonidan ushbu axborotni muhokama qilish uchun joylashtiruvchi jismoniy shaxs» deya ta'riflanadi. O'zbekiston Respublikasining 2003-yil 1-dekabrda qabul qilingan «Axborotlashtirish to'g'risida»gi konunning 3-moddasi shu mazmundagi xatboshi bilan to'ldirilgan. Yana bir qo'shimcha Qonunning 12-moddasiga tegishli. Bu yerda «veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining egasi, shu jumladan, bloger hamma erkin foydalanishi mumkin bo'lgan axborot joylashtiriladigan in ternet jahon axborot tarmog'idagi o'z veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga hamma erkin foydalanishi mumkin bo'lgan axborotni joylashtirishdan avval uning to'g'riligini tekshirishi, shuningdek, joylashtirilgan axborotning noto'g'riligi aniqlangan taqdi rda uni darhol o'chirib tashlashi shart»1 deb belgilangan. Mazkur huquqiy me'yorda blogerlik faoliyati qonuniy kafolatlangan. Faqat huquqshunoslar tomonidan qonunga yoziladigan sharh yoki izohlarda qanday axborotni noto'g'ri deb hisoblash mumkinligi haqida tushuncha berilmagan. Misol uchun, aytaylik, bir bloger boshqa bloger materialini o'z sahifasiga joylashtirsa va bu ma'lumot noto'g'ri chiqsa, unda kim javobgarlikka tortilishini aniqlash zarur bo'ladi. Vaholanki, internet kengliklarida axborot noto'g'riligi tushunchasi turli mamlakatlarda. Aslida internet qonunchiligini yaratish bugungi kunning eng dolzarb masalasi bo'lib qoldi. Fuqarolarning internetdagi faoliyatiga nisbatan dunyo hamjamiyati ikki qismga bo'linib ketdi. AQSH amaliyotiga ko'ra, internetda o'z materiallarini joylashtiradigan har bir kishi jurnalist deb hisoblanishi mumkin. Xitoy qonunchiligida esa bloger sifatida faqat davlatning tegishli idorasi tomonidan rasman ro'yxatga olingan shaxslar bu faoliyat bilan shug'ullanishlari mumkin. Dunyo elektron axborot makoni paydo bo'lganidan buyon mazkur holat eng murakkab masala bo'lib turibdi. Matbuot, radio va televideniye davrida bu muammo yo'q edi, endi esa u holat o'zgardi va o'z yechimini kutmoqda. O'zbekistan Respublikasining nuqtai nazariga kelganda aytish zarurki, bizning mamlakatimiz pozitsiyasi Xitoy olib borayotgan faoliyatga yaqin. Blogerlik faoliyati O'zbekistonda ham tez rivojlanmoqda. «O'zbekistan ovozi» gazetasi muxbiri mazkur nashrning elektron saytida «kechagina «bloger» tushunchasi biz uchun mavhum edi. Bugun esa har birimiz o'z blogimizni ochib, unda mustaqil ravishda axborot berib borish imkoniyatiga egamiz» , deya ta'kidlamoqda. Blogerlik faoliyatining xususiyatlari haqida gap ketganda, avvalo, blogerlar professional jurnalistlarga qay darajada yaqin, degan savolga javob berish zarur. Bizningcha, bu yerda asosiy ma'no «professional» so'zida mujassamlashgan, chunki blogerlar aynan professional xodim emas (o'z bloglariga ega bo'lgan professional jurnalistlar bundan mustasno). Shunday ekan ularni jurnalist deb atash mumkinmi emas. Qonunchilikda jurnalist kim degan savolga O'zbekiston Respublikasi «Jurnalistik faoliyatni himoya qilish to'g'risida»gi qonunning 3 -moddasida: «Jurnalist - O'zbekiston Respublikasining yoki xorijiy davlatning ommaviy axborot vositalarida xizmat qiladigan yoxud ularda shartnoma asosida faoliyat olib boorish hamda tarqatish. Qadim zamonlardanoq jamiyat a'zolari yangilikka intilib yashaganlar. Shu ehtiyoj tufayli matbuot vujudga kelgan. Keyinchalik esa matbuot tarkibiga bosma usulda chiqariladigan gazeta va jurnallar bilan bir qatorda, uning texnikaga asoslangan yangi turlari – radio va teleko'rsatuvlar kelib qo'shilgach, bularning umumiy majmuasiga “Ommaviy axborot vositalari” (OAV) deb nom berildi. Muhtaram Prezidentimiz I. A. Karimov “...hozirgi paytda hayotimizni elektron axborot vositalari, xususan, televidenie va radiosiz tasavvur etib bo'lmaydi. Bugungi kunda ular bir vaqtning o'zida ham axborot maydoni, ham ijtimoiy – siyosiy, ma'naviy – ma'rifiy minbar, shu bilan birga, insonga madaniy, badiiy – estetik oziq beradigan va hordiq chiqaradigan makon vazifasini bajarmoqda, desak, xato bo'lmaydi”1 deb aytgan fikrlarida ommaviy axborot vositalarining bor bo'y – bastini ko'rsatib berganlar. Yurtboshimizning bu fikrlarini bejiz keltirganim yo'q. Ha, haqiqatdan ham vaqt o'tgan sari Ommaviy axborot vositalari o'ziga xos yo'nalishiga va bir qator davr talab qilayotgan vazifalarga ega bo'lib bormoqda. Jurnalistlarimiz o'z mahorati, bilim va iste'dodi hisobidan zamonaviy axborot vositalarining imkoniyatlari, axborot to'plash va uni ommaga yetkazishning usul-uslublari haqida yetarli malaka va ko'nikmalarga ega. Bu sohaning sir asrori hammadan ham ko'ra ularga yaxshi ma'lum. Avvalam bor, hozirgi vaqtda ma'naviyat masalasi naqadar o'tkir va hal qiluvchi masalaga aylanib borayotganini aksariyat ko'pchiligimiz hali ham chuqur tushunib yetganimiz yo'q desak, o'ylaymanki xato bo'lmaydi. Yana takror aytishga to'g'ri keladi: ma'naviyatni yo'qotsak o'zimizni va o'zligimizni yo'qotamiz. Ma'naviyatni yuksaltirsak o'z murod maqsadimizga yetishda kuchli madad topamiz. Hozirgi kunda g'oyaviy muxoliflarimiz ma'naviyatimizga qarshi kuchlar aholimizga, ayniqsa yoshlarimizga nisbatan axborot xurujlari uyushtirishga, “ommaviy madaniyat” shaklidagi puxta niqoblangan tahdid va ta'sirlar o'tkazishga urinmoqda. Hammamizga ayon bo'lishi kerakki “Axborot asri” deb nom olgan XXI asrda hech qaysi davlat yoki jamiyat o'zini temir devor bilan o'rab tashlay olmaydi. Ayni paytda ahvol shunday ekan deb qo'l qovushtirib o'tirish ham to'g'ri kelmaydi. Bunday tahdidlarga javoban biz ham sodda bo'lmasdan, zarur chora tadbirlarni ko'rishimiz kerak. Yaxshi bilamiz, xalqimiz oqko'ngil, sodda va ishonuvchan. Matbuotda bosilgan, televideniedan, radiodan aytilgan gaplarga ishonch bilan qaraydi. Chetdan turib bizga qarshi ish olib borayotgan informatsion markazlar ham shundan foydalanib qolishga urinadi. Bundan holatlarning oldini olish, ma'naviy-ma'rifiy targ'ibot ishlarini kuchaytirish uchun avvalo nimalarga e'tibor berishimiz lozim! Ayni vaqtda biz ulug' siymolarimizni faqat nomlarini zikr etish, ularni shuhratiga mahliyo bo'lish bilan cheklanib qolmayapmizmi degan haqli savol tug'iladi. Ana shunday buyuk zotlarning faoliyati, jahon tarixidagi o'rni va ahamiyati, bugungi hayotga ta'siri haqida jamoatchiligimizga, yosh avlodga yetarlicha ma'lumot yetkazib berayapmizmi degan masala barchamizni o'ylantirishi kerak. Masalaga shu ko'z bilan baho berib, nima uchun butun dunyo ahli buyuk ajdodlarimizning merosi tan olishini bu ulug' zotlar nima hisobidan bunday yuksak e'tirofga sazovor bo'lgani, uning tub omillari, sabablari nimada ekanligini har tomonlama chuqur ochib berishga qaratilgan aniq tasvirlar va dalillar asosida ilmiy ommabop va ma'rifiy ko'rsatuvlar, hujjatli filmlar, maqola va risolalar yaratilayaptimi yo'qmi, yaratilayotgan bo'lsa, ular bugungi talablarga javob beradimi, degan savolni o'z o'zimizga berishimiz lozim. Afsuski, bu borada OAV tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni qoniqarli deb bo'lmasligini jurnalistlarimizning aksariyat ko'pchiligi ham yaxshi bilandi. Bu mavzuni yoritishdagi kamchilik va nuqsonlar haqida uzoq gapirish mumkin. Eng asosiysi – ba'zi o'rinlarda bilim va malaka, ijodiy mahorat va mas'uliyatning yetishmasligi desak, to'g'ri bo'ladi. Bugun biz yangi hayot, huquqiy demokratik davlat barpo etayotgan ekanmiz, zamonning o'zi jamiyatimizda hanuz saqlanib kelayotgan umrini o'tab bo'lgan ba'zi qarashlarni tubdan o'zgartirishga, davr bilan hamnafas bo'lib yangicha fikrlashga da'vat etayotganini o'ylaymanki, barchmiz yaxshi anglaymiz. Bu vazifalarni amalga oshirishda jurnalistlar ham shuni unutmasligi zarurki, mustaqil tafakkurni shakllantirishda albatta mahorat kerak, albatta mas'uliyat kerak va albatta xalqimizga xos odob-andishani yo'qotmasligi kerak. Tabiiyki, bunday bosqichlarga yetishish uchun bunday muhim hayotiy ko'nikmaga hayotimizning uzviy bir qismiga aylanish uchun OAV xodimlarining o'z bilim va malakasini muttasil oshirib borishi, muayyan sohaga ixtisoslashuvi ham katta ahamiyatga ega. Bugungi kunda siyosat haqida gapirganda siyosatchi, iqtisodiyot haqida gapirganda iqtisodchi bo'lib fikr yuritishni ma'naviyat va ma'rifat haqida fikr yuritganda ma'rifatchi, hayotiy falsafiy muammolar xususida faylasuf bo'lib baxsga kirishishni mana shunday yuksak qobilyat va mahoratga ega bo'lishni hayotning o'zi jurnalistlarimiz oldiga eng muhim vazifa qilib qo'ymoqda. Ma'lumki, publitsistika ijtimoiy hayotni aks ettirishda muhim o'rin tutadi. “Publitsistika – ijod” ekanligi ilmiy asoslangan2. Uning asosiy vazifalaridan biri – jamiyat hayotida sodir bo'layotgan voqea-hodisalarga nisbatan jamoatchilik fikrini uyg'otishdan iboratdir. Nazariyotchilar fikricha, “Publitsistika insoniyatning hayotini bilish, uni idrok etish, olamda yuz berayotgan voqea va hodisalardan xabardor bo'lish va ulardan o'zi uchun tegishli xulosalar chiqarish vositasidir”3. Matbuotda yortiladigan xabar va maqolalarning asosini publitsistika tashkil etadi. Publitsistika lotincha “publicus” – ijtimoiy so'zidan olingan bo'lib, adabiy-siyosiy ijod demakdir. Ya'ni, publitsistika ijtimoiy hayotni aks ettirishning alohida bir turi hisoblanib, jamiyat hayotining shu kundagi, ayni zamondagi holatini, yutuq va kamchiliklarini, muammolarini o'zida aks ettiradi va shu kunga, ayni zamonga xizmat qiladi. Publitsistikaning vazifasi jamiyat hayotida shu kun, ayni zamonda yuz bergan voqealar, hodisalar haqida jamiyatni xabardor qilish, undagi mavjud masalalar, muammolar bo'yicha jamoatchilik fikrini uyg'otishdan iboratdir. Filologiya fanlari doktori Muxtor Xudoyqulov publitsistika ijtimoiy hayotni aks ettirish ko'rinishlaridan bo'lgan adabiyot va san'atda ham keng o'rin egallaydi, ammo uning asosiy faoliyat ko'rsatadigan maydoni matbuot, deb hisoblaydi. Olim publitsistikaning ichki ijtimoiy-ijodiy tarkibida siyosat, fan va adabiyot xususiyatlarining mavjudligini ko'rish mumkinligi haqida so'z yuritadi, publitsistika avvalo, ijtimoiy-siyosiy hodisa, unda hayot ma’lum bir davr, tuzum, ijtimoiy-siyosiy qarashlar nuqtai nazaridan aks ettiriladi, shu kungi hayotdan olingan fakt, hodisa va voqealar haqida fikr yuritiladi, tahlil etiladi, baholanadi, xulosalar chiqariladi, degan xulosaga keladi. Mutaxassis fikricha, publitsistika hayotni tasvirlashda o'quvchining faqat ongigagina emas, his-tuyg'ularini ham uyg'otishda badiiy adabiyot vositalaridan obraz va obrazlilik, sujet, kompozitsiya til va uslub hamda boshqalardan ham foydalanadi. Bu jihatdan ayrim publitsistik asarlar badiiy adabiyot asarlariga yaqin turadi. Publitsistika ijtimoiy hayot haqida xabar berishi, uni tahlil qilishi va shu bilan birlikda uni jonli, ta’sirchan tasvirlashi lozimdir. Shu nuqtai nazardan u uch tarkibiy qismga bo'linadi. Bular axboriy (xabardor qiluvchi), tahliliy va badiiy publitsistikadir. Publitsistikaning bu qismlari o'zlariga xos janrlariga egadir. Publitsistika ijtimoiy hayotning barcha sohalarini qamrab olishi ham uning muhim xususiyatidir. Mutaxassis olim bu jihatdan ijtimoiy-siyosiy publitsistika, ilmiy publitsistika, adabiy-badiiy publitsistika, hajviy publitsistika va boshqa xillarga bo'linishini izohlab beradi4. Publitsistika sohasidagi eng muhim talab – ijodiy mahoratga ega bo'lishdir. Busiz hech bir ijodkor pulitsist ko'zlagan maqsadiga erisha olmaydi, yoki uni hech kim ijodkor sifatida tan ham olmaydi. Publitsist avvalo, yetarli darajada nazariy, huquqiy bilimga ham ega bo'lishi shart. Nazariyotchilar fikriga ko'ra, jurnalistikada har bir janr muayyan vazifani bajarishi yaxshi ma'lum. Dotsent Ahmadjon Meliboyev yozganidek, publitsistika hayotning barcha sohalarini qamrab oladi va shu bois badiiy ijod kabi bir necha (ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-tahliliy, iqtisodiy, adabiy-badiiy, madaniy-ma'rifiy, hajviy) sohalarga bo'linadi5. Dolzarb muammolarni yoritishda publitsist masalaning ana shu jihatlariga e'tibor qaratishi muhim ahamiyat kasb etadi. Badiiy publitsistika jamiyatda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma'rifiy jarayonlarga, dunyo miqyosida yuz berayotgan, odamlar ong-shuuriga, dunyoqarashi va turmush tarziga ta'sir ko'rsatayotgan voqea-hodisalarga tezkor va xolis munosabat bildiruvchi ijodiy tafakkur mahsulidir. Bu janr o'quvchi ongiga tez ta'sir ko'rsatadi, biror bir vazifa yoxud muammo xususida jamoatchilik fikrini yuzaga keltiradi, bu fikrni aniq maqsad yo'nalishida rivojlantiradi ham. Publitsistika – ijod” ekanligi ilmiy asoslangan. Uning asosiy vazifalaridan biri – jamiyat hayotida sodir bo'layotgan voqea-hodisalarga nisbatan jamoatchilik fikrini uyg'otishdan iboratdir. Nazariyotchilar fikricha, “Publitsistika insoniyatning hayotini bilish, uni idrok etish, olamda yuz berayotgan voqea va xodisalardan xabardor bo'lish va ulardan o'zi uchun tegishli xulosalar chiqarish vositasidir”6. Ayni shu masalalar bundan bir necha asrlar ilgari yozilgan “Qutadg`u bilig” da ilgari surilgan. “Publitsistika jamiyat hayotining barcha qirralarini yoritishda o'ziga xos vosita va usullardan foydalanadi. Jumladan, adabiy-badiiy publitsistika o'zida hayotning barcha sohalarini aks ettirsa-da, bunda u alohida adabiy-badiiy vositalarga tayanadi. Ya'ni badiiy publitsistika hayotga badiiy adabiyot nuqtayi nazaridan yondashadi hamda matbuot bilan adabiyot o'rtasida turadi, ularni bir-birlariga uzviy bog'laydi” Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling