Mustaqil ish Mavzu: Mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini ishlab chiqish hamda ishga joylashtirishga muhtoj, mehnat bilan band bo’lmagan aholini hisoblash amaliyoti. Reja


Download 202.84 Kb.
bet10/30
Sana19.06.2023
Hajmi202.84 Kb.
#1604860
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30
Bog'liq
Mustaqil ish Arslon akaga

birinchi, O‘zbekiston Respublikasini 2030-yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasini, tegishli tarmoq va hududiy kompleks dasturlarni ishlab chiqish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bilan tasdiqlangan ustuvor dasturlarni samarali amalga oshirish;
ikkinchi, asosiy xalqaro reytinglar va indekslarda O‘zbekiston Respublikasi mavqeyini yaxshilash bo‘yicha Hukumat, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari ishi samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
uchinchi, har tomonlama asoslangan o‘rta muddatli istiqbolga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi investitsiya siyosati strategiyasini puxta tayyorlash, xorijiy investitsiyalarni, eng avvalo, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish mexanizmlari va kafolatlarini yanada takomillashtirish, xorijiy va mahalliy investorlarga taqdim etish uchun “investitsiya portfeli”ni ishlab chiqish, respublikada “investitsiyaviy xablar”ni tashkil etish va erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyat ko‘rsatishi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish;
to‘rtinchi, “xalq bilan muloqot” amaliyotini takomillashtirish va Vazirlar Mahkamasi rahbariyati hamda Hukumat a’zolarining joylardagi shaxsiy uchrashuvlari asosida quyidagilarni kafolatlaydigan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish:
ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, shu jumladan, bandlikni ta’minlash va aholining real daromadlarini oshirish, sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ilg‘or innovatsion g‘oyalar va texnologiyalar asosida ta’lim va ilm-fan tizimini yanada rivojlantirish;
madaniyat, sport va turizm sohalarida aniq chora-tadbirlarni faollashtirish, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha davlat dasturining amalga oshirilishiga tuzatishlar kiritish;
aholini, shu jumladan, renovatsiya asosida zamonaviy va arzon uy-joy, shuningdek, ishonchli transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma bilan ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish strategiyasini ishlab chiqish;
beshinchi, xorijiy mamlakatlarga yuqori va oliy darajalardagi tashriflar yakunlari hamda xalqaro iqtisodiy va moliyaviy institutlarda erishilgan ahdlashuvlar bo‘yicha tasdiqlangan “yo‘l xaritalari”ning amalga oshirilishini nazorat qilish tizimini takomillashtirish.
9. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarlarining e’tibori tegishli vazirliklar, idoralar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlarining birinchi rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari lavozimlariga munosib, o‘z ishini puxta biladigan va zamonaviy fikrlaydigan nomzodlarni tanlashga doir kadrlar bilan ishlashning susaytirilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligiga qaratilsin.



Download 202.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling