Mustaqil ish Mavzu: Mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini ishlab chiqish hamda ishga joylashtirishga muhtoj, mehnat bilan band bo’lmagan aholini hisoblash amaliyoti. Reja
Mehnatni tashkil etishning asosiy muammolari
Download 202.84 Kb.
|
Mustaqil ish Arslon akaga
Mehnatni tashkil etishning asosiy muammolari.
Korxonada mehnat jarayonini tashkil etishning boshlang‘ich omillarini tahlil qilish: ishlab chiqarish tipini, uning ko‘lamlarini, texnologik jaryonlar, mashina va asbob-uskunalarning o‘ziga xos xususiyatlarini, mehnatni mexanizatsiyalash, tsexlar, uchastkalar, ish o‘rinlari va shu kabilarni birlashtirish darajasini aniqlashdan iborat. Ishchilar mehnatining murakkabligshsh tahpil qilish: kasb-malaka darajasiga qo‘yiladigan talablar va uning ishlab chiqarish talablariga muvofiq kelishi; xodim kasb ixgisosining kengligi hamda kasblarni vaqtincha bajarib turish va mehnat faoliyatini o‘zgartirish imkoniyatlaridir. Ishchilar mehnat taqsimoti va kooperatsiyasini tahlil qilish: ishlab chiqarish jarayonining operatsiyalarga bo‘linishini; ayrim operatsiyalarni alohidalash zarurligiga va yiriklashtirish yoki tabaqalashtirish darajasiga baho berish; umumiy ishlab chiqarish jarayoni tarkibida alohida operatsiyalarni bajaruvchi ishchilar o‘rtasidagi aloqalarni o‘rganish; mehnat buyumlarini tashishga va operatsiyalararo turib qolishiga vaqt sarflanishi; ayrim ishlab chiqarish operatsiyalarini birga qo‘shib bajarib turish yoki qismlarga bo‘lish, shuningdek xodimlarning o‘z funktsional vazifalariga kiradigan ish bilan bandligini, ish razryadlari va ishchilarning bir-biriga mos kelishini aniqlashdir. Ish vaqtidan mashinalar hamda asbob-uskunalar ish vaqtidan foydalanishni tahpil qilish: smena ichida ish vaqtining bekor sarf bo‘lishini hamda ularning sabablarini aniqlash; ishlab chiqarish jarayonidagi „qaltis joylar"ni aniqlash, bunda mehnat sarfining yuqori bo‘lishi yoki ishchilarning ulgurmasligi sababli ayrim operatsiyalarni bajarishda kechikib ketishlar sodir bo‘ladi, keyingi operatsiyalarda bekor turib qolish va kutib qolishlar, shuningdek mehnat va ishlab chiqarish intizomining buzilishi oqibatida yagona ishlab chiqarish jarayonining borishida uzilishlar ro‘y beradi. Ish vaqtidan foydalanishni tahlil qilishda ish bilan bandlikning mazkur turiga mos kelmaydigan tasodifiy ishlarni bajarish vaqgi ham, asbob-uskunalarning ishini passiv ravishda kuzatib turish vaqti (bu mehnat funktsiyalarini birga qo‘shib bajarish uchun rezerv sifatida qaraladi), jihozlarni sozlashni va rejadan tashqari ta’mirlash ishlarini amalga oshirishni kutish munosabati bilan ishchilarning bekor turib qolish vaqti ham hisobga olinadi. Korxonada ko‘llaniladigan mehnatni tashkil etish shakllarini tahlil kilish: ishchilar mehnatini taqsimlash va kooperatsiyasi ahvoliga tahlil qilishning yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. Bu tahlilga quyidagi yo‘nalishlar kiradi: tsexlar, uchastkalar, ish turlari, ayrim operatsiyalar bo‘yicha ishchilar soni va kasb-malaka tarkibini o‘rganish va bajarilayotgan ishlar, mehnat funktsiyalari va ijrochi-ishchilarning kasb-malaka jihatidan mos kelishini aniqlash; bajariladigan ishlarning mehnat sarfi darajasini hisobga olgan holda ishchilarni ishlab chiqarishning ayrim uchastkalariga va ish joylariga joylashtirishni tahlil qilish; kasblar, mehnat funktsiyalarini birga qo‘shib olib borish hamda ko‘p stanokli xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish imkoniyatlarini aniqlash; mehnatni brigada usulida tahlil etish imkoniyatlari va maqsadga muvofiqligini o‘rganish; mehnat sharoitlarini yaxishlashning asosiy yo‘nalishlarini o‘rganish. Download 202.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling