Mustaqil ish mavzu: Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari topshirdi: Guruh 924-20 Samanqulov Davron qabul qildi: S. A


Download 89.5 Kb.
bet1/4
Sana20.10.2023
Hajmi89.5 Kb.
#1713598
  1   2   3   4
Bog'liq
milliy iqtisodiyot


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI


JIZZAX FILIALI

“AMALIY MATEMATIKA” FAKULTETI


“TABIIY FANLAR VA IQTISODIYOT” KAFEDRASI
“IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN


MUSTAQIL ISH
MAVZU: Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari

TOPSHIRDI: Guruh 924-20 Samanqulov Davron


QABUL QILDI: S.A.Saitov


JIZZAX-2021


REJA:

  1. Milliy iqtisodiyot tushunchasi va mohiyati

  2. Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning makroiqtisodiy ko’rsatkichlari

Xulosa
Adabiyotlar

1.Milliy iqtisodiyot tushunchasi va mohiyati


Milliy iqtisodiyot - ijtimoiy iqtisodiyotning mavjudlik shakli; mamlakat, davlat qududida yashovchi millat (xalqlar)ning tarixan shakllangan yoki tubdan yangilanayotgan, oʻzgarayotgan va rivojlanayotgan mulkiy va boshqa ijtimoiyiqtisodiy munosabatlari, ular bilan shartlangan, mahalliy xususiyatlarga ham ega boʻlgan iqtisodiy faoliyat sohalari, tarmoqlari, tashkilotlari, korxonalari, hududlari va mintaqalari sistemasi. Imkon darajasida tashqi bozor taʼsiridan xoli boʻlgan milliy xoʻjalik sistemasi. Milliy iqtisodiyot kapitalizmning vujudga kelishi va qaror topishi bilan bogʻliq boʻlib, eng avvalo, Angliyada shakllandi. Hozirgi paytda Milliy iqtisodiyotning kapitalistik, sotsi-alistik, postsotsialistik va kam rivojlangan mamlakatlardagi kapitalistik yoʻnalishli kabi turlari maʼlum. Shu bilan birga har bir muayyan turdagi iqtisodiyotining oʻz milliy modellari va shakllari bor. Mas, kapitalistik Milliy iqtisodiyotning amerikacha, yevropacha va yaponcha turlari,
milliy modellari va ularning "aralash iqtisodiyot" deb atalayotgan zamonaviy shakli bor (qarang Iqpgisodiy taraqqiyot modeli). Rivojlangan mamlakatlardagi "aralash iqtisodiyot" xususiy va davlat kapitallariga asoslangan hamda bozor va davlat tomonidan tartiblanadigan, boshqariladigan, umumdemokratik tamoyillar ham karor topa borayotgan kapitalistik Milliy iqtisodiyotdir (qarang Davlat kapitalizmi).
Zamonaviy sotsialistik Milliy iqtisodiyot Xitoy, Vyetnam va Kubada mavjud boʻlib, unga eng muhim tarmoqlarda sotsialistik davlat mulkini va korxonalarini saqlab qolgan holda, xususiy mulkchilikka, tovarli-pulli xoʻjaliklarga va bozor munosabatlariga keng yoʻl ochilmoqda (qarang Davlat sotsializmi).
Sharqiy Yevropa mamlakatlarida va SSSRda oʻta markazlashgan maʼmuriydavlat sotsializmi inqirozga uchrab, parchalanishi natijasida vujudga kelgan yangi mustaqil davlatlarda (Polsha, Rossiya va boshqalarda) postsotsialistik Milliy iqtisodiyotga aylanmoqda. Boshqa baʼzi postsotsialistik mamlakatlarda, jumladan, Oʻzbekistonda oʻziga xos demokratik, bozorga asoslangan umumdemokratik Milliy iqtisodiyot shakllantirilmoqda. Oʻzbekiston mustaqilligining dastlabki oʻn yilida mamlakatda umummilliy va xususiy mulkchilikka asoslangan koʻp ukladli Milliy iqtisodiyot — xilma-xil xususiy va davlat xoʻjaliklari sistemasi shakllandi. Unda xususiy sektor ustuvor oʻringa, asosiy mavqega ega boʻldi. Xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarning mutlaq koʻpchiligini yakka shaxsiy, guruhiy, shirkat, jamoa, aksiyali korxonalar, fermer va dehqon xoʻjaliklari tashkil etadi; ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi uchdan ikki qismdan oshib ketdi va tobora oʻsmoqda.
Milliy ehtiyojlarni yaxshiroq qondirish zarurati iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishni, tovarlar va xizmatlarning ijtimoiy zarur maksimal hajmlariga erishishni taqozo etadi. Ayniqsa, ijtimoiy zarur mahsulot (tovar) ishlab chiqarish, uni zarur mik,dorlarda va sifatlarda, tabiatni asrab-avaylab, ekologiyani yaxshilab ishlab chiqarish har qanday Milliy iqtisodiyotning asosiy krnunidir. Milliy iqtisodiyotning ishlab chiqarish va no-ishlab chiqarish sohalari oʻrtasida maqsadga muvofiq nisbati taʼminlanishining , ishlab chiqariladigan mahsulotlarning va koʻrsatiladigan xizmatlarning mumkin qadar ijtimoiy zarur yuqori hajmlarda boʻlishining muhim sharti fantexnika taraqqiyotini tezlashtirish, zamonaviy va samarali texnologiyalarni qoʻllash, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ishlashni xoxlovchi barcha mehnatga qobil kishilarning ish bilan taʼminlanishiga erishishdir. Birinchi navbatda, moddiy ishlab chiqarish sohasini intensiv rivojlantirish, mahsulot hajmini, ayniqsa, sof mahsulot hajmini sarf-harajatlarning va aholining oʻsishiga nisbatan tezroq oʻstirish Milliy iqtisodiyot va iqtisodiy taraqqiyot muammolarini hal etishning , uni uzluksiz yuksaltirishning bosh yoʻlidir. Bundan tashqari Milliy iqtisodiyotning sanoat, qishloq xoʻjaligi, qurilish, transport, aloqa va boshqa tarmoqlari ichida hamda shu tarmoqlar oʻrtasida barqaror, oʻsuvchan tarkibiy oʻzgarishlar va maqsadga muvofiq nisbatlar, mutanosibliklar boʻlishi muhimdir. Fuqaroviy va harbiy ishlab chiqarishlar nisbati ham toʻgʻri, meʼyorida boʻlishi kerak. Ishlab chikarilayotgan tovarlarning va koʻrsatilayotgan xizmatlarning asosiy qismi, birinchi navbatda, ichki bozor talab-ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilishi, eng avvalo ichki bozorni sifatli va arzon milliy tovarlar bilan toʻyin-tirish (toʻldirish) maqsadga muvofiqsir. Shu bilan birga tashqi iqtisodiy aloqalarni har tomonlama kengaytirish, jahon iqtisodiyotiga tobora qoʻshilib borish, uning imkoniyatlaridan samarali foydalanish obʼyektiv zaruratdir, xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarga, aholiga soliq yukini yengillatish, davlat byudjetini va undan qilinadigan sarf-harajatlarni optimallashtirish, inflyasiyani jilovlash kabilar Milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga jidsiy va ijobiy taʼsir etadi.

Download 89.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling