Mustaqil ish Mavzu: Pedagogika faoliyatida muloqot Bajardi: Tekshirdi: Pedagogik muloqot va uning ahamiyati
Oqituvchining oquvchilar bilan muloqot olib borish yullari
Download 32.77 Kb.
|
Pedagogika faoliyatida muloqot
Oqituvchining oquvchilar bilan muloqot olib borish yullari. Oqituvchining ish faoliyati davomida oquvchilar bilan muomala munosabatlari katta urin egallaydi. Bu jarayonda bola insoniyat tuplagan bilimlarni, muomala qilish tajribalarini egallab oladi. Oqituvchi esa pedagogik jarayonda asosiy shaxs bolib xizmat kiladi, unga yosh avlodni oqitish va tarbiyalash vazifasi yuklatilgan. Shuning uchun ham oqituvchiga bolaning muomalasiga, axloqiga, xulqiga nisbatan aloxida, katta talablar kuyilgan.
Oqituvchi xayotga endigina kadam kuyayotgan bolalar bilan doimo muloqotda boladi. Bolalar oqitish va tarbiyalash jarayonida umuminsoniy va milliy urf odat mezonlarini ozlashtiradilar. Oquvchi muomala odobini, muloqot olib borish yulini asosan oqituvchi timsolida anglab oladilar. Muallim bola uchun bir umr ideal, ibrat, namuna bolib qoladi. Afsuski, hamma muallimlar ham bolalar nazarida shunday bolib kolmaydi. Ozining kopol muomalasi bilan oquvchini ukishdan sovitib, dilini ranjitadigan oqituvchilar ham axyon axyonda uchrab turadi, albatta. Xayotda, amaliyotda bunga koplab misollar topiladi. Bunday oqituvchilar bolalar orasida obru orttira olmaydilar. Oqituvchi bilan oquvchi ortasidagi muloqotni tartibga soluvchi talablardan biri bolaning xulqini, muomalasini, bola bajargan ishini odilona togri baholashdir. Xulqi, muomasida esa bolaning biror kishi yoki narsaga munosabati ham ifodalanadi. Pedagogik faoliyatda sinfdan va maktabdan tashkari ishlar oqituvchi bilan oquvchi ortasidagi muloqotning muxim soxalaridan biri xisoblanadi. Sinfdan va maktabdan tashkari ishlarning turi nixoyatda kop bolib, oqituvchi tomonidan muloqot jarayonida u ishlarni xususiyati va bajarish jarayoni, natijasi haqida tulik tushuntirishiga bogliqdir. Muloqotlar jarayonida oqituvchi ayrim talablarga rioya qilishiga togri keladi: Oz ishi jarayonida oqituvchi har bir oquvchining kadr kimmatini inson sifatida xurmat qilishi, oquvchiga nisbatan ishonch; Bolaga mehribon, gamxur bolishi, shodligiga ham, tashvishlariga ham sherik bolish; Bolalar bilan har qanday muloqot jarayonida aloxida yondoshish, pedagogik taktni saklash. Oqituvchi faoliyatida sharkona umuminsoniy kadriyatlardan foydalanish. Muallimlik kasbi shunday sharafli, ishonchli va olijanob kasblardan bolganligi uchun ham Milliy dasturdan, talim togrisidagi Qonundan kelib chikadigan vazifalarni maktab oquvchilari, oquv yurtlarining pedagog xodimlari, professor oqituvchilari bajaradilar. Shuning uchun ham «Qonun»da pedagog xodimlar ozlarining kasb kor shani va kadr kimmatlarini ximoya qilishlari : odob axloq koidalariga rioya etishlari, bola, oquvchi va talaba, oqituvchi oquvchi shaxsning kadr kimmatini xurmatlashlari; ularni mexnatga, qonunlarga, ota onalar va xotin kizlarga, manaviy tarixiy, madaniy milliy va umuminsoniy kadriyatlarga xurmat ruhida atrof muxitga extiyotkorlik bilan munosabatda bolish ruhida tarbiyalashlari, ozlarining butun faoliyatlari va shaxsiy namunalari bilan umuminsoniy axloq koidalariga, xakikat, adolat, vatanparvarlik, yaxshilik va bashqa xayrli xislatlarga nisbatan xurmatni qaror toptirishlari; usib ulgayib kelayotgan avlodni bir birini tushunish, xalqlar ortasida, shuningdek barcha elatlar, millatlar va diniy guruhlar ortasida tinchlik, axil inoklik ruhida tarbiyalashlari lozim. Ozbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimovning deyarli barcha asarlarida, sozlagan nutklarida ozbek xalqining kop asrlik manaviy milliy, madaniy kadriyatlarni, uning odob axloqini belgilab beruvchi Koroni Karim, Xadisi Shariflar, Imom al Buxoriy, Imom at Termiziy, Baxouddin Nakshband, az Zamaxshariy, Najmiddin Kubro, Axmad Yassaviy, Sufi Olloyor, Sulaymon Bakirgoniy kabi mutafakkirlarning bebaxo merosini, Al Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Al Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Maxmud Koshgariy, Yusuf Xos Xojib, Axmaj Yugnakiy, Mirzo Ulugbek, Amir Temur, Bobur, Alisher Navoiy, Kamoliddin Bexzod kabi allomalarning jaxon fani va madaniyatiga kushgan ulug va bebaxo xissalarini organish, shu asosda yosh avlodni tarbiyalash zarurligi takidlanadi. Prezidentning takidlashicha, yoshlarni umuminsoniy kadriyatlar asosida tarbiyalashda islom talimotining ahamiyati katta. Islom dini -- bu ota bobolarimiz dini, biz uchun ham iymon, ham diyonat, ham marifatdir. Tarixga nazar tashlar ekanmiz, odamlarni oz ozini idora etishga, yaxshi xislatlarni kopaytirib, yomonlardan xalos bolishga chorlagan. Har bir insonga, oila, jamoa, xalqka raxnamo bolgan. Kishilarni ogir sinovlarga bardosh berishga, yorug kunlarga intilib yashashga davat qilgan, ishontirgan. Bunday davat oz navbatida odamlarga kuch kuvvt bagishlagan, irodasini mustaxkam qilgan, bir biriga mehr oqibatini oshirgan. «Demak, din xalq manaviyatining yuksalishiga katta xissa kushib kelgan ekan. Bugungi davlatchiligimiz haqida soz yuritganda, rejalar tozganda dinni eng avvalo, ham milliy, ham umuminsoniy kadriyat sifatida etiborga tutishimiz lozim. (I.A.Karimov. Ozbekiston siyosiy ijtimoiy va iktisodiy istikbolining asosiy tamoyillari. «Xalq sozi» gazetasi. 1995 yil. 24 fevral). Hamma gap ana shu umuminsoniy va milliy kadriyatlarni uygunlashtirib xayotga tadbik etishda. Islom talimoti utmishda yaratilgan barcha iloxiy bilimlarning, insoniy tajriba va fazilatlarni umuminsoniy kadriyat sifatida ozida mujassamlashtirdi. Koroni Karim va Xadisu Sharifda bayon etilgan kishilarni yaxshilikka undovchi goyalar, insoniyat madaniyati xazinasiga kushilgan ulkan xissa ekanligi jaxon mikyosida allakachon tan olingan. Islom talimotida yoshlar barkamol inson bolib yetishishlari, ayol va erkak turmushda, jamiyatda oz mavkelarini, vazifalarini bilib, pokiza xayot kechirishlari lozimligi takidlanadi. Erkaklarda gurur, ayollarda sharm xayo, kizlarda iffat, bolalarda mehr oqibat, xalol bilan haromning farqiga borish kabi fazilatlarni tarbiyalash islom ilmining mazmunini tashkil etadi. Shuningdek, Xadislarda yomon xulq, razolat, kibr xavo, adovat, xasad, xiyonat, yolgonchilik, munofiklik, poraxurlik, bozuklik kabi illatlar koralanadi. «Pedagogik mahorat» fanimizning 3 mavzusida «Oqituvchi irodasi, sabr tokati, oz ozini idora qilish, xis tuygularini, kayfiyatini bashqara olish, rostguylik» kabi talablar mavjud. Download 32.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling