Mustaqil ish Mavzu: Pentium 4 da kesh xotirani tashkil etish


Download 1.61 Mb.
bet3/9
Sana03.06.2020
Hajmi1.61 Mb.
#113932
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kesh xotira

2.10-rasm. Sinxron SR va D-ilgaklar.



2.11-rasm. D-trigger. 2.12-rasm. D-ilgaklar va D-triggerlar.



2.13-rasm. 8-razryadli registr (mikrosxemasi).

O‘ttiz ikki razryadli kompyuter protsessorining tuzilishi va qanday ishlashini o‘rganish jarayonida, kompyuterlarning unumdorligini oshirishda qo‘llaniladigan - malumotlarni parallel ishlash shakllarini tushunib olish muhim ahamiyatga egadir [2]. Ma’lumotlarni parallel ishlashning ikkita asosiy shakli mavjud:

1.Buyruqlar sathidagi parallellik. 2.Protsessorlar sathidagi parallellik.

Birinchi holatda unumdorlikni oshirish uchun, har bir sekundda ko‘proq buyruqlarni bajarilishini yo‘lga qo‘yish kerak bo‘ladi. Ikkinchi holatda unumdorlikni oshirish esa, bitta topshiriqni bajarishni, bir vaqtda bir necha protsessorlarga yuklash bilan erishiladi.

Avval, o‘ttiz ikki razryadli bitta protsessorli kompyuterlarning unumdorligini oshirishda qo‘llanilgan – buyruqlar sathidagi parallelik nima ekanligini tushuntirib o‘tamiz. Ma’lumotlarni parallel ishlash shakllari, Intel firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan, tartib bo‘yicha firmaning ikkinchi 32-razryadli, nisbatan takomillashtirilgan Intel 486 protsessoridan boshlab qo‘llanilgan. Buyruqlar sathidagi ushbu shakldagi parallellik – konveyer g‘oyasiga asoslangan. Intel 486 protsessori bitta besh sathli konveyerga, undan keyin ishlab chiqarilgan dastlabki Pentium protsessori esa ikkita besh sathli konveyerga ega edi.

Protsessorlarda buyruqlarni konveyer asosida ishlash deganda, buyruqlarning bajarilish jarayoni bir nechta qadamlarga bo‘lingan bo‘lib, har bir qadam – ma’lum bir blok tomonidan o‘zaro parallel tarzda amalga oshirilishi tushuniladi. Bu bloklarni esa protsessorning apparat qismi hisoblangan – o‘ziga xos qurilmalar deb qarash mumkin. 3.10, a) - rasmda beshta blokdan iborat bo‘lgan, besh sathi konveyer keltirilgan. Bu bloklar - bosqichlar ham deb ataladi.



3.10-rasm. Beshta sathli konveyer (a); o‘tilgan sikllarga mos keladigan, har bir bosqichning holati (b), jami 9-ta sikl ko‘rsatilgan.

Birinchi bosqich (C1 bloki) – asosiy xotirada yozilgan buyruqni chaqirib oladi va oraliq xotiraga, ya’ni buyruqlar registri


Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling